15-mavzu: Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar (2 soat)
Reja:
1.F.Teylor va J.Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va
ularning umumiy tavsifi.
2. Dinning hissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari.
3.Dinny arxitektura.
F.Teylor va Dj. Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va ularning
umumiy tavsifi. Dinning xissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari.
Diniy arxitektura.
Mustaqil Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1998 yilda bo’lib
o’tgan bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan suhbatida, har qanday tsivilizatsiya
ko’pdan-ko’p xalqlar,
millatlar, ellatlar faoliyatining va samarali ta’sirining
maxsulidir» -deb ta’kidlar ekan, «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz,
o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak» degan muhim
masalani o’rtaga qo’ydi.
Har qanday xalqning kelib chiqishi (etnogenezi) murakkab va dolzarb
muammo bo’lib, umum tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Shu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi to’g’risidagi masala
alohida fan sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o’zida qator
ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan
etnogenez fanining
yuzaga kelishiga shubha qilmasa ham bo’ladi.
Tarix, arxeologiya, tilshunoslik, toponomiya, etnografiya kabi fanlarning
jahon miqiyosida qo’lga
kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr
mulohazalari va xulosalarini mensimay, tor millatchilik doirasidan chiqa olmay
muloxaza yuriti nafaqat fanda, balki siyosatda ham eng katta zararli xolatlarga
olib kelishi mumkin. Shu sababli ham o’zbek, tojik, turkman, kirgiz va boshqa
Markaziy Osiyo elat va xalqlarning etnogenezi, ya’ni
kelib chiqishi
muammolarini faqat jaxon fani yutuqlariga tayangan xolda to’g’ri, ob’ektiv va
xolisona xalq etish mumkin.
O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda murakkabva juda
uzoq tarixga ega bo’lgan jarayondir. Bu soxada fan xozirgi kunga qadar ma’lum
yutuqlarga erishgan. Xususan, Farg’ona vodiysidagi Selung’ur va
Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari
O’zbekistonda, Afrika va Old Osiyo xududlari bilan bir qatorda, xozirgi zamon
odamlarining paydo bo’lishi jarayoni yuz bergan xudud tarkibiga kirishi fanda
uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo,
jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan xududga
kiradi», degan fikrning ilmiy asossizligini antropologik ma’lumotlar tasdiqladi.
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya’ni eng
qadimgi davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibiga
hozirgi kunga qadar
saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan
davri va uning nisbiy miqdori to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz.
Keyingi davrda o’tkazilgan tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda, jumladan
xozirgi O’zbekiston xududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan
evropeoid irqining janubiy yoki O’rta Er dengizi pushtiga yaqin ekanligi
isbotlangan. O’zbeklarning janubiy evropeoid irqining o’ziga xos pushti ekanligi
janubiy O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy
Osiyodagi eng qadimiy muste
davriga oid paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali
isbotlash mumkin. Mazkur irqqa o’xshash tiplarning O’rta Er dengizi, Old va
Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir.
Surxandaryo va Farg’ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol
va buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari,
ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, olovdan keng foydalanganliklari
to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi.
Demak, arxeologik va poleantropologik
tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy-
madaniy va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat
taraqqiyotining eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan.
Balki paleolit davrida Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela
boshlagan va keyinchalik ovchi va terimchi qabilalarning ko’chish
jarayoni
davom qilib turgandir. Bunga Machoy g’oridan topilgan mezolit (eramizdan
avvalgi UP-U! ming yilliklar) davriga oid odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p
moddiy buyumlar dalil bo’ladi.
Bu makondagi madaniy qatlamlarga o’xshash topilmalar Toshkent
voxasida, Turkistonda Janubiy Kozog’iston va OlD Osiyo mamlakatlaridagi
mezolit obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik
tadqiqotlar mazkur makonlarda yashagan axoli evropeoid irqiga mansub
ekanligini tasdiqlagan. Topilmalar Markaziy Osiyo
axolisining eng qadimiy
davrlardan qo’shni elatlar, ayniqsa davrlardan janubiy va g’arbiy qabilalar bilan
aloqada bo’lganligini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: