Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari Reja



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə1/13
tarix16.05.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#114685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari-fayllar.org


Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari

III ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari

Reja:

3.1. Quduq tubi konstruksiyasini jihozlari

3.2. Quduq tubi elementlari.

Quduqqa bitta ishlatish tizmasini tushirilishini hisobga olgan holda, quduqning konstruksiyasini tanlashda ishlatish tizmasining sonini va har birining diametri aniqlanadi.



Quduqning konstruksiyasi:
a-profili; b-quduq ustunida tizmanining markaziy joylashuvi; v-quduq konstruksiyasini grafik tasviri;
g-quduqning konstruksiyasini ishchi tarxi.

Quduqning konstruksiyasini asoslash

Hamma mustahkamlash tizmalari qо‘llanilishi bо‘yicha quyidagiga bо‘linadi:

Yо‘llanma - birinchi quvur tizmasi yoki bir dona quvur, quduq

usti qismini burg‘ilash eritmalarining ta’sirida yuvilishdan va nurashdan himoya qiladi hamda eritmaning sirkulyatsiyasini ta’minlaydi. Ba’zida quduqlar ikkita yо‘llanma bilan mustahkamlanadi. Bunda qirqimning yuqori qismidagi qatlam loysimon tuproqlar kо‘rinishida yoki boshqa xususiyatlari bо‘lishi mumkin. Amalda yо‘llanma oldindan tayyorlangan shaxtaga yoki quduqqa tushiriladi va butun uzunligi bо‘yicha semetlanadi. Ba’zida yо‘llanma tog‘ jinsiga о‘q kabi urib kirgiziladi.

Konduktor–mustahkamlash quvurlari tizmasini, tog‘ jinsining yuqori qirqimi oralig‘ini ajratishda qо‘llaniladi, chuchuk suvli qatlamlarni ifloslanishdan himoyalaydi, otilmaga qarshi jihozlar montaj qilinadi va navbatdagi mustahkamlash tizmasi osib qо‘yiladi.

Oraliq (texnik) tizmasi - quduqlarni belgilangan chuqurlikgacha burg‘ilash zonalari bir-biriga mos kelmaganda ajratishda qо‘llaniladi.

Oraliq mustahkamlash tizmalarining quyidagi turlari mavjud:

- butunli quduqning tubidan usti qismigacha bekitiladi, oldingi oraliqni mustahkamligiga bog‘liq emas;


Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin