Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati


Xalqaro turizmning boshlang‘ich davri



Yüklə 496,8 Kb.
səhifə3/12
tarix19.12.2023
ölçüsü496,8 Kb.
#186610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Xalqaro turizmning boshlang‘ich davri


Turizm sohasida birinchi mutaxassislardan biri angliyalik Tomas Kuk bo‘lib hisoblanadi. U baptistlar pasteri (ruhoniysi) bo‘lib, 1843 yilda birinchi marta 570 kishidan iborat etiqod qiluvchilarni to‘plab Angliyaning Lestera va Lafebaro shaharlari o‘rtasida turistik guruhni poyezda sayohatga olib chiqadi va ommaviy turizmning tashkil etilishiga asos soladi. Ekskursiyadagi muvaffaqiyati Tomas Kuk uchun shon-shuhrat keltiradi. Aynan Kuk turistlarni chipta (bilet)lar narxini belgilashda kattagina skidka berib o‘z ishini rivojlantiradi. U anglichanlarning London shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmada 165 kishi ishtirok etishini ekskursiyalar tashkil etib ta’minlaydi.


Tomas Kuk 1855 yilda birinchi bor angliyalik turistlarni to‘plab Parijdagi Xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi. 1851 yilda «Tomas Kuk va o‘g‘li» sayyohlik kommersiyali firmani tashkil qiladi. 1865 yilda boy-badavlat kishilarni to‘plab dam olish uchun Shveysariyaga sayohat uyushtiradi. Shunday qilib, u hozirgi zamonaviy turizm industriyasiga asos soladi.
Bu hodisalarga ko‘p hollarda samolyot inqilobi, jumladan transportdagi tub o‘garishlar, yangi zamonaviy transport vositalarining paydo bo‘lishi, temir yo‘llar qurilishi sabab bo‘ladi.
1838 yilda birinchi bor «Greytvestern» parrakli – vintli paraxodning qurilishi, u 68 pasajjirni Amerikadan Yevropaga olib borib quydi va shunday qilib Nyu-York va London shaharlari o‘rtasida muntazam kema qatnovi tashkil etildi. 1866 yil Tomas Kuk ikkita angliyalik turistlar guruhini AQShga borishni tashkil etadi. 1867 yilda
«Kveyker Soti» paraxodi 60 kishidan iborat sayyohlarni o‘z bortiga olib, besh oylik dengiz sayohatiga boshlaydi.
O‘sha davrda biznesning yangi sohasi turizm tez orada juda ko‘plab tadbirkorlarni o‘ziga jalb qila boshladi. Tomas Kuk firmasidan keyin Angliyada Treymza va sera Lan turistik tashkiloti, turistlar siyosiy assotsiatsiyasi, Velosipedchilar klubi kabi bir qancha yangi turistik tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Biroz keyinroq turistik firmalar va agentliklar Fransiyada, Italiyada, Shveysariya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida paydo bo‘la boshlaydi.

  1. asr o‘rtalaridan boshlab Rossiyada ham turizmga bo‘lgan e’tibor kuchaya bordi. Bu davrda Rossiyada tabiatshunoslikka qiziquvchilar jamiyati, Qrim tog‘i klubi, Kavkaz tog‘i jamiyati kabi sayyohlik tashkilotlari tuzilib, keng tarqaladi. 1885 yili Peterburgda L.Linson turistik tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 1899 yilda Moskvada umumiy ta’lim o‘quvchilari uchun ekskursiyalarni tashkil etish bo‘yicha Pedagoglar jamiyati komissiyasi ish boshladi. 1895 yilda Qrim - Kavkaz tog‘ klubi Yalta byurosi tashkil etildi.

Rossiyada uyushgan ommaviy turizmning rivojlanish bosqichi 1890 yillardan boshlanadi. Bu davrda Rossiyaning Qrim va Kavkaz hududlarida kurortlar, sanatoriylar tashkil etila boshlaydi. Bu esa turizmni davolash sog‘lomlashtirish sohasining paydo bo‘lishiga olib keldilar. 1914 yilda Rossiyada ikkita eng katta pasajjirlar tashiydigan teploxodlar («Buyuk knyazina Olga Nikolayevna» va «Buyuk knyazina Tatyana Nikolayevna» qurilib ishga tushiriladi. Qrim va Kavkaz mintaqalarida turizmning rekratsion davolash, sog‘lomlashtirish) turi rivojlana
boradi. Sochi hududida «Kavkaz riverasi» majmuasi qurilib ishga tushiriladi. Majmua tarkibiga 360 nomerli 4 ta mehmonxona, 600 o‘rinli konsert zali, davolanish korpusi, kortlar, cho‘milish joylari qo‘shiladi.
Mamlakatda «Ekskursiya axboroti», «Maktab ekskursiyasi va maktab muzeyi», «Rus ekskursanti» kabi maxsus jurnallar bosilib chiqa boshladi. Turistik tashkilotlar ichida D.M.Mamin – Sibiryak, D.I. Mendeleev, V.V. Vernadskiy, N.M.Prjevalskiy, P.P.Semenov - Tyan-Shanskiy, K.A.Timiryazev, I.P.Pavlov singari juda ko‘plab atoqli olimlar, sayohatchilar, yozuvchilar, jamoat vakillari qatnashganlar. Ekskursiyalar faoliyatining rivojlanishi har xil ko‘rgazmalari muzeylar, tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan hamkorlikda olib boriladi. 1872 yili Moskvada Politexnika muzeyi, 1873 yilda esa Tarixiy muzeylar ishga tushirildi. Kareliyada «Markaziy suvlari» kurorti ishga tushirilib sog‘lomlashtirish, davolash turizmi rivojlanishiga asos solindi. Rossiyaning ko‘pgina joylarida sog‘lomlashtirish va davolash maskanlari, kurortlari Staroy Russe, Kashino, Samara atrofida, (Sergeev Mineral suvi) Lipes, Yaxta, Kavkaz Mineral suvlari tashkil etildi. XIX asrda ekskursiyalar, poxodlar, sayohatlar maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi muhim usullardan biri bo‘lib, ilmiy geografik va o‘lkashunoslik axborotlarini yig‘ish uchun xizmat qiladigan soha bo‘ldilar.
1882 yili Rusiya knyazi Muqaddas Yerga borib haj ziyoratlarini amalga oshirgandan so‘ng imperator Aleksandr III pravaslav Falastin imperatorlik jamiyatini tashkil etish uchun buyruq berdi. Bu ilmiy-xayriya tashkiloti Yaqin Sharqda pravaslaviyani doim qo‘llab-quvvatlab u yerda ibodatxona, maktablar, kasalxonalar qurib, muqaddas joyga sayohatlar uyushtirganlar.

  1. asrda ich-yonar dvigatelli avtomobilning kashf etilishi insoniyat uchun qulay va juda tez fursatda harakat qilish uchun imkoniyatlar tug‘dirdi. avtomobillar va avtobuslar yaratildi. 1903 yilda amerikalik aka-uka Raysilar tomonidan matorli samolyot yaratildi va bir vaqtning o‘zida u Yevropa osmonida paydo bo‘ldi. Dengizda suzuvchi poroxodlar ham mukammallashib boraboshladi. O‘z davri uchun gigant bo‘lgan laynerlari qurildi. Jumladan, «Sirius», «Luzitaniya», «Mavritaniya»,

«Imperator», «Faterland», «Titanik» kabi katta suv sig‘imiga ega va tezligi yuqori bo‘lgan passajjirlar tashuvchi transport vositalari paydo bo‘ldi. Amerika va Yevropa o‘rtasida muntazam qatnovchi «Kuin Meri» rusumli okean layneri qurilib ishga tushirildi. Dengiz va havo transportining taraqqiyoti xalqaro pasajjirlarni tashish va ular sonining o‘sishiga imkoniyatlar tug‘dirdi.
1901 yilda tuzilgan Rossiya turistlar jamiyati mamlakatda turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun katta rol o‘ynaydi. Turistlar jamiyati a’zolari turli xil ekskursiyalarni ya’ni yayov, (piyoda), vilosipedda, chang‘ida, otda baydarka va paruslarda tashkil qilganlar. Jamiyat a’zosi A.Pankratov vilosipedda birinchi bor yer sharini 15 yilda aylanib chiqadi.



    1. Yüklə 496,8 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin