Ii bob yorug‘likning sochilishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/12
tarix08.11.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#68008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ii bob yorug‘likning sochilishi

(17.5)

N - sochib yuboruvchi hajmdagi zarralar soni, - va - zarraning hajmi va dielektrik singdiruvchanligi, - zarra muallaq holda yurgan muhitning dielektrik singdiruvchanligi, - sochilish burchagi, - tushayotgan yorug‘likning intensivligi, - sochib yuboruvchi hajmdan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa.

Releyning formulasi yuqorida aytib o‘tilgan qonuniyatlarni tavsiflaydi. Sochilgan yorug‘likning intensivligi to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional ekan, bu qonuniyat o‘lchab topilgan natijalarga muvofiq keladi va osmonning zangori bo‘lish sababini izohlab beradi va bu Reley qonuni deyiladi. Biroq osmonning zangori bo‘lishiga atmosferada chang borligining aloqasi yo‘q ekan, biz buni keyinroq ko‘rsatamiz. Reley formulasida muhitning optik jihatdan bir jinslimasligining o‘lchovi bo‘la oladigan ko‘paytuvchi bor. Agar bo‘lsa, muhit bir jinsli bo‘lib qolib, yorug‘lik ham sochilmay qo‘yadi (I=0). Optik jihatdan bir jinslimaslikning bunday o‘lchovi faqat mayda zarralargagina tegishli bo‘lib qolmay, balki boshqa hollarda ham optik bir jinslimaslikning xarakteristikasi bo‘la oladi.

Agar yorug‘likni sochib yuboruvchi zarralarning o‘lchamlari to‘lqin uzunligi bilan taqqoslasa bo‘ladigan bo‘lsa, u holda yorug‘lik sochilishining biz muhokama qilgan qonuniyatlari yaramay qoladi; kolloid eritmalarida ko‘pincha shunday bo‘ladi.

Bunday yirikroq zarralarda sochilgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘lanishi kamroq sezilarli bo‘ladi, ya’ni sochilgan yorug‘lik zarralari mayda bo‘lgan holdagidan kamroq zangori bo‘ladi. Sochilgan yorug‘lik faqat qisman qutblangan bo‘ladi, bunda qutblanish darajasi zarralarning o‘lchami va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Sochilgan yorug‘lik intensivligining burchaklar bo‘yicha taqsimoti ham murakkablashadi: sochilish diogrammasi AA chiziqqa nisbatan simmetrik bo‘lmay zarralarning o‘lchami, shakli va tabiatiga hamda atrofdagi muhitga qarab juda murakkab ko‘rinishda bo‘ladi, faqat dastlabki dasta yo‘nalishiga nisbatan simmetrik bo‘ladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin