Ii bob yorug‘likning sochilishi


Bu hollarning hammasida xira muhit yorug‘likni birmuncha ko‘p sochib yuboradi, bu hodisa odatda Tindal hodisasi deyiladi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/12
tarix08.11.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#68008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ii bob yorug‘likning sochilishi

Bu hollarning hammasida xira muhit yorug‘likni birmuncha ko‘p sochib yuboradi, bu hodisa odatda Tindal hodisasi deyiladi.

Zarralarining o‘lchami to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini o‘rganish natijasida Tindal va undan keyingi tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan ba’zi umumiy qonuniyatlar topildi. Bu qonuniyatlar to‘g‘risida quyidagi tajribada tasavvur hosil qilish mumkin. To‘g‘ri burchakli kyuveta to‘la suvga bir necha tomchi sut tomizib suv xiralashtiriladida, unga intensiv yorug‘lik dastasi yuboriladi. Suvda yorug‘lik dastasining izi aniq ko‘rinib turadi. Yon tomonidan turib A yo‘nalishda kuzatganda sochilgan yorug‘lik S manbadan kelayotgan yorug‘likka qaraganda zangoriroq bo‘ladi, qalinligi etarlicha bo‘lgan kyuveta orqali В yo‘nalishda o‘tib uzun to‘lqinli nurlarga boyigan yorug‘lik qizg‘ish bo‘ladi. Sochilgan yorug‘likni dastlabki dastaga nisbatan 90 burchak ostida N qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bo‘lsa ham sochilgan yorug‘lik chiziqli qutblangan ekanligi ko‘rinadi. Turli yo‘nalishlar bo‘ylab sochilgan yorug‘likning intensivligi taqsimotini ko‘rsatuvchi grafik sochilish indikatrisasi deyiladi. Tushayotgan yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bo‘lganda sochilish indikatrisasi bo‘lib,

bilan ifodalanadi.

7-rasm. Xira muhitlarda yorug‘lik sochilishini kuzatish chizmasi

8-rasm. ga nisbatan kichik bo‘lgan zarralar uchun sochilish indikatrisasi

Fazoviy indikatrisa egri chiziqni ВВ o‘qqa nisbatan aylantirib hosil qilinadi.

Reley o‘lchamlari to‘shayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan sferik zarralarda sochilgan yorug‘likning intensivligini hisoblab (1899 yil) dastlabki yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bo‘lgan holda sochilgan yorug‘likning intensivligi quyidagiga teng bo‘lishini topdi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin