Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dissertatsiya 2-iyun

Urganch davlat Universiteti magistratura 2-bosqich talabasi Karimova Shahnozaning O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish yo’nalishlari mavzusida yozgan dissertatsiya ishi







Mundarija

Bet




Kirish




I bob

O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishni nazariy -uslubiy asoslari




1.1

Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati




1.2

Ichki va ziyorat turizmini rivojlanish bosqichlari




1.3

O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmni rivojlantirishda xorijiy tajribalar






II bob

O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish xususiyatlari






2.1

O‘zbekiston da ziyorat va ichki turizmni rivojlanish xolati tahlili




2.2

O‘zbekiston da ziyorat va ichki turizmni tartibga solish jihatlari




2.3


O‘zbekiston da ziyorat turizmi salohiyati yuqori hududlar tasnifi




III bob


O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish yo`nalishlari va istiqbollari




3.1

O‘zbekiston mintaqalarida ziyorat turizm klasterlarini shakllantirish yo`nalishlari




3.2

O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishning innovatsion yo`nalishlari




3.3

Xorazm viloyatida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish yo`nalishlari va istiqbollari(turizmni rivojlantirish strategiyasi ustuvor yo’nalishlari)







Xulosa va takliflar







ilovalar













I bob O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishni nazariy -uslubiy asoslari

    1. Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Ma’lumki, o‘tmishda dafn etilgan buyuk siymolar qadami yetgan muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Respublikamiz aholisining 93 foizi islom diniga e`tiqod qiladi. Dunyodagi Indoneziya, Turkiya, qo‘shni O‘rta Osiyo mamlakatlari, Eron va Iroq kabi ko‘pgina musulmon davlatlar diniy e`tiqodi bo‘yicha Samarqandga halol ziyoratga keladilar. Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga kelgan sayohatchilarning aksariyat qismi tarixiy obidalarni tomosha qilish, mahalliy urf-odat, sharqona hayot va turmush tarzi bilan tanishish maqsadida keladi.
Mamlakatimiz taraqqiyotini barcha soha va tarmoqlarda yangi bosqichga ko‘tarish, tubdan yangilash va shiddat bilan iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog`liq vazifalar Harakatlar strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlarda aniq belgilab berilgan. Unda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari qayd etilib, jumladan milliy iqtisodiyotda yuqori daromad keltiradigan tarmoqlardan biri turizm ekanligi alohida ta`kidlanadi. Bunda turizmning umumiy yo‘nalishlari bilan birga ziyorat, ekologik, ma`rifiy, etnografik, gastronomik turizmi kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish zaruriyati ta`kidlangan. Ma’lumki, turistik resurslarning turlari ko‘p bo‘lib, sayohatdan maqsad asosan tanishuv, dam olish va sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash va sport hamda diniy ziyorat va boshqa maqsadlarni ko‘zda tutadi. Turizmning qadimiy va aktiv turlaridan biri bu diniy turizm hisoblanadi. Mazkur tarmoqning geografiyasi nazar tashlaydigan bo‘lsak, jahonning turli mamlakat, mintaqalarida diniy turistik resurslar turlicha ta’minlangan. Ayni paytda esa hamma joyda ham diniy turistik ob’ektlar mavjud. Binobarin, jahon miqiyosidagi, ya’ni dunyo dinlari hisoblangan xristianlik, islom va buddizm hamda mahalliy dinlarga yer shari aholisi e’tiqod qiladi. Diniy ziyorat maqsadida sayohatlar qadimdan rivojlangan, xatto hozirgi kundagi eng aktiv “turmigratsiya” hisoblanadi.
Mazkur turizmning turli yo‘nalishlari bilan bir qatorda O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirishda qulay imkoniyatlarga ega. Bu yurtda islom dunyosining mashhur allomalari yashagan va ijod qilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda boshqa din konfessiyalari vakillari uchun qadrli tarixiy yodgorliklar mavjud. Ammo, ziyorat turizmini rivojlantirish uchun din bilan bog`liq tarixiy yodgorliklarning mavjudligi yetarli emas. Turistlarni jalb etish uchun yaxshi reklama, tashviqot ishlarini olib borish, qulay viza rejimini o‘rnatish hamda aeroport va mehmonxonalarda ibodat qilish uchun shinam shart-sharoitlar yaratish kerak.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab, chet ellik hamkorlarning sa`y-harakatlari natijasida milliy standartlarni xalqaro standartlarga qo‘shilib borish jarayonini jadallashtirish dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur diniy ishlar qo‘mitasi, sog`liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi vazirliklari va turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kelishilgan holda ishlab chiqildi. Qayd etilgan standartlarni hayotga tatbiq etish va unga amal qilish O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar imkoniyatini kengaytirish bilan birga, turizmning yangi ziyorat yo‘nalishini yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Yurtimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish va sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lamini kengaytirish bosh maqsadimiz bo‘lib kelmoqda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi havo kemalari parki va aeroportlar modernizatsiya qilinmoqda va parvozlar geografiyasi kengaymoqda. Poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro va Qarshi shahriga qatnovchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Аfrosiyob” poezdi sayyohlarga manzur bo‘lmoqda. “Аngren - Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining bunyod etilishi natijasida Toshkentdan Fargʼona vodiysiga zamonaviy poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish barobarida xorijlik sayyohlar va xalqimizga bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish tizimi ham yildan-yilga rivojlanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 1 ming 282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 661 mehmonxona, sayyohlik bazasi va kemping, 600 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.1 Shu bois, turizm sohasini rivojlantirish ko‘plab ish o‘rinlarini yaratilishi, aholini ish bilan taʼminlash hamda ularning daromadlari oshishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda butun dunyoda iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohasi bo‘lgan turizm sohasiga katta eʼtibor berilmoqda2. Ma’lumki, turistik resurslarning turlari ko‘p bo‘lib, sayohatdan maqsad asosan tanishuv, dam olish va sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash va sport hamda diniy ziyorat va boshqa maqsadlarni ko‘zda tutadi. Turizmning qadimiy va aktiv turlaridan biri bu diniy turizm hisoblanadi. Mazkur tarmoqning geografiyasi nazar tashlaydigan bo‘lsak, jahonning turli mamlakat, mintaqalarida diniy turistik resurslar turlicha ta’minlangan.
Keyingi yigirma yilda turizmning tez surʼatlar bilan rivojlanishi dunyo bozorida ushbu sohaning xizmatlar eksportidagi rolining oshganligidan dalolat beradi.
Biroq, hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shakllangan bo‘lsada, faqat XX asrga kelib, u jadal surʼatlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u “XX asr fenomeni” nomini oldi. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda turizm juda kuchli jahon mikyosidagi iqtisodiyotning tarmogʼi bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablagʼlar jalb qilingan. Hamda bu yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosat sanaladi.3
Jamiyatning rivojlanishi bilan yer yuzining ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Xususan, 1995-1997 yillarda sayohat qiluvchilar sonining barqaror o‘sish tendentsiyasi yiliga o‘rtacha 4 foizga kuzatilib, 2008 yilda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli ushbu sohada faollikning kamayishiga erishilgan.
Darhaqiqat, bugungi kunda turizm ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmogʼi ham sanaladi. Butunjahon turizm tashkilotining baholashiga ko‘ra, turistik servis rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming АQSH dollari atrofida pul sarflaydi, yaʼni har bir turist tomonidan bir sutkada shaharga4 200 АQSH dollari miqdorida foyda keladi. Buning natijasida turizmning davlat iqtisodiyotiga taʼsiri yanada kuchayib boradi va iqtisodiyotdagi tutgan o‘rni ham oshib boradi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni «2017−2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Dasturda sayyohlarni muntazam qabul qilish uchun zamonaviy talablar va qo‘shimcha qulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, respublikaning asosiy sayyohlik markazlarini (Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva) bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter reyslarini tashkil etish va muntazam aviareyslar sonini oshirish, Urganch-Xiva yo‘nalishida qulay sayyohlik avtobuslari qatnovini tashkil etish kabilar ko‘zda tutilgan. Turizmni rivojlantirishning asosi bo`lib quyidagi qonun xujjatlarini keltirishimiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori: ,,Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash to‘g‘risida”5 2018-yil. 7-fevral, PQ-3514.
O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 232-sonli qaroriga muvofiq Madaniyat va turizm vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida “Keshbek” tizimi taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoniga Vazirlar maxkamasi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi PF-5781-son "O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-5611-son "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son "Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 828-son "Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi 904-son "Har yilgi «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 27-maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-261 son qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–6155-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilingani turizmni rivojlantirish va sayohatchilarni jalb qilish uchun qilingan dastur desak mubolag`a bo`lmaydi.
Shuningdek, turizmni rivojlantirishda bir nechta dolzarb muammolarning yechimini topish kerak bo‘ladi:
- turizm boshqaruv organlari tarkibini soha bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan kadrlar bilan taʼminlash;
- turistik resurslarni xalqaro va ichki turizm darajalariga ajratish va ularni mukammal o‘rganib maʼlumotlar bazasini yaratish;
- hali o‘rganilmagan resurslarimiz ko‘pligi nuqtai nazardan ularni o‘rganib, tavsiflarini yaratib tegishli turistik marshrutlarni ishlab chiqish;
- turizmi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganib, ularning o‘zimizda qo‘llash mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini olib amaliyotga joriy etish;
- soha bo‘yicha kadrlar bilim va malakalarini oshirish maqsadida xalqaro tajribalar almashinishni yo‘lga qo‘yish;
- turizmni rivojlantirish chora-tadbirlar datsurlarini ishlab chiqishni jadallashtirish va ularning ijrosini taʼminlash bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;
- turizm organlarining mutaxassis kadrlar yetkazib beruvchi o‘quv yurtlari bilan aloqalarini kuchaytirish;
- xalqaro darajadagi reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va turizm bozoriga chiqarish va boshqalar.6
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, turizm keng qamrovli tushuncha va bir qancha muammolarni yechilishiga ya’ni aholi daromadlarini oshishi xamda ishsizlikni kamaytirish kabi iqtisodiyotda yechimini kutayotgan bir qancha kamchiliklarni yechimini topishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin