Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va ahamiyati



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə4/10
tarix19.05.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#117430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va ahamiyati

Qalqonoldi bеzlari. Bu bеzlar to’rtta bo’lib, qalqonsimon bеzning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy massasi 100-120 mg ni tashqil qiladi. Qalqonoldi bеzlaridan paratirеoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy—fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nеrv muskul tizimining qo’zg’aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo’llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib kеtsa, soch to’kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan bo’lib mo’rtlashadi, tеz sinuvchan bo’lib qoladi, nеrv muskul tizimining qo’zg’aluvchanligi juda ortib kеtib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (tеtaniya) holati yuzaga kеladi. Qalqonoldi bеzlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi ko’paysa, nеrv— muskul tiziminnng qo’zg’aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo’shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tеz charchaydi.
Ayrisimon bеz. Bu bеz to’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo’lib, to balog’atga yеtish davrigacha (14 - 15 yoshg’acha) kattalashib, 30-40 g ga yеtadi. So’ngra bеzning hajmi asta-sеkin kichiklasha boshlaydi va u yog’ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bеzning massasi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo’ladi. Ayrisimon bеzda timozin gormon ishlab chiqariladi. U bolalarning o’sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi, jinsiy bеzlar funksiayasini pasaytirib, bolada balog’atga yеtishni susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo’lishini kuchaytirib, organizmning immunitеt xususiyatini oshiradi. Balog’atga yеtish davridan (14-15 yosh) boshlab
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI
R e j a :
1. Ichki sekretsiya bezlari xaqida tushuncha.
2. Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati.
3. Miya bezlari (epifiz va gipofiz) va ularning funksiyalari.
4. Qalqjnsimon bez va uning funksiyasi.
5. Me‘da osti bezi.
6. Buyrak usti bezlari.
7. Jinsiy bezlar.

Epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, me‘da osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar, gormon, sekretsiya, endokrin bezlar, bazed, miksidema, insulin, tiroksin, glyukogen, kortikosteroid Organizm faoliyati asosan nerv sistemasi orqali boshqarilib qolmasdan, bundan tashqari gumoral yo’l bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan ma‘lum bo’lgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bo’lgan ximiyaviy moddalar qon tomirlariga va (tunima) xujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan ximiyaviy moddalar organlar faoliyatiga ta‘sir etib, ularni o’zaro munosabatlarini ta‘minlaydi. Odam va hayvon organizmi ko’p sondagi turli xil organlardan tashkil topgan bo’lib, ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelshilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatta bo’lib ishlash


natijasida organizm bir butun bo’lib tashkil muxitning o’zgaruvchan yashash sharotiga moslashadi. Organizm funktsiyalarining doymiy kelishilgan xolda ishlashini ta‘minlovchi murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi muxitdagi xulq-atvoriga bog’liqdir. Evolyutsiya jarayonida, shunday o’ziga xos organlar sistemasi hosil bo’ldiki, bu sistema murakkab ximiyaviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib xatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo’llari bo’lmaydi, shuning uchun ular endokrit bezlor deb ataladi. Bu so’z grekcha endon - ichki va krino ajratish, chiqarish so’zlaridan olingan. Organizmning boshqa organlar singari ichki sekretsiya bezlari ham hayvonat olamining
evolyutsion taraqqiyoti maxsuli bo’lib, dastavval qurtlarda, yumshoq tamlilarda asta-sekin rivojlangan va takomillashgan. Umirtqali xayvonlarda asosan insonlarda esa ichki sekretsiya bezlari yuksak darajada taraqqiy etgan.
Ichki sekretsiya xaqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855 yilda maxsus tekshiruv o’tkazib-jigarni ovqat xazm organlariga o’t suyukligi chiqarib berishni va qonga glikogen chiqarishi aniqlangan. Shunday qilib, organizm tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya jarayonlari ham borligini isbot etgan va o’z sekretlarini organizm ichiga chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deyiladi.
Ichki sekretsiya bezlarining funktsiyasi vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga bog’liq bo’lib, bosh miya pustlog’ining idora etuvchi, hamda nazorat etuvchi roliga bo’ysinadi. Shu bilan birga ichki sekretsiya bezlarining faoliyati markaziy nerv sistemasining simpatik va parasimpatik stvollaridan chiqib keladigan shoxchalardir. Endokrin bezlar joylashgan o’rniga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi:
Ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadigan gormonlar faoliyati fanda yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular sanoatda sintez yo’li bilan ham ajratib olinadi. Tabiiy yo’l bilan va sintez yo’li bilan ajratib olingan gormonlardan dori tayyorlash sanoatida xayvonlar va insonlar solomatligini saqlash uchun turli xil dori darmonlar ishlab chiqariladi. Epifiz bezi og’irli 0,2-0,3 gr. bo’lib, bolalar 6-7 yoshga borganda atrafiyaga uchraydi, agarda bolalarda kasallik tufayli yoki boshqa sababga ko’ra yemirilsa, bolalarda muddatdan oldin jinsiy yetilish boshlanadi. Gipofiz bezi og’irligi 0,5-0,7gr. kelib, 3 bo’lakdan, iborat bo’ladi. Oldingi, orqa va oraliq
bo’lakdan iborat. Bu bez boshqa ichki sekretsiya bezlaridan ichki sekretor ta‘sirining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Gippofiz bezining massasi, o’sib rivojlanib kelayotgan organizmning 2 davrida to’g’ri keladi.
Gipofiz bezining oldingi bo’lagining somototrop gormoni bola organizmining o’sishiga ta‘sir etadi. Gippofiz bezining shu gormon funktsiyasi susayib qolsa, bolaning bo’yi o’smay qoladi. Gippofiz bezi oldingi bo’lagi funktsiyasi bolaning yoshligidan susaysa gippofizar
pakanalik kasalligiga olib kelsa, bu bez funktsiyasining kuchayishi esa, bola bo’yining meyordan ortiq o’sib ketishiga, gigantizm kasalligiga olib keladi.
O’sish gormonidan tashqari gippofiz bezining oldingi bo’lagidan, jinsiy bezlariga ta‘sir ko’rsatadigan gonodotrop gormonlari shu bilan birga qalqonsimon bez va buyrak usti bezlariga ta‘sir etuvchi gormonlar ajraladi.
Qalqonsimon bez bo’yinda, xiqildoq oldi tomonida joylashgan bo’lib, 3 bo’lakdan iborat bo’ladi, ya‘ni 2 yon va 1 o’rta bo’lak-bo’yinchadan tashkil topgan. Bu bezdan qon va limfa tomirlarining qalin turi o’tadi, shunga ko’ra u qon bilan yaxshi ta‘minlanadi. 1 minutda 100 gr. bez tuqimasi orqali 560 ml. qon o’tadi. Kalqonsimon bez follikulalardan tashkil topgan. Bu
fallikula (pufakchalar) alohida qalqon modda bilan to’la turadi. Ana shu modda tarkibiga yod kiradigan qalqonsimon bez gormonlari tiroksin bo’ladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda, jinsiy yetilgan bolalar davridagidek aktiv bo’lmaydi, ya‘ni bu bezning funktsiyasi jinsiy yetilish davrida kuchayadi. Bola o’sib rivojlangan sari tiroksin gormoni tarkibidagi yod moddasi ortib boradi. Bu gormonning sekretsiyasi bola tug’ilishi zaxotiyoq boshlanadi va markaziy nerv sistemasi, asosan bosh miya pustlog’i qo’zg’aluvchanligini idora etib turadi.
7-8 yashar bolalarda bez og’irligi b,5 gr. bo’lsa, 11-15 yashar bolalarda 13,2 gr. keladi. Bez to’qimasi 10-12 yashar qizlarda va 13-14 yashar o’g’il bolalarda ro’y-rost o’sadi. 14-15 yashar bolalarda u o’zining eng yuqori darajasiga yetadi va keyinchalik shu kattalikda qoladi. Bu bez organizmda moddalar almashinuvini boshqarib boradi va markaziy – nerv sistemasi va asosan bosh miya po’stlog’i qo’zgaluvchanligini idora etib turadi. Simpatik nerv
sistemasining tonusini kuchaytiradi, gippofiz faoliyatiga ta‘sir etadi.
Gormon me‘yordan ortiq darajada ishlab chiqiladigan bo’lsa, bazed kasalligi deb
nomlanuvchi kasallik kelib chiqadi. Bu kasallik bilan kasaldangan be‘morlarda modda
almashinuvi kuchayadi. Be‘mor tez ozib ketadi va nerv sistemasi qo’zg’aluvchan bo’ladi.
Ko’zlari chaqchayib, tez-tez terlaydigan bo’ladi. Bolalarda bu belgilar kamroq ifodalangan
bo’lib, aniqlash qiyinroq bo’ladi.
Qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi moddalar almashinuvi jarayonining
susayishiga, o’sayotgan organizm o’sishining sekinlashishiga va psixikasining o’zgarishiga olib
keladi. Natijada, miksidema-qritinizm kasalligi vujudga keladi. Bu kasallik bilan og’rigan
be‘morlarda badan shishadi, teri quriydi.
Me‘da osti bezi aralash bezlar jumlasiga kiradi. Ovqat xazm qilish jarayonida
qatnashuvchi fermentlarni shira shaklida o’n ikki barmoqli ichakka ajratsa, shu bilan birga bu
bezda gormon ishlab chiqaruvchi maxsus xujayra tuzilmalari bo’ladi. Bu tuzilmalar insulin deb
nomlanuvchi gormonlarni qon tomirlarga ajratadi.
Me’da osti bezi bolalarda 2 yoshgacha bo’lgan davrda zo’r berib o’sadi. Shu yoshda
uning massasi chaqaloqlik davrdagiga nisbatan 6-7 baravar ortadi. O’smirlik davriga kelib
insulyar apparati shakllanib bo’ladi.
Insulin gormoni asosan organizmda uglevod moddalari muvozanatini saqlashda ishtirok
etadi. Uning ta‘sirida organizmga tushadigan ortiqcha glyukoza jigarda glikogen ko’rinishda
to’planib boradi, shuning natijasida qondagi qand miqdori doimo bir me‘yorda saqlanib turadi.
Me‘da osti bezining kasallanishi, ya‘ni insulin ishlab chiqarish xususiyati buzilganda
organizmga kirgan uglevodlar organizmda ushlanmaidigan bo’lib, siydik orqali tashqariga chiqib
ketadi. Bu kasallikni diabet kasalligi deyiladi. Kasallangan be‘mor doimo o’zini och sezadi,
og’zi quriydi, tashnalik sezadi, siydik ajralish ortadi va tez oza boshlaydi. Organizm bo’shashadi,
reflekslar susayadi, tomirlar tonusi o’zgaradi va xokazo.
Me‘da osti bezi insulin gormonidan tashqari glyukogen degan gormon ham ajratadi. Bu
gormon ta‘sirida jigardagi glyukogenning parchalanishi tezlashib, qonda qand moddasining
miqdori ortadi. Qonda qand moddasining ma‘lum bir me‘yorda bo’lishida insulin bilan
glyukogenning o’zaro ta‘siri alohida o’rinni egallaydi. Qondagi qand moddasining ortishi bilan
bog’liq bo’lgan kasallikni giperglikemiya deyiladi. Bolalarni aktiv o’sish davrida qand
moddasining ortib ketishi kasallik hisoblanmaydi. Chunki qand moddasi bu yoshda qonda
turg’un bo’lmaydi, tez parchalanib ketadi. Shuning uchun glyukagon gormonining miqdordan
ko’p ishlab chiqarilishi ham qandli diabet kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Buyrak usti bezlari juft bezlar bo’lib, qorin bo’shlig’i orqasida, 11-ko’krak umirtqasi
damida, buyrakning qirra ustida joylashgan har bir bezning massasi o’rtacha 5-8 g. atrofida
bo’ladi. Buyrak usti bezlari qon va limfa tomirlari turi bilan yaxshi ta‘minlangan bo’ladi. Ular
o’z massasiga ko’ra tanamizdagi har qanday organga qaraganda ko’proq qon oladi.
Buyrak usti bezi ikki xil to’qimadan tuzilgan bo’ladi. Buyrak usti bezining ustki qavati
pust qavat ichki qismi mag’iz qavat deyiladi. Mag’iz qavati ektodermadan simpatik
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI KASALLIKLARI
Rеja:
1. Tashqi, ichki va aralash sеkrеtsiya bеzlari haqIda umumiy tushuncha.
2. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining ahamiyati.
3. Gipofiz va epifiz bеzlari.
4. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari va kasalliklari
5. Buyrak usti, mе'da osti va jinsiy bеzlar.
1. Tashqi sеkrеtsiya bеzlariga tеridagi tеr, yog’, sut, so’lak (quloq oldi, til osti va jag’ osti), ko`z yosh hamda me`da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bеzlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organism bo`shliqlariga yoki tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bеzlar tashqi sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi. Jigar ham eng katta tashqi sеkrеtsiya bеz hisoblanadi, ya'ni unda ishlab chiqariladigan o’t suyuqligi o`n ikki barmoq ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi.
2. Ichki sеkrеtsiya bеzlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga o`tadi. Shuning uchun bu bеzlar ichki sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi. Ichki sеkrеtsiya bеzlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bеzlari kiradi.
3. Aralash bеzlar. Bularning to’qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chinariladigan suyuqlik xuddi tashqi sеkrеtsiya bеzlaridagiga o’xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sеkrеtsiya bеzlaridagi singari organizmning ichki muhitiga o`tadi. Bularga me`da osti va jinsiy bеzlar kiradi.

Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin