Ichki kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan dori vositalari tasirida kelib chiqadigan dori allergiyalari, belgilari tibbiy yordam ko'rsatish va profilaktikasi



Yüklə 18,58 Kb.
tarix16.05.2022
ölçüsü18,58 Kb.
#58211
ICHKI KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO


ICHKI KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO'LLANILADIGAN DORI VOSITALARI TASIRIDA KELIB CHIQADIGAN DORI ALLERGIYALARI, BELGILARI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH VA PROFILAKTIKASI.

Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (BJSST) ning ekspertlari keltirgan ma’lumotlariga ko’ra, kasalxonalarda davolanayotgan har 1000 ta bemorning 50 tasida dorilarning turli xil asoratlari kuzatilgan. AQSHdagi kasalxonalarda davolanayotgan bemorlarning 30% da dorilar asoratlari kuzatilib, har 4ta o’limning 1tasi dorilar bilan bog’liqligi aniqlangan. Dorilar allergiyasi erkaklarga nisbatan ayollarda (har 1000 ta aholiga nisbatan 30 ta ayol va 14,2 ta erkak) va qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisida (har 1000 ta aholiga nisbatan 20,3 va 11ta) ko’proq uchraydi. Asosan dorilar allergiyasi 31-40 yoshda kuzatiladi. 40-50 % hollarda allergik reaksiyaning sababchisi antibiotiklar bo’lsa, 41,7% da sulfanilamidlar, 25,9% holda esa nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar hisoblanadi. Dori allergiyasi (DA)–dori vositalari ta’siriga ikkilamchi yuqori darajadagi spetsifik immun reaksiya bo’lib, umumiy yoki mahaliy klinik belgilar bilan kuzatiladi. Doriga yuqori sezuvchanlik bilan belgilangan o’ziga xos immunologik mexanizmlarga asoslangan nojo’ya ta’sir. Rivojlanish va kechish tezligi buyicha dori allergiyasi 3 guruhga bulinadi:

1-guruh – dori iste’mol qilgandan so’ng 1 soat ichida (yoki shu zahoti) rivojlanuvchi o’tkir reaksiya. Bularga anafilaktik shok, eshakemi, Kvinke shishi, bronxial astma huruji, o’tkir gemolitik anemiya, leykopeniyalar kiradi. 2-guruh – dorini iste’mol qilgandan so’ng 1 sutka ichida rivojlanuvchi o’tkir reaksiya. Bunda harorat ko’tarilishi, leykopeniya, trombostitopeniya kuzatiladi. 3-guruh–yashirin holda uzoq cho’ziladigan reaksiya. Ular bir necha sutka yoki hafta davomida rivojlanadi. Ularga allergik vaskulit, zardob kasalligi, interstitsial nefrit kiradi. Dori allergiyasi uchun polivalentli sensibilizatsiya xarakterlidir. Ular bir necha shakllarda paydo bo’lishi mumkin. Allergik reaksiya uchta bosqichda o’tadi: immunologik, patoximik, patofiziologik. Immunologik bosqich allergen birinchi marotaba organizmga tushganda rivojlanadi. Bunda IgE hosil bo’ladi va ular to’yingan hujayralarning membranasiga o’rnashadi. Ya’ni sensibilizasiya rivojlanadi. Patoximik bosqichi allergen ikkinchi marotaba tushganda rivojlanadi. Allergen to’yingan hujayradagi IgE bilan bog’lanadi, to’yingan hujayra faollashib degranulyastiya kuzatiladi va biologik aktiv moddalar (gistamin, serotonin, kininlar) ajraladi. Patofiziologik bosqich biologik aktiv moddalar ta’siridan kelib chiqadi va kasallikning klinik belgilari bilan namoyon bo’ladi. Psevdoallergik reaksiya (PAR) yoki soxta allergiya klinik belgilari o’xshashligi, lekin rivojlanish mexanizmlari farqlanishi sababli shu nomga ega bo’ldi. Chin allergik reaksiyadan psevdo allergik reaksiyaning farqi shundaki, psevdo allergik reaksiyada immunologik bosqich bo’lmaydi, ya’ni reaksiyaning rivojlanishida immunoglobulinlar qatnashmaydi. PARning patoximik bosqichida ham shu mediatorlar ajraladi. Shu sababli chin va psevdo allergik reaksiyaning klinik belgilari bir xil. Zardobda gistamin miqdori oshishi quyidagi holatlarda kuzatiladi: A) gistamin organizmga ko’p miqdorda tushsa B) gistamin liberatorlar ta’sirida V) gistamin inaktivatsiyasi buzilganda. Gistaminga boy bo’lgan oziq-ovqatlar: ismaloq, dudlangan mahsulotlar, uksus, mayonez, tuzlangan karam va boshqalar.

Gistamin liberator ta’siriga ega bo’lgan dori vositalardan atropin, yod, rentgen kontrast moddalar, opiatlar, tubokurarin, polimiksin B; oziq-ovqatlardan qulupnay, dukkaklilar, achitqi, yovvoyi parranda va boshqalarni aytib o’tish kerak. Gistamin inaktivatsiyasi jigar va ichakda o’tadi. Shuning uchun ko’p holatlarda PAR oshqozon-ichak trakti kasalliklari fonida kelib chiqadi. Bundan tashqari, disbakterioz ham gistamin ko’p miqdorda ishlab chiqarilishiga olibkeladi, ayniqsa, grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, stafilokokk tarkibidagi oqsil A. Mediatorlar ta’sirida (birinchi navbatda gistamin) qon tomirlar kengayishi, qon ivishi, tomirlar o’tkazuvchanligi oshishi, to’qimalarda shish paydo bo’lishi, silliq mushaklar spazmi va hokazolar kuzatiladi. Nojo’ya dori reaksiyasi oldindan aytib beriladigan va aytib berilmaydigan turlarga bo’linadi. Birinchini zimmasiga 75 foizgacha nomaqbul ta’sirlar to’g’ri keladi. Aytish mumkin bo’lmaydigan qay’ta sezuvchanlik (allergik) reaksiyalar kiradi va hamma nojo’ya ta’sirlarning 7-10 foizini tashkil qiladi. 1.Oldindan aytib beriladigan reaksiyalar ma’lum farmakodinamik mexanizmlar bilan kechadi, dozaga qaram va moyilligi bo’lmagan shaxslarda rivojlanadi. Masalan, dozani oshirish, preparatning ikkilamchi ta’siri, ikki va undan ortiq dori vositalarining o’zaro ta’siri natijasidagi reaksiya. 2.Oldindan aytib berilmaydigan reaksiyalar ko’pincha moyilli shaxslarda vujudga keladi (masalan, oltin preparatlari ta’siridan sodir bo’lgan nefrit NLA DR2 va DR3 ajralishi bilan sozlanadi), preparatning farmakologik ta’siri bilan mos kelmaydi va ko’pincha dozaga bog’liq emas. Mazkur reaksiyaning yuzaga kelishiga uch turdan javob ajraladi: a) ko’tara olmaslik – terapevtik dozada nojo’ya reaksiya qatoriga kiradi (masalan, qusish – teofillinning kichik dozasiga javob); b) idiosinkraziya- preparatning ma’lum farmokologik ta’siri bilan bog’liq bo’lmagan holda, unga oldindan aytib berilmaydigan notipik javob. Idiosinkraziya reaksiyasi nasliy asosda shakllanishi mumkin (G6FD kamchiligi bo’lgan bemorlarda xinolinlar bilan chaqiriladigan gemolitik anemiya).

v) o’ta sezuvchanlik – atipik javobga olib keluvchi immun reaksiya natijasida sodir bo’ladi. Bu holatning kutiladigan farmakologik ta’sirga aloqasi yo’q (masalan, penistillin bilan chaqiraladigan eshakemi). 2.Tarqalishi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda 15-35% aholi allergik kasallik bilan istirob chekadi. Allergik kasallikning ko’payishi bir qancha omillarga bog’liq: ekologik notinchlik, sostial va oilaviy stress, noxush hayot sharoiti, ovqatlanishning buzilishi, salbiy odatlarning tarqalishi va x.k. Allergik kasalliklar orasida dori allergiyasi muhim o’rinni egallaydi. Dori allergiyasidan oldin doimo sensibilizasiya davri vujudga keladi, bunda organizmning immun sistemasi bilan dorining birinchi bog’lanishi kuzatiladi. Dori allergiya reaksiyasi faqat dorilarni qayta yuborganda rivojlanadi va 8-12% bemorlarda kuzatiladi. Evropa mamlakatlarida erkaklarga nisbatan ayollarda ko’proq uchraydi. 3.Etiologiyasi. Har bir dori vositalari organizmda ko’p o’zgarishlarga uchraydi: u parchalanadi, hosil bo’lgan har bir metabolitga organizmda anti tana ishlab chiqarilishi mumkin. Vakstinalar, zardoblar, yot immunoglobulinlar, oqsil tabiatiga ega bo’lgan modda sifatida–allergen hisoblanadi (organizmda antitanalar hosil bo’lishini chaqiradi) va ular bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada dori allergiyasi asosini tashkil qiladigan antitana paydo bo’ladi va antigen takror antushganda antigen-antitana yig’indisi, birikmasi (kompleksi) yuzaga keladi. Allergik reaksiyalarni hamma preparatlar, shu hisobidan antiallergik vositalar va glyukokortikoidlar ham chaqirishi mumkin. Past molekulyarli moddalarning allergik reaksiya chaqirish qobiliyati ularning kimyoviy tuzilishiga va dori vositalarning yuborish yo’liga bog’liq. Dori per os (ichishga) berilganda allergik reaksiya rivojlanishi past, mushak orasiga va ayniqsa vena ichiga yuborilganda xatar ortadi. Dori allergiyasiga xatar tug’diruvchi omillar: dori vositalari bilan munosabatda bo’lish (dori vositalariga sensibilizastiya bo’lishi ko’pincha tabobat va dorixona xizmatchilarida), dorilarni uzoq vaqt va tez-tez qo’llash, polipragmaziya. Bundan tashqari dori allergiyasiga xatar nasliy zaif, teri zamburug’lari kasalligi, allergik kasalliklar (pollinoz, bronxial astmasi va x.k.) va ovqat allergiyasi mavjudligida kuzatiladi.

Dorilarning nojo’ya ta’sir mexanizmlari har xil bo’lishi mumkin. Toksik (zaharli) reaksiyalar a) Dori vositalarining yuqori miqdori (baland dozasi). Bu ko’pincha terapevtik amaliyotda uchraydi. Zaharlanish belgilari dorining bevosita farmakologik xususiyatlari bilan bog’liq – antikoagulyantlarning yuqori miqdorida qon ketishi, verapamilning yuqori miqdorda AV blokadasi rivojlanishi vujudga keladi. b) Terapevtik dozada toksik reaksiya sodir bo’lishi dorilar modda almashinuvining irsiy sekinlash ibilan bog’liq. Bunday bemorlarda zaharlanishning klinik ko’rinishi har xil va allergiyaga qabul qilinib xato qilinadigan teritoshmasi bilan ifodalanishi mumkin. v) Jigar va buyrakning funkstional yetishmovchiligi (zaharli moddalarning mavjud bo’lishi, dori yoki uning parchalanish mahsulotlarining vujudga kelishi) bilan bog’liq toksik reaksiyalar. g) Yatrogen sababli reaksiyalar (davolashda polipragmaziya, masalan, miokard infarktida bemor 3-5 tadan ortiq dori vositalarini qabul qiladi; varfarin va stimetidinni bir vaqtda qabul qilganda qon ketishi). d) Uzoq vaqtdan keyingi toksik ta’sirlar: teratogenli dori vositalarning omilari rivojlanishiga ta’siri natijasida bolani nog’iron tug’ilishi; kansterogenlik – xatarli o’smalarning vujudga keltiruvchi xususiyati; ototoksik – quloqqa zaharli ta’siri. 2) Maqbul (kutilgan) ta’sir –dori vositalarining farmokologik xususiyatiga bog’liq (stitostatikdan leykopeniya, antigistaminlarning sedativ– tinchlantiruvchita’siri) 3) Paradoksal (qarama-qarshi) ta’sir, masalan, dimedrol qabulida hayajonga kelish holati. 4)Super infekstiyalar va dizbakteriozlar (mediatorlar – gistamin, bradikinin va boshqalar) salmoqli ajraladilar. 5) Psixogen (ruhiy) reaksiyalar ko’pincha dorilarga birmarta reaksiya bo’lgan shaxslarda keyinchalik dorilarni “ko’tara olmaslik” rivojlanadi. Mazkur holat vegetativ kriz ko’rinishida ifodalanadi va bosh aylanishi hamda og’rishi, darmonsizlik, terlash belgilari bilan kuzatiladi. 6) Dorilarni noto’g’ri yuborishda mavjud bo’ladigan reaksiyalar, masalan, eufillinn itomir ichiga yuborganda ko’ngil aynishi, qusish va arteriya bosimining pasayishi.



7) Enzimopatiyava soxta allergiyaga bog’liq odatdagidan tashqari reaksiyalar –rivojlanishida dori vositalarini semiz hujayralarga bevosita to’g’ri ta’siri va gistamin ajralishi muhim ahamiyatga ega. Haqiqiy (chin) allergik reaksiyalardan tashqari soxta noimmun allergik reaksiyalar ham bo’lishi mumkin. Dorilarga bu turdagi reaksiyalar klinik ko’rinishidan farqlanmay, rivojlanish mexanizmi bo’yicha farqlanadilar. Soxta allergik reaksiyada quyidagilar bo’lishi mumkin: a)dorini birinchi marta qabulidan so’ng mavjudligi; b) harxil kimyoviy tuzilishdagi dorilarni, ba’zan plastebo qabuliga klinik belgilarni paydo bo’lish javobi; v) dorini sekin yuborib anafilaktik reaksiya oldini olishi mumkin, chunki qonda dori miqdori jiddiy nuqtadan pastda qoladi va gistamin ajralishi sekin sodir bo’ladi. Soxta allergik reaksiya rivojlanishga gipotalamik patologiya, qandli dibet, me’da-ichak va jigar kasalliklari va surunkali infekstiya (gaymorit, bronxit) qulay muhit hisoblanadi. Polipragmaziya, bemor tana vazniga va yoshiga mos kelmaydigan dozada dori vositalarini yuborish ham soxta allergik reaksiya rivojlanishini qo’zg’atadi.
Yüklə 18,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin