Ibragimova lola bitiruv malakaviy ishi mavzu: maktabgacha ta



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#38607
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
maktabgacha talim yoshidagi bolalar nutqini ostirishda bolalar adabiyotidan foydalanish

 

Mashg’ulotning turi: Aralash  dars  

 

Ertak qahramonlari:  

 

Boshlovchi : Laylo 



 

Chol : Bobur 

 

Kampir : Zilola 



 

Laylak : Alisher 

 

Cho’pon : Aziz 



 

Bolalar : Sardor, Elyor, Farhod 

 

 

Mashg’ulotning borishi:   

 

Tarbiyachi o’quvchilardan o’tgan mavzuni so’rab ularni rag’batlantiradi. 



So’ngra yangi mavzu boshlanadi.  

Boshlovchi : Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan biz bir ajoyib ertakni 

o’qiymiz,  sahnalashtiramiz va ijro etamiz. Bolajonlar ertagimizning nomi  

 

 



Ur to’qmoq 

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim – qadim zamonlarda  Olatog’  etagida bir 

chol bilan kampir yashar ekan. Ular parranda va hayvonlarni ovlab kun kechirar 

ekanlar. Kuz payti ekan. 

Kunlardan bir kuni cholning tuzog’iga katta Laylak ilinibdi. Chol xursand 

bo’lib  laylakni tuzoqdan chiqargan ekan, Laylak tilga kirib:  




 

58 


Alisher : ----- Ota meni qo’yib yuboring. Men hamma laylaklarning boshlig’iman, 

nimani so’rasangiz   hammasini beraman. 

 Bobur :---- Seni qanday topaman? – deb so’rabdi . 

 Alisher :----  Mening uyim qarshingizdagi  Olatog’ning  orqasiga o’tib, kimdan 

so’rasangiz, uyimni aytib beradi.     

Boshlovchi : Chol Laylakni qo’yib yuboribdi 

Alisher :---- Yaxshiligingizni unutmayman,  

Boshlovchi :- debdi Laylak uchib ketayotib. 

Bahor yaqinlashibdi. Tuzoqqa hayvonlar ilinmay qolibdi, chol Laylakvoyni 

eslab, erta tongdan turib yo’lga ravona bo’libdi. Yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l 

yuribdi va yo’lda qo’ylar to’dasiga duch kelibdi. 

 ---- Kimning qo’ylari ? – deb so’rabdi u cho’pondan. 

---- Laylakniki, - deb javob beribdi cho’pon. 

 Bobur : --- Laylakvoy  menga sovg’a va’da qilgandi. Undan nima so’ray.  

Aziz : Laylakdan  ‘ochil dasturxon ” ni so’rang otaxon. 

 Boshlovchi : Chol Laylakvoyning uyiga yetibdi. 

 Bibur : ---- Assalomu alaykum laylakvoy, va’daga binoan oldingga keldim ! 

Boshlovchi : Shunda Laylak : 

 Alisher : ---- Istaganingizni so’rang, menga yaxshilik qilganlarni quruq 

qo’ymayman. 

Bobur :  ---- Menga  “ ochil dasturxon ”  ni bersang, - debdi . 

 Alisher : ---- Mana, oling ota. 

Boshlovchi : Chol  “ ochil dasturxon ” ni olib orqasiga qaytibdi. Yo’lda u  tanish 

bolalarga duch kelibdi. Yo’l yurib charchagan chol bolalarga – bolalarim, mana bu 

“ ochil dasturxon ”  dan xabardor bo’lib turing, men biroz mizg’ib olay – debdi. 

Lekin hech qachon    “ ochil dasturxon ” demang, - debdi. 

Sardor, Elyor, Farhod : --- Xo’p otaxon. 

Boshlovchi : Chol uyquga ketishi bilan bolalar : 




 

59 


 ---- “ Ochil dasturxon !”  – debdi, shunda dasturxon ochilib bolalarning oldida 

yetmish xil ovqat tayyor bo’libdi. Bolalar shoshib uni boshqa dasturxon bilan 

almashtirib qo’yishibdi. 

Chol uyg’onib bolalarga rahmat aytib, uyiga ketibdi. Suyunib kampiriga bo’lgan 

voqealarni gapirib beribdi va 

 Bobur : ----  “ Ochil dasturxon !”  – debdi. Dasturxon ochilmabdi. 

Boshlovchi :  Chol laylak meni aldabdi – deb jahli chiqibdi. 

Yana Laylakni oldiga yo’l olibdi. Yo’lda ketayotib yilqichilarga duch kelibdi. Ular 

cholga Laylakvoydan endi "Qaynar xumcha"ni so'rang, deyishibdi.Chol 

Laylakvoyning oldiga boribdi.  

Alisher : ---- Sizga uana nima kerak?   

Bobur: ---- Menga "Qaynar xumcha" ni bersang.  

Boshlovchi : Laylak unga "Qaynar xumcha"ni beribdi.  

Yo'lda chol yana bolalarni uchratibdi.Volalar xursand bo'lib:  

Sardor, Elyor, Farhod : Otaxon,  juda charchabsiz, biroz mizg'ib 

oling.Xumchangizga biz qarab turamiz. 

Bobur : Bolalarim yana “qayna xumcha” deya ko’rmanglar  

 Sardor, Elyor, Farhod : Yo'g'-e, ota, xotirjam bo’ 'ling. 

Boshlovchi : Chol uyquga ketishi bilan :  

_ Sardor, Elyor, Farhod : “ Qayna, xumcha!” - desa, xumchadan  

tillalar qaynab chiqaveribdi. Volalar uni boshqa xumcha bilan almashtirib qo 

'yishibdi. Boshlovchi : Chol uyqudan turib, xumchani ko'tarib kampiri  oldiga 

boribdi:  

Bobur : - Kampir, bir alomat xumcha olib keldim. Laylakvoy juda saxiy ekan.  

Boshlovchi : ---Qayna, xumcha! – debdi chol. Xumcha qaynamabdi. Chol xunob 

bo'lib:  

----Laylak meni yana laqillatibdi-da deb xafa bo’libdi.Chol yana Laylakvoyning 

oldiga jo'nabdi. Yo'lda yilqichilar uning ahvolini ko'rib:  

 ---- Endi otaxon, “Ur, to’qmoq! “ni so’rang - deyishibdi. Chol Laylakvoyni  oldiga 

borib: 



 

60 


Bobur: --- Laylakvoy, men sendan arzimagan bir narsa so'rayman, xolos. Menga 

"Ur, to'qmoq!"ni ber. 

Boshlovchi : Laylak uning iltimosini qaytarmabdi. Chol "Ur, to'qmoq!"ni olib, 

yo'lga tushibdi. Yo'lda yana o'sha bolalarni uchratib qolibdi. 

Bobur: - Men dam olay, sizlar  to'qmoqqa qarab turinglar.Lekin “Ur, 

to’qmoq!”deua ko’rmanglar. 

Sardor, Elyor, Farhod :  "Xo 'r"  

Boshlovchi : chol uxlashi bilan 

Sardor, Elyor, Farhod: - Ur, to'qmoq! - debdi. 

Boshlovchi : Shunda to'gmoqqa jon kiribdi. Bolalarni shunday do'pposlab 

ketibdiki, ular  dodlab har tomonga qocha boshlashibdi.  

Sardor, Elyor, Farhod :- Jon ota, to'qmog'ingizni to'xtating, sizning "Oshil 

dasturxon " ingizni ham, "Qaynar xumcha "ngizni ham qaytarib beramiz. Tavba 

qildik. To'qmog'ingiz toza ta'zirimizni berdi,- deb yalinib-yolvoribdi. 

Bobur : --- Tur, to’qmoq -, debdi.  

Boshlovchi : To'qmoq bolalarni urishdan to 'xtabdi. Volalar darrov dasturxon va 

xumchani olib kelib, cholga beribdi.Shol xursand bo'lib uyiga qaytibdi va 

kampiriga olib kelganlarini ko' rsatibdi.  

Bobur : -Ochil, dasturxon! - debdi . Dasturxonda noz-u ne'mat1ar paydo bo'libdi. 

Boshlovcho : Chol-kampir maza qilib ovqatlanibdilar. - So'ng chol  

Bobur : ---- Qayna, xumcha! - debdi. Xumchadan tillalar qaynab chiqaveribdi. 

Boshlovchi : Kampir o'zida yo'q xursand bo'libdi. Shunday qilib, chol bilan kampir 

qolgan umrlarini rohat - farog' atda o 'tkazishibdi. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin