I. S. Baxning hayoti va ijodi 7



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə1/7
tarix23.05.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#120287
  1   2   3   4   5   6   7
oxirqisi kurs ishi


MUNDARIJA
KIRISH …………….…3
I BOB. I.S.BAXNING HAYOTI VA IJODI HAMDA KLAVIR MUSIQASI
1.1. I.S.Baxning hayoti va ijodi 7
1.2. I.S.Baxning klavir musiqasi haqida ma'lumotlar . 12
II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati
2.1.Bax Musiqalarini tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari ....................…..21
2.2.O'quvchilarni I.S.Bax musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o'rgatishning pedagogik asoslari ..….........25
XULOSA ....34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36
ILOVALAR .39

MAVZU: I.S.BAXNING KLAVIR MUSIQASI
REJA:
KIRISH
I BOB. I.S.BAXNING HAYOTI VA IJODI HAMDA KLAVIR MUSIQASI
1.1. I.S.Baxning hayoti va ijodi
1.2. I.S.Baxning klavir musiqasi haqida ma'lumotlar
II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati
2.1.Bax Musiqalarini tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari
2.2.Oquvchilarni I.S.Bax musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o'rgatishning pedagogik asoslari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish yosh avlod tarbiyasiga e’tibor, ayniqsa ta’limning dastlabki bug’inlaridan boshlab birinchi navbatda xalqimiz madaniyati, tarixi, san’ati, adabiyoti, tili va milliy qadriyatlariga muhabbat, ularni qalban his qiladigan, kelgusida rivojlantira oladigan ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli shaxslar sifatida shakllantirishni ustuvor ahamiyat berilayotganligi bejiz emas.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda musiqa san’atini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”-gi farmoniga muvofiq yurtimizda musiqa sanʼatiga katta eʼtibor qaratilmoqda Milliy musiqadan tashqari Jahon musiqasini oʻrganish ishlari jadal rivojlanmoqda. Ma’naviy yetuk, aqliy barkamol, axloqiy-estetik madaniyati barqaror shakllangan shaxsni tarbiyalash o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni bajarish, milliy g’oyani yaratishimizda asosiy va hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Insonning ma’naviy ongi, dunyoqarashini va ruhiy kamolotini
shakllanishida musiqa san’ati o’zining qudratli ta’sir kuchi bilan a’lohida ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham buyuk sharq allomalari e’tirof etganlaridek musiqa insonning axloqiy va estetik hissiyotlariga jozibali va betakror ta’sir etish xususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o’rin tutadi. Shu bois ham musiqa ta’limida ushbu fanni o’qitilishi eng avvalo tarbiyaviy maqsadlarni ko’zda tutadi va uning bosh vazifalarini belgilaydi desak aslo xato bo’lmaydi.
Shuni a’lohida ta’kidlash joizki, respublikamizda amaldagi ta’lim
tizimida umumiy o’rta-ta’lim eng muhim shakllantiruvchi bosqich bo’lib,
bunda o’qitiladigan barcha fanlar va tarbiyaviy ishlar o’sib kelayotgan yosh avlodni ta’kidlab o’tilgan darajada kamol topishlari va shaxs sifatida shakllanishlarida muhim o’rin tutadi, xal qiluvchi ro'l o’ynaydi. Shu jihatdan umumta’lim maktablarida o’qitiladigan «Musiqa madaniyati» fani oldiga qo’yilgan o`quvchilarni madaniyatli, yuksak ma’naviyatli, milliy g’oya va mafkura ruhida shakllangan, milliy o’zligi, tili, ta’rixi, san’ati, umuman olganda milliy qadriyatlarini teran anglaydigan va ularni qadrlay oladigan, badiiy va estetik didi rivojlangan shaxslar sifatida tarbiyalashdek keng ko’lamli vazifalar bugungi kunda ushbu fanni o’qitilishini ham zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirib borishni taqazo etadi. Umumta’lim maktablarining «musiqa madaniyati» darslarida o’quvchilarni umummusiqiy madaniyatini shakllantirish juda ko’plab omillarga bog’liq bo’lib, bu o’rinda musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, nazariy savodxonlik (nazariy ma`lumotlarni egallash) asosiy o’rinni egallaydi.

Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin