Uyga vazifa: Quyidagi o‘zgarishlar natijasida atsetilen hosil qiling. Zarur reaksiyalar tenglamalarini yozing va reaksiyaning borish sharoitini tushuntiring:
a) etilen xloretan etilen
b) metan xlormetan etan etilen 1,2-dixloretan atsetilen?
c) CaCO3 CaO CaC2 C2H2 Atsetilen sanoatda ham, laboratoriyada ham kalsiy karbidga suv ta’sir ettirib olinadi. Тarkibida 20% bekorchi jinslar tutgan 20 kg karbiddan n.sh da o‘lchangan qancha hajm atsetilen olish mumkin?
1 l noma’lum uglevodorodni yondirish uchun 2,5 l kislorod sarflanadi, natijada 2 l karbonat angidrid va 1 l suv bug‘i hosil bo‘lgan. Noma’lum uglevodorodning formulasini aniqlang?
18-DARS. Atsetilenni olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari.
Metanni yuqori temperaturada parchalab olinadi. Metan yuqori temperaturada uglerod bilan vodorodga parchalanib ketadi. Ammo, bu reaksiyada oraliq modda atsetilen hosil bo‘ladi. Reaksiyani ana shu bosqichida to‘xtatilib, atsetilen olinadi:
Digaloid alkanlarni o‘yuvchi kaliyning spirtdagi eritmasi orqali o‘tkazilsa atsetilen qatori uglevodorodlar hosil bo‘ladi:
CH3-CH2-CHCl22KOHCH3-CCH2KCl2H2O
CH3-CHCl-CH2Cl2KOHCH3-CCH2KCl2H2O
Fizik xossalari. Atsetilen xidsiz, havodan yengilroq, suvda kam eriydigan gaz modda bo‘lib, ts-81,8S, tq-83,8S. Atsetilen qatori uglevodorodlarini molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ortadi.
Kimyoviy xossalari.