I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə21/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
10metqul

3. ALKENLAR (11,12,13-darslar)
11-DARS. Тo‘yinmagan uglevodorodlar. Etilen qatori uglevodorodlari. Etilen molekulasini tuzilishi. -bog‘, sp2-gibridlanish.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yinmagan etilen qatori uglevodorodlarining vakili etilen molekulasini tuzilishi, gomologik qatori va bu qator vakillarining molekulasini tuzilishi haqida hamda -bog‘larni hosil bo‘lishi, sp2-gibrid elektronlar haqida ilmiy tushunchalar berish.


Dars rejasi:

  1. Тo‘yinmagan uglevodorodlar.

  2. Etilen qatori uglevodorodlari.

  3. Etilen molekulasining tuzilishi.

  4. sp2 –gibridlanish.

  5. -bog‘.




Тo‘yinmagan uglevodorodlar

Etilen qatori

Diyen qatori

Atsetilen qatori



Etilen qatori uglevodorodlar

CnH2n formulaga mos kelib, molekulasi tarkibida bitta qo‘shbog‘ tutuvchi uglevodorodlar etilen qatoriga mansubdir.


CH2CH2-etilen (eten)
CH2CH-CH3-propilen (propen)
CH2CH-CH2-CH3-butilen (buten)
Darslikdagi yoki quyidagi masalani yechish bilan o‘quvchilar etilenni formulasini topishadi.
Noma’lum uglevodorodning 1,12 l miqdorini to‘liq yondirish uchun 3,36 l kislorod sarflandi. Natijada 2,24 l karbonat angidrid va 1,8 g suv hosil bo‘ladi.
Uglevodorodni molekulyar formulasini toping?
O‘quvchilar uglevodorod formulasi uchun C2H4 formulani taklif etadi.
Etilen-C2H4 molekulasining tuzilishi: etilen molekulasida bitta -bog‘ bor. -bog‘ sof p-elektronlarni juftlashuvidan va -bog‘ga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda hosil bo‘ladi. (Darslikdan 35-betdagi 8-9 rasmlarga qarang).
Uglerod atomining tashqi elektron qavatidagi bitta p-elektron -bog‘ni hosil qilish uchun sarflandi. Natijada bitta p va 2 ta s elektronlar qoldi, ularni gibridlanishidan sp2 –gibrid elektronlar hosil bo‘ladi.


Uyga vazifa:
Darslikdan mavzuga tegishli materiallarni o‘zlashtirish



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin