I. O`zbek she`riyati vaznlari va ular ichida sarbastning o`rni



Yüklə 109,79 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü109,79 Kb.
#200518
  1   2   3   4   5   6   7
sarbast (2)




Kirish…………………………………………………………………………..…..2
I. O`zbek she`riyati vaznlari va ular ichida sarbastning o`rni………………….……5
II . O`zbek she`riyatida sarbast tizimining taraqqiyoti…………………………….11
III . Sarbast vaznidagi she`rlarning badiiyati………………………………………21
Xulosa………………………………………………………………………….....30
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………………..32

Kirish
 Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz.
Shavkat Mirziyoyev.


Mavzuning dolzarbligi. O`zbek adabiyoti XX asr boshlarida jiddiy o`zgarishlarga uchradi. Uzoq asrlik an`analarga ega bo`lgan she`riyat o`zining qiyofasi, ko`lami va mazmun ko`rinishini o`zgartirdi. Aruz o`rnini barmoq va sarbast egalladi. O`zbek she`riyatida ro`y bergan jiddiy yangilanish, ayniqsa, unda sarbast she`riy tizimining paydo bo`lishida aniq namoyon bo`ldi. Sarbast XX asr boshlaridayoq paydo bo`lib, o`zbek she`riyatidan mustahkam o`rin egalladi, xususan, keyingi davr she`riyatida Rauf Parfi, Xurshid Davron, Tilak Jo`ra, Abduvali Qutbiddin, Bahrom Ro`zimuhammad singari shoirlar ijodi misolida birmuncha yutuqlarga erishdi. Bugungi adabiyotshunoslikda modernizm namunasi sifatida talqin etilayotgan she`rlarning ko`pchiligi ham sarbast vaznida yozilgandir. Bunga ishonch hosil qilish uchun o`ndan ortiq ijodkor asarlarini to`plab, yaqindagina nashr etilgan «O`zbek modern she`riyati» to`plamini ko`zdan kechirish kifoya. Xullas, sarbast o`zbek she`riyatida o`zining qadim ildizlari, jahon adabiyotining ta`sirida shakllandi va tadrijining muayyan bosqichiga ko`tarildi. Shubhasiz, paydo bo`lgan adabiy material umumlashtirishni taqozo etadi. Bitiruv ishi mavzuining dolzarbligi, birinchidan, ana shu bilan belgilanadi.1
Ikkinchidan esa, sarbast o`zbek she`riyatining asosiy vaznlaridan biri sifatida joriylanib ulgurganiga qaramasdan, bu masalada adabiyotshunoslikda bahsu munozaralar hozircha tingan emas. Chunki sarbastni vazn hodisasi sifatida, janr hodisasi sifatida, mazmun hodisasi sifatida turlicha tushunishlar hali ham davom etib, masala aniq bir yechimga kelgan emas. Sarbast namunalarini bir joyga to`plab, ularni qiyosan tahlil etish sarbast xususida aniqroq bir mulohaza bildirish imkonini beradi.

Yüklə 109,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin