I. neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimlarini o’lchash



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/2
tarix22.06.2020
ölçüsü0,78 Mb.
#32094
  1   2
NEFT YOKI GAZ UYUMLARIDAGI QATLAM BOSIMI TARQALISHINI O‘RGANISH.

REJA

KIRISH

I.NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK XUSUSIYATLARI

I.1. QATLAMNING BOSIMI

1.2.QATLAMNING BOSIMLARINI O’LCHASH

1.3.IZOBARALAR XARITALARI

XULOSA VA TAVSIYALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston dunyoda o‘z mavqiga ega bo‘lishning yangi ijtimoiy – itqisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Neft-gaz va yoqilg'i energetikasi O'zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og'ir industriya tarmoqlaridan biri bo'lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O'zbek mutaxassislari neft bo'yicha 100 yildan ortiq, gaz bo'yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. Respublikamiz mustaqil bo'lishi natijasida Respublika oldida muhim vazifalardan biri bo'lgan yoqilg'i energitika ba'zasini yaratish va iqtisodiy mustaqillikka erishish edi.

Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, fuqarolarning turmushidagi farovonlik va iqtisodiyotdagi raqobatbardoshlilikni rivojiga katta ta'sir etuvchi omillar qatorida yoqilg'i- energetika kompleksi ahvoli asosiy o'rinni egallashi ko'p mamlakatlarda oydin kuzatilmoqda. Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir.

O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng barcha sohada bo'lgani kabi, jumladan, neft va gaz qazib chiqarish va undan foydalanish sohasida ham o'z mustaqilligiga erishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hozir gurkirab o'sayotgan respublikamizni neft va gaz maxsulotlarisiz tassavur qilib bo'lmaydi. Neft va gaz sanoatini xalq xo'jaligi tarmoqlarida tutgan o'rni beqiyosdir, chunki sanoatning hamma tarmoqlarini neft va gaz hamda uning maxsulotlarisiz rivojlantirib bo'lmaydi.

Mamlakatimizning iqtisodiy saloxiyati tobora yuksalib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni modernizasiyalash va diversifikasiyalash, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir. So'rg'il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining yuksak namunasidir.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasi neft-kimyo soxasida dunyodagi eng yirik loyxalardan biridir.

Bugungi kunda neft, gaz va gazkondensat maxsulotlariga bo'lgan talabni oshib ketganligi sababli xamda axolini toza gaz bilan ta'minlash transport vositalarini yoqilg'i resurslari bilan ta'minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish yangi maydonlarni ochish konlarini ishga tushirish, eski konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jixozlash zarur.

O'zbekiston Respublikasining neft mahsulotlari bilan ta'minlaydigan konlarni asosiysi janubiy hududlarda joylashgan, qatlam bosimini pasayib ketishi qazib olish ko'rsatgichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon amaliyotida neft va gaz gazkondensat qazib olishni oshirish maqsadida yangi gorizontlar va radial usullarda burg'ilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Kurs ishining maqsadi: Ilmiy izlanishning maqsadi neft va gaz sanoatida yangi tadqiqot uslublari va matematik modellashtirish usullaridan foydalangan holatda qatlam energiya manbalarini to'g'ri xisoblash orqali ortiqcha mablag' sarf qilmasdan yuqori mahsulot beraoliligini imkoniyatlarini tahlil qilish sanaladi. Mazkur bitiruv loyiha ishida Neft va gaz qatlamlarining energitik xususiyatlarini o’ganish qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:


  • Xozirgi kunda o’rganilgan qatlam energiya tahlil qilish.

  • Bu energiyalani neft va gaz konlarni ishlatishdagi o’rni

  • Neft va gaz konlarini ishlatishda energiya manbalarini ulushi

Kurs ishining maqsadi: Qatlam energiya manbalari o’rganishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, sohaga innovatsion texnologiyalar joriy etish orqali qatlamlarni to’liq o’rganish samaradorligini oshirish, shuningdek tadqiqot ishlarini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:



  • Uyumlarni ishlash rejimlarini o’rganish. o‘qitilayotgan;

  • Energiyaga bog’liq holda uyumlarni ishlatish rejimlari tasnifi

  • Siqib chiqarishva sunib borish rejimlarida uyumni ishlatish samadorligini baholash

  • Uymni ishlatishni suniy o’tish texnologiya qo’llashni o’rganish.

  • Uyumni ishlatish rejimlari mukammallashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’ektini Neft va gaz konlari.

Kurs ishining predmeti.Tabiiy energiya turlarini tahlil qilish natijasida samarali suniy energiyalarni qo’llash imkoniyatlarini ko’rib chiqish.

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv loyiha ishi kirish, uch bob, ettita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, ilovadan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 5 ta adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi 60 betni tashkil etadi.

NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK

XUSUSIYATLARI

    1. QATLAMNING BOSIMI

Qatlam energiyasining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: chekka suvlar, qatlam osti suvlari, gaz va gaz qalpog’i bosimi; eritmadan gaz ajralib chiqishi paytida neftda erigan gaz bosimi; og’irlik kuchi; qatlam va uni to’yintiruvchi neft, suv va gaz tarangligi va b. Bu kuchlar alohida-alohida yoki birgalikda namoyon bo’lishi mumkin.

Neftli qatlamning energetika resurslari undagi mavjud bosim bilan tavsiflanadi. Bosim qancha yuqori bo’lsa, boshqa bir xil sharoitlarda energiya zaxirasi ko’p va neft zaxirasidan shunchalik to’liq foydalanish mumkin bo’ladi.

Neft uyumini ishlatish jarayonida energetika resurslarining talaygina qismining kamayishi kuzatiladi, neftning hali katta qoldiq zaxirasi bo’lishiga qaramay, uning qatlam bo’ylab quduq tubi tomon harakatlanishi sekinlashadi va oqibatda uyumdagi mavjud neft zaxirasini to’liq chiqarib olishning iloji bo’lmaydi.

Neft va gazni qatlam bo’ylab, quduq tomon harakatlantiruvchi kuch  bu quduq tubi bosimi hamda qatlam bosimlari orasidagi farqdan hosil bo’lgan kuchdir.



Bir uyumning turli nuqtalaridagi qatlam bosimi qiymatlari har xil bo’ladi. Ular konni ishlatish jarayonida vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Neft va gaz uyumlarining zaxiralarini hisoblash, loyihalash, shuningdek, ishlatish va nazorat qilish uchun quyidagi bosim turlari o’rganiladi:





  1. rasm. Neft va gaz qatlamlairidaga bosimlarning ko’rinishi

  • qatlam bosimi  qatlamning ishlayotgan qo’shni burg’ quduqlarining depressiya voronkasi ta’siridan holi bo’lgan ma’lum bir nuqtasidagi bosim.

  • 2) qatlamning boshlang’ich bosimi  qatlamdagi statik muvozanat buzulgunga qadar, ya’ni quduqning ushbu qatlamni ochib, undan sezilarli miqdorda qatlam flyuidini chiqarib olgunga qadar mavjud bo’lgan bosimi.

  • qatlamning joriy statik bosimi, yoinki quduqda nisbiy statik muvozanat o’rnatilgandan so’ng, quduq tubidagi u yoki bu vaqt holatiga ko’ra o’lchangan statik bosim.

  • quduqning dinamik bosimi  ishlayotgan quduqning tubidagi o’lchangan bosim.

  • qatlamning dinamik bosimi  ishlayotgan qatlam bosimi yoki ishlayotgan quduq tubida statik muvozanat yo’q sharoitdagi bosim.

Haqiqiy qatlam bosimini aniqlash murakkabligi bois quduq tubi bosimi o’lchami qiymatini odatda qatlam bosimi deb yuritiladi.

Yonma-yon ishlayotgan quduqlardan biri to’xtatilgandan so’ng, unda o’lchangan quduq tubi statik bosimi aslida qatlamning dinamik bosimi hisoblanadi. Bu boshqa quduqlar ishlashini davom ettirayotgani va qatlamda mutlaq statik muvozanat o’rnatilmaganligi bilan izohlanadi. Qatlamning odatdagi statik bosimini aniqlash uchun uyumda ishlatilayotgan barcha quduqlarni to’xtatish lozim bo’ladi. Lekin bu vazifa amalda deyarli bajarilmaydi. SHuning uchun ham nisbiy statik muvozanat o’rnatilgan va ishlashi to’xtatilgan quduqlarda o’lchangan bosimni bundan buyon shartli ravishda qatlamning statik bosimi, ishlayotgan quduqlarda o’lchangan bosimni esa  qatlamning dinamik (quduq tubi) bosimi deb ataymiz. Ayrim quduqlarda o’lchangan qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosim qiymati butun uyum bo’yicha qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosimining o’rtacha qiymatini ifoda eta olmaydi.

Qatlamning o’rtacha boshlang’ich yoki o’rtacha joriy bosimi aniqlanayotgan maydon chegarasi sifatida ko’pincha ishlatish quduqlarining tashqi qatoridan quduqlar oralig’idagi masofaga teng uzoqlikdan o’tgan chiziq qabul qilinadi. Bu maydon konni ishlatish amaliyotida tanlash zonasi nomi bilan yuritiladi.

Shunday qilib, ushbu maydon chegarasida o’lchangan qatlam bosimi o’rtacha bosimni faqat tanlash zonasidagina ifodalaydi. Bu bosim neft va gaz zaxirasini hisoblashdan ko’ra konni ishlatishni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Neft va gaz xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning zaxiralarini hisoblashda asosan hajmiy va moddiy balans metodlaridan foydalanilanganda, neftlilikning boshlang’ich tashqi chegarasi bilan cheklangan maydondagi neftli qatlamning boshlang’ich va joriy bosimining o’rtacha qiymatlari ma’lum bo’lishi zarur. Qatlam energiyasidan samaraliroq foydalanish maqsadida konni ishlatishning oqilona tizimini amalga oshirish uchun bosim va uning tartibga solinishini muntazam nazorat qilib turish lozim. Bu esa katta amaliy ahamiyatga ega. CHunki qatlam va uning tarkibidagi suyuqlik va gazlarning ishlatish hamda gidrodinamik xususiyatlari qatlam bosimining o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq.

Sobiq Ittifoq va chet ellardagi neft konlarida o’lchangan ko’pdan-ko’p qatlamlarning boshlang’ich bosimi qiymati shuni ko’rsatdiki, chuqurlik ortishi bilan qatlam bosimi ham ma’lum qonuniyatga bo’ysungan holda ko’tarilib boradi. Qatlam bosimi har 10 m chuqurlikda 0,08-0,12 MPa ga o’zgarib boradi va o’rta hisobda har 10 m da 0,1 Mpa ga ortadi. Bu suvning gidrostatik bosimiga mos keladi.

Shunday qilib, ko’pchilik neft konlarida qatlam bosimi qiymati qatlamning yotish chuqurligi bilan uzviy bog’liq va u odatda qatlamning ochilgan chuqurligiga mos keluvchi suv ustuni bosimidan yuqori bo’lmaydi.

Lekin sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, G’arbiy Ukraina, SHimoliy Kavkazda hamda xorijiy mamlakatlarning bir qator hududlarida shunday neft konlari borki, ularda qatlam bosimi gidrostatik bosim qiymatidan ancha yuqoriligi aniqlangan. CHunonchi, Karadaga (G’arbiy Apsheron) quduqlarining birida bosim gradienti 0,15 MPa/10 m ni tashkil etgan, Baba-Zanan (Kuraoldi pasttekisligi) maydonida  0,146 MPa/10 m, Ventura-Avenyu (AQSh) konida  0,24 MPa/10 m, Lak (Frantsiya) konida  qariyb 0,18 MPa/10 m va h.k.

Ozarbayjon konlarida qatlamning me’yoridan ortiq darajada yuqori bosimga ega bo’lishiga asosiy sabab, V.S. Melik-Pashaev aniqlagan ma’lumotlar bo’yicha, balchiqli vulkan strukturalarining o’ziga xos tuzilishi va burmaning o’q qismidan o’tgan bo’ylama buzilishlarda zichligi qariyb 2,0 g/sm3 bo’lgan suyuq balchiq sopkasi ulkan massasining mavjudligidir.

Ba’zan qatlam bosimining gidrostatik bosimga nisbatan ortishi tektonik kuchlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunda tektonik kuchlar hosil bo’lgan uyum burmasining o’sishiga va shu sababli, qatlamning boshlang’ich bosimi saqlangan holda, neftli qatlamning yotish chuqurligining kamayishiga olib keladi. SHuningdek, anomal yuqori bosim ushbu qatlamni pastda joylashgan yuqori bosimli gaz qatlami bilan tektonik yoriqlar orqali bog’langanligi natijasida ham hosil bo’lishi mumkin.

Nihoyat, gaz uyumi balandligining yuqoriligi anomal qatlam bosimini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, butun uyum bo’yicha bosim asosan gaz-suv tutash zonasidagi qatlam bosimi qiymati bilan aniqlanadi. Masalan, agar gaz-suv tutash zonasi 1500 m chuqurlikda joylashgan va gazli katlamning eng yuqori nuqtasi 1000 m chuqurlikda bo’lsa, uyumning qubba qismidagi qatlam bosimi gidrostatik bosimdan 1,5 marta ortiq bo’ladi.

Neftgazlilik qavati baland bo’lgan neft-gaz uyumidagi bosimning taqsimlanishi aks ettirilgan. Bu yerda 2000 m chuqurlikda (SNTYU  suv-neft tutash yuzasi) bosim SNTYU=20 MPa (normal gidrostatik) va bosim gradienti 0,1 MPa/10 m; neft uyumi balandligi 200 m va neft zichligi 0,8 g/sm3 bo’lgandagi gaz-neft tutash yuzasida qatlam bosimi  MPa va bosim gradienti (1800 m chuqurlikda) 0,102 MPa/10 m ni tashkil etadi.

Gazlilik qavati 300 m bo’lgan gaz uyumining eng yuqori nuqtasidagi gaz zichligi suvnikiga nisbatan 0,17 g/sm3 ga teng, chunki



va

Bunda, g=0,7  gazning havoga nisbatan zichligi; 7734 m  0,1 MPa bosimga ekvivalent havo ustunining balandligi. Qatlam bosimi quydagicha hisoblanadi:



MPa.

Chuqurlik 1500 m bo’lganda bosim gradienti 0,119 MPa/10 m ga teng.





1-rasm. Neftgazlilik qavati yuqori bo’lgan gaz-neft uyumidagi bosim. GNTYU – gaz-neft tutash yuzasi, SNTYU – suv-neft tutash yuzasi

Buni qatlam bosimining taqsimlanishini tahlil qilishda, ayniqsa neftlilik (va gazlilik) qavati yuqori bo’lgan neft va gaz uyumlarida inobatga olish zarur.

Burg’ilashda qatlamning yuqori anomal bosimining namoyon bo’lishi murakkabliklar keltirib chiqaradi. Buning oqibatida neft va gaz konlarini razvedka qilish qiyinlashadi. Burg’ilash paytida yuqori bosimli gorizontlarning yuzaga kelishining oldini olish uchun shunga o’xshash strukturalarda og’irlashtirilgan eritmalar ishlatish talab etiladi. Bu quvurorti bo’shlig’ida yaxlit sement halqasi hosil bo’lishiga to’sqinlik qilib, suvning yorib chiqishiga imkon yaratib beradi. SHuningdek, og’irlashtirilgan gil eritma qatlam g’ovaklariga singib, neftli va gazli qatlamlarni sinashda juda noqulay sharoitlarni yuzaga keltiradi. Chunki bunday sharoitda quduqlarda katta depressiya hosil qilishga to’g’ri keladi va bu ishlatish quvurlari birikmasining sinishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun qatlam bosimi normadan ortiqcha konlarda quduqlarni bosim ostida burg’ilash kerak. Ammo quduq qazishning bu ilg’or usuli, afsuski, hozirgi vaqtda etarli qo’llanilmayapti. Razvedka jarayonida qatlamning anomal yuqori bosimi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun uning kelib chiqish sabablarini o’rganish kerak. Bu nazariy va katta amaliy ahamiyatga ega.
1.2.QATLAMNING BOSIMLARINI O’LCHASH

Qatlamning ishlatish jarayonini kuzatish uchun ishlatish quduqlarida qatlam bosimini muntazam o’lchab turish lozim. O’lchash ishlari chuqurlik monometrlarida amalga oshiriladi. Chuqurlik monometrlarining ikki xili mavjud: maksimal monometr, ko’rsatkichlarni uzluksiz yozuvini qayd qiluvchi monometr.Rossiya Federatsiyasi va O’zbekistondagi konlarda turli konstruktsiyadagi monometrlardan keng foydalaniladi. Qatlam bosimini quduq tanasi bo’ylab monometrda o’lchash orqali suyuqlik va gazning haqiqiy zichligini, bosimi va temperaturasini, suv-neftli aralashmada erigan gazning mavjudligini aniqlash mumkin. Olingan ma’lumotlar izobara xaritasini tuzishda qo’l keladi.Quduqlarni ishlatishning favvorali yoki kompressorli usuli

bilan aniqlanadi. Bu formulalar qatlam bosimining haqiqiysiga yaqin keladigan miqdorini aniqlash imkonini beradi.

Quduqlarni chuqur nasosli ishlatish usulida quduq tubidagi bosimni hisoblash yo’li bilan aniqlashda quduqdagi suyuqlikning statik sathi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Quduqlarda suyuqlik sathi (quvurorti bo’shlig’ida) YAkovlev lebedkasi yordamida tushirilgan maxsus jelonka yoki exolotda o’lchanadi. Quduqdagi neft va suv sathlari ma’lum bo’lsa, quduq tubi bosimini (rqt) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:



(1.1)

bunda hn, hs  quduqdagi neft va suvning mos ravishda ustuni balandligi, m; n, s  nef va suvning mos ravishda zichligi.

Nasos bilan ishlayotgan quduqning statik quduq tubi bosimini taqribiy qiymatini tajriba ma’lumotlaridan foydalanib, empirik formula yordamida aniqlasa bo’ladi:

, (1.2)

bu yerda, Q  quduqdagi suyuqlik debiti, t/sut; K  quduqning mahsuldorlik koeffisienti, (t/sut) MPa; rqat o’rganilayotgan quduqni ishlatish to’xtatilgandan so’ng o’lchangan qatlam bosimi, MPa; rqt  berilgan ish rejimidagi quduq tubi bosimi, MPa; rq - rqt  quduq tubi depressiyasi (R), MPa; n  filtratsiyaning chiziqli qonunida birga teng deb olinadigan daraja ko’rsatkichi. Tajriba suyuqlik chiqarish chog’ida quduq tubida yuzaga kelgan ikki xil depressiyalar qiymati mos holda quydagicha aniqlanadi:

Q1=K(rqat-r1qt) va Q2=K(rqat-r2qt)

bunda Q1 va Q2  mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi debit, t/sut; p1qt va r2qt  mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi quduq tubi (dinamik) bosimi, MPa.

Ushbu nisbatlarning birini ikkinchisiga bo’lib va ularni soddalashtirib quyidagi ifodaga erishamiz:

(1.3)

Gazli quduqda quduq tubi bosimini hisoblash yo’li bilan yanada aniqroq natijaga erishish mumkin.

Gazli quduqdagi statik quduq tubi bosimini og’zi yopilgan quduqqa o’rnatilgan monometr ma’lumotlaridan foydalanib, hisoblash formulasining soddalashtirilgan ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

, (1.4)

bunda rqt  yopiq quduqning tubining statik bosimi, MPa; rm  yopiq quduqning og’zidagi monometrda o’lchangan bosim, MPa; N  quduq chuqurligi, m; g  gazning havo bo’yicha zichligi.

Bu formulada chuqurlik ortishi bilan gazning o’z og’irlik kuchi ta’sirida zichligining o’zgarishi hisobga olinmagan. Gaz zichligining qayd qilingan o’zgarishini hisobga olgan holda statik quduq tubi bosimini yanada aniqroq quyidagi formula orqali topsa bo’ladi:

, (1.5)

bunda N  gaz qudug’i chuqurligi, m.

O’z-o’zidan ma’lumki, bosimni o’lchashda gazning sirqib chiqib ketishining oldini olish va xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun quduq og’zi tegishli ravishda zich yopilgan bo’lishi kerak.
1.3. IZOBARALAR XARITALARI

Konni ishlatish mobaynida qatlamda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatib turish uchun qatlam bosimining o’zgarish va taqsimlanish jarayonini o’rganish lozim. Buning uchun izobaralar xaritasi, ya’ni qatlamning teng bosimlari xaritasi tuziladi. Bu xaritani tuzishda quduqdagi bosim o’lchamlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Qatlamning bosimini o’lchashda quduqqa chuqurlik monometri tushirilib, tubida ma’lum bir vaqt ushlab turiladi, natijada qatlam-quduq, jinslarning fizik xususiyatlari va flyuidlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. SHuning uchun har bir quduqda chuqurlik monometrini ushlab turishning shunday vaqtini tanlash kerakki, toki bu vaqt mobaynida quduq tubidagi bosim uning atrofidagi hudud yoki unga tutash maydondagi qatlamda ishlayotgan quduqlardagi bosimning o’rtacha qiymatiga teng bo’lsin.

. Amaliyotda qatlamning dinamik bosimini o’lchash shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan tayanch quduqlarda, tanlab olingan ishlatilayotgan quduqlarda va maydon bo’ylab bir tekis joylashgan quduqlarda amalga oshiriladi.



Izobaralar xaritasini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • turli sanalarda o’lchangan boshlang’ich bosim ma’lumotlarining mavjudligi va ularni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish zarurligi;

  • bosimni qatlamning yotish chuqurligiga bog’liqligi (bosimning qiymati tog’ jinsining yotish burchagiga bog’liq) va ularni tanlangan shartli yuzaga keltirish zarurligi;

  • qatlamda statik muvozanatning yo’qligi va shu sababli interpolyatsiyaning va ayniqsa bosim ekstropolyatsiyasi (o’lchov natijalarini maydonning boshqa qismiga yoyish)ning tegishli usullarini qo’llash zarurligi.

Izobaralar xaritasini tuzishning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil ko’rib chiqamiz.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin