Ikkinchisiga umumilliy tadqiqot usullari kiradi. Bu tadqiqot usullaridan fanning turli sohalari va tarmoqlarida foydalanadilar, shu bois ular fanlararo, tarmoqlararo tatbiq qilish hislatiga ega.
Umumilmiy tadqiqot usullarini tasniflash ilmiy bilish darajalari tushunchasi bilan bog‘langan. Xususan, empirik bilish darajasida kuzatish, taqqoslash, eksperiment usullari qo‘llaniladi. Nazariy tadqiqot sohasida tuzimli yondashuv, aksiomalashtirish, mavhumlashtirish, formallashtirish usullaridan foydalanadilar.
Hozirgi paytda umumilmiy maqomga ega bo‘lgan ob’ektlarni sinergetik yondashuv tamoyillari asosida o‘rganish keng tarqalmoqda. Ayni paytda sinergetik tadqiqot metodologiyasi ham shakllanmoqda.
Shunday usullar mavjudki, ular ham empirik, ham nazariy bilish darajasida qo‘llaniladi. Masalan, axborotli (informatsion) yondashuv, modellashtirish, kompyuterli eksperiment va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |