I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 142,24 Kb.
səhifə19/44
tarix31.12.2021
ölçüsü142,24 Kb.
#49737
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Yana bir marta qaytaramiz!

1.           Tadqiqotchi birlamchi va ikkilamchi shakllarda namoyon bo‘ladigan axborot bilan ishlaydi. Kuzatishda birlamchi axborot, matnda tahlil qilish uchun keltirilgan ma’lumot ikkilamchi axborot shaklida hosil bo‘ladi.

2.           Axborot har qanday o‘z-o‘zini tashkillashtiradigan tizimning aloqa, ta’sir o‘tkazish, strukturani tiklash funksiyalarini amalga oshiradigan xossadir. Fan ham shunday tizim qatoriga kiradi.

3.           Insoniyat yaratgan axborot olamini bitta jabhasi ilmiy axborot qatlamidir. Ilmiy axborot tadqiqot faoliyatini quroli, vositasi, zaminidir.

4.           Bilish axborotni qabul qilish va qayta ishlashga asoslanadi. Bilim va axborot aynan emas, ular bir-biridan farq qiladi.

5.           Axborot bilan ishlashni uslubiy qoidalari mavjud: 1) axborot bilan ishlash uquvini shakllantirish; 2) axborot tizimlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish; 3) axborot manbalarini mumkin qadar to‘liq bilish va boshqalar.

6.           Tadqiqotchini ixtiyorida turli xil axborot texnologiyasi tizimlari va manbalari mavjud. Ulardan foydalana bilish ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshiradi.

7.           Axborot manbalaridan foydalanishda birlamchi va ikkilamchi hujjatli axborot manbalarini, chop etilgan va qo‘lyozma huquqiqa bo‘lgan (hisobotlar, dissertatsiya avtoriferatlari) ishlari farqlash kerak.

8.           Axborotni izlashdan oldin bibliografik manbalarni aniqlashga, uni qanday tartibda o‘rganish va axborot bilan ishlash sxemasini ishlab chiqishga e’tibor berish lozim.

9.           Axborot va faktni bir-biridan farqlash kerak. Belgilarda ifodalangan, aloqa kanaliga uzatilgan bilim, fakt axborotga aylanadi va aksincha, tadqiqot uchun ajratib olingan, tahlil qilinayotgan axborot faktga aylanadi. Faqat yangilik, ishonchli bo‘lish va aniqlik kabi sifat belgilariga ega bo‘lgan fakt ilmiy fakt bo‘lishi mumkin.

10.      Statistik ko‘rinishga ega bo‘lgan faktlarda noaniqlik, xatolik uchrashishi mumkin. Bunday holatda ularni aniqlash va tuzatishga yordam beradigan matematik usul ishlab chiqiladi.

11.      Faktlarni tahlil qilish, olingan bilimlarni umumlashtirish nazariy qoida va xulosalarni ishlab chiqish, nazariy umumlashmalar esa faktlarga yangicha yondashish, ularni yangicha talqin qilish imkoniyatini beradi.

12.      Ilmiy adabiyot bilan ishlashni uslubiy qoidalari va yondashuvlari mavjud bo‘lib, ularni bilish tadqiqotchi oldiga qo‘yilgan muhim talablardan biridir.

13.      Ilmiy asar bilan tanishishni asar haqidagi ma’lumotlarni (nomi, muallifi, chop qilingan joyi va vaqti, annotatsiyasi, mundarijasi va boshqalar) bilish, u bilan ishlash rejasi va shaklini tuzib chiqishdan boshlash kerak.

14.      Vaziyatga qarab asarni tez, ko‘z yugurtirish qabilida o‘qish yoki diqqat bilan o‘rganish, konspekt yozish taktikasi tanlanadi. Ikkinchi yondashuvda asarda keltirilgan tahliliy talqinlarga, fikr izchilligi, tushuncha va g‘oyalarni asoslanganligiga alohida e’tibor beriladi.

 Savollar  va  vazifalar

1.     Axborot nima, axborot olami mavjudmi?

2.     Qanday vaziyatda axborot ilmiy axborotga aylanadi?

3.     Axborot va bilim tushunchalari nisbatini izohlab bering?

4.     Axborotni izlashda qanday qoidalarga e’tibor berish kerak?

5.     Tadqiqotchining ixtiyorida qanday axborot texnologiyalari va tizimlari mavjud?

6.     Axborotni birlamchi va ikkilamchi hujjatli manbalarini izohlang, farqini ko‘rsating?

7.     «Axborot» va «fakt» tushunchalari nisbatini izohlab bering?

8.     Fakt nima?

9.     Axborot qanday vaziyatda faktga aylanadi?

10.                       Qanday faktni ilmiy fakt deb ataydilar?

11.                       Ilmiy faktni qanday sifat belgilari mavjud? Misollar keltiring?

12.                       Faktlarni qayta ishlash, talqin qilish nimalarga olib kelishi mumkin?

13.                       Fakt va nazariy umumlashma (xulosa) qanday munosabatda bo‘ladilar?

14.                       Ilmiy adabiyot bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

15.                       O‘qishni qanday texnikasi, usullari mavjud?

16.                       Ilmiy asarni o‘rganishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?


Yüklə 142,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin