52
Barg –
novdaning yon organi. Barg fotosintez, suv bug‘latish – transpiratsiya, gaz alma-
shinuvi va vegetativ ko‘payishga
xizmat qilish, oziq moddalar jamg‘arish
kabi funksiyalarni
bajaradi. Barg
barg yaprog‘i
va
barg bandi
dan tashkil topgan
(3.14-rasm)
. Ayrim o‘simliklar
barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo‘ladi.
Olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi o‘simliklarning bargi bandli;
lola, shirach, gulsafsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi kabi o‘simliklarning
bargi poyaga
bandsiz birikadi
(3.11-rasm)
.
Barg yaproqlari unga mustahkamlik beruvchi hamda moddalar transportini ta’minlovchi
tomirlarga ega. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon (panjasimon) yoki patsimon, bir
urug‘pallali o‘simliklar bargi esa parallel yoki yoysimon tomirlangan
(3.12-rasm)
.
Nima uchun barglar shakli va hajmi jihatidan farq qiladi?
Bargning suv bug‘latishi uning tuzilishiga bog‘liq. O‘simlik barglari mayda, ba’zan ignacha
-
lar (qarag‘ay) va tangachalar (archa, saksovul) shaklida bo‘lishi suvni kam bug‘latishga mos-
lashish hisoblanadi. Katta yuzaga ega barglar suv bug‘latishini
kamaytiruvchi tukchalar va
mum bilan qoplangan bo‘ladi.
O‘simliklar bargi novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi. Olma,
o‘rik, terak, tut, tok, atirgul, g‘o‘za, pomidor kabi o‘simlik barglari poyaning har bir bo‘g‘i mida
bittadan navbat bilan joylashadi. Rayhon, yalpiz, nastarin, kiyiko‘t kabi o‘simlik barglari poya
Bandli barg
Bandsiz barglar
Dostları ilə paylaş: