53
har bir bo‘g‘imining ikki tomonida bir-biriga qarama-qarshi joy
-
lashadi. Sambitgul, qirqbo‘g‘im kabi o‘simliklar
poyasining har
qaysi bo‘g‘imida ikkitadan ortiq barg halqasimon joylashadi.
Barglar oddiy va murakkab bo‘ladi. Barg bandida bitta barg
joylashsa, bunday barg
oddiy barg
deyiladi. Oddiy bargli o‘sim-
liklarga olma, nok, o‘rik, shaftoli, tut, tok, g‘o‘za, terak misol bo‘la-
di. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali
joylashgan bo‘lsa, bunday barglar
murakkab barg
deyiladi.
Murakkab barglar
Uch bargchali Panjasimon
Toq patsimon Juft patsimon
Ko‘pchilik o‘simliklarda novdalar qo‘shimcha vazifalarni bajarishga moslashib, o‘z shaklini
o‘zgartirgan.
Shakli o‘zgargan novdalar oziq modda to‘plash, tabiatning noqulay sharoitlaridan
himoyalash va o‘simlikning ko‘payishiga xizmat qiladi.
Shakli o‘zgargan
yerusti novdalar
Shakli o‘zgargan
yerosti novdalar
Tikan
Ildizpoya
Gajak
Tugunak
Gul
Piyozbosh
XULOSA CHIQARAMIZ
•
Novda o‘simliklarning yerusti organi bo‘lib, poya, barg va kurtaklardan iborat. Novdaning
har bir qismi funksional jihatdan bir-biri bilan bog‘langan.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Dostları ilə paylaş: