I bob. Tojikistonning ichki hayoti,qishloq sanoati va tarixi



Yüklə 223,19 Kb.
səhifə1/9
tarix21.12.2023
ölçüsü223,19 Kb.
#187825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
abdulazizz


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI


TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV fakulteti


“Osiyo xalqlari tarixi” FANIDAN
kurs ishI

Mavzu: 1945-2022-yillarda Markaziy Osiyo (Tojikiston)


Bajardi: “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabasi Sultonov Abdulaziz


Ilmiy rahbar: Mengliboyev Akmal


Annotatsiya: Ushbu kurs ishi 1945-2022-yillarda Markaziy Osiyo (Tojikiston) hayoti, tarixi hamda aholisi,maorifi, rivojlanish bosqichlari, musiqasi hamda me’morchiligi haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi.


Denov-2022


M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………..…………..3-4

I bob. Tojikistonning ichki hayoti,qishloq sanoati va tarixi ………....


    1. Tojikiston aholisi tarkibi hamda tarixi……………..…..….…5-9

    2. Qishloq xo’jaligi ichki hayoti va adabiyoti,kino san’ati…10-17

II bob. Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari………….....…………….....…………….....………
2.1. Tojikiston Respublikasining geografik o`rni, chegaralar.…18-24
2.2.Tabiiy sharoiti resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari……………………………………………….................25-33
XULOSA………………………………………………..………....34-35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………..….36-37

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy mintaqa. Maydoni 6 mln. km². Shimoliy -sharqiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan va boshqalar. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya OltoyiXangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor1.

Yüklə 223,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin