I bob. Qadriyatlar


II BOB. O’ZBEKISTONNING MA’DANIY VA MA’NAVIY MEROSI, URF-ODAT VA AN’ANALARI- MILLIY QADRIYATLARDIR



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə5/7
tarix27.01.2023
ölçüsü150,5 Kb.
#81246
1   2   3   4   5   6   7
UMUM MILLIY VA UMUM INSONIY QADRIYATLAR KOMPETENSIYASI MAVZUSINI TASHKIL ETISHGA OID INNOVATSIYALAR.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Vatan
II BOB. O’ZBEKISTONNING MA’DANIY VA MA’NAVIY MEROSI, URF-ODAT VA AN’ANALARI- MILLIY QADRIYATLARDIR.
2.1. Milliy qardiyatlar o’zligimiz timsoli.
Yosh avlodning tarbiyasi fahriy va oliyjanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni zamonda u g’oyat darajada murakkab va ma’suliyatlidir. Bu sharafli vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avvalo o’z ishining shaydosi, tashabbuskori, ta’lim–tarbiya ishiga ihloskor bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilik kasbini shunchaki kasb qilib olmasdan astoydil sevib bu kasbda ishlash lozim bo’ladi. Buning uchun qanday ma’lumotga, qanday eruditsiyaga ega bo’lishiga qaramay, u o’z saviyasini, pedagogik san’atini rivojlantirish uchun tinmay izlanishda bo’lmog’i lozim.
Avlod-ajdodlarimiz o’zlarining bir necha ming yillik hayot tajribalari va tarihiy ko’zatishlaridan kelib chiqib, o’g’rilik, bosqinchilik, qalloblik, tovlamachilik, firibgarlik, ko’zbuyamachilik, hiyonatkorlik, poraho’rlik va boshqa nopok yo’llar bilan boylik orttirishni keskin qoralaganlar. Bolalarni tejamkorlik, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, mehnatsevar, rostgo’y, insofli, sabr-qanoatli bo’lish ruhida tarbiyalaganlar.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov ilm-fanning barcha sohalarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan mo’tabar ma’naviy ne’matlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq qilib, O’zbek halqining bugungi avlodiga etkazib berishga da’vat etib kelmoqda. Jumladan: «Mubolag’asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go’zal binosiga bundan ko’p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamondan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini fahrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida O’zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o’rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli hizmat qilib kelmoqda.
Uzoq o’tmishdayoq o’zbek halqining ilg’or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin hazinasini tashkil etadi. Bilimlar hazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoga mashhur».
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida milliy ahloq-odobni qayta tiklash, urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga quyish, qadriyatlarni yanada rivojlantirish borasida juda keskin va buyuk burilishlar bo’lgani barchaga ayondir. Shunga ko’ra, yosh avlodni milliy qadriyatlar, o’zlikni anglaydigan, buyuk tarihimiz bilan haqli ravishda fahrlana oladigan ruhda tarbiyalash, ajdodlarimiz merosi aks ettirilgan, mustaqillik ruhi singdirilgan darslik va qo’llanmalar yaratilmog’i zarur.
O’quvchichilarni milliy merosimiz sarchashmalaridan bahramand etihda boyitishga yo’naltirilgan o’quv materiallari tizimini vujudga keltirishda o’zbek halqining tarihiy tajribasidan samarali foydalanish katta ahamiyatga egadir. Chunki, ezgulik, sahovat, ulug’vorlik, halollik, poklik singari ijobiy fazilatlar ta’lim-tarbiyada, jamiyat a’zolari o’rtasida ijtimoiy-kasbiy, ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Shuning uchun ham odob-ahloq haqidagi pandu nasihatlar, o’git, maqol va matallarda o’zbekona ma’naviyat, qadriyatlarga qadim zamonlardan boshlab alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi, Imom Ismoil al Buhoriy, Rizouddin ibn Fahriddin, Kaykovus, Mahmud Qoshg’ariy, Ali ibn Abu Bakr Marg’iloniy, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy va boshqa mutafakkirlar, mashhur shoir va olimlarning asarlarida bayon qilingan iqtisodga oid qarashlar bunga misol bo’la oladi. Chunonchi, Imom Ismoil al Buhoriyning «Al-jomi’ as-sahih» (Ishonarli tO’plam) asari o’quvchilarda ahloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirishda ma’naviy-ahloqiy asoslarni tarkib toptirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki hadislarda ilgari surilgan fikrlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yuqotgani yo’q. Hadislarda insoniy hislatlardan ezgulik, sabr-qanoat, shukronalik kabilar ulug’lansa, isrofgarchilik, ta’magirlik, ochko’zlik, bahillik, johillik kabi illatlar qoralanadi. Hadislarda halq tajribasida sinalgan ezgu g’oyalar kuchaytiriladi, ular nasihat va talab shaklida halqqa etkaziladi, halq g’oyalariga zid odatlar esa majoziy jihatdan bo’rttiriladi, yomon oqibatlardan ogoh etiladi. Bunday hollarda mubolag’ali usul orqali hadislarning tarbiyaviy ta’siri kuchaytiriladi. Asardan keltirilgan quyidagi parchalar fikrimizning dalilidir: Mulkdor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallom: «Hech kim o’z qo’li bilan topgan rizqdan ko’ra lazzatliroq taom emagan. Ollohning payg’ambari Dovud alayhissalom ham o’z qo’llarining mehnati birlan tirikchilik qilganlar». Bu erda mehnatsevarlik, halollik ulug’lanib, insonning o’z mehnati evaziga topilgan rizqining naqadar lazzatli ekanligi ta’kidlanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan sahiylik, oliyjanoblik, ezgulik holis niyatda amalga oshirilmog’i zarur ekanligi quyidagi hadisda ta’kidlanadi: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biror narsa sotishda yoki harid qilishda yohud biror hukm chiqarishda oliyjanoblik ko’rsatgan odamni Olloh taolo o’z rahmatiga olur». Navbatdagi nasihatda ta’magirlik, ochko’zlik bilan mol-dunyo to’plash sahiylikka zid bo’lib, u minnat evaziga, g’arazli maqsadda qilinishi, Olloh taolo nochorlarning qarzidan kechgan sahiy, fe’li keng odamlarning gunohidan o’tishi haqida quyidagilar ta’kidlanadi: Hufayza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulloh sallollohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir odam vaqti-soati etib dunyodan O’tdi shunda unga: «Hayotlik vaqtingda qanday hayrli ish qilgansan?»-deyildi. U: «Odamlar bilan savdo-sotiq qilar edim. Shunda qarzini uzishga qurbi etadigan, (ammo vaqtincha uzolmay turgan) kishiga muhlat berar, nochorlarning qarzini kechib yuborar edim»,-deydi. Shul bois, Olloh taolo uning gunohlaridan o’tdi».
«Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir tojir (savdogar) odamlarga qarz berardi. Agar nochor odamlarga qarz bersa, qo’l ostidagilarga: «Uning qarzidan o’tib qo’ya qolinglar, shoyad Olloh taolo ham bizning gunohlarimizdan o’tsa!»,-derdi. Shunga binoan uning hizmatchilari nochorlarning qarzini kechib yuborardilar. Shuning uchun Alloh taolo u dunyoda o’sha savdogarning gunohidan o’tdi».
Agar inson o’zini yolg’on gapirish, ikki yuzlamachilik, ochko’zlikdan saqlasa, shaxs va jamiyatning ijtimoiy-kasbiy, ma’naviy takomillashuviga ijobiy ta’sir etadi. Hadislarda birovning haqiga hiyonat qilmaslik, halollik, to’g’riso’zlik savdoda baraka keltirishi, ochko’zlik, bir-biriga g’irromlik qilish uning barakasini o’chirishi haqida quyidagi fikrlar berilgan:
«Al-Ado ibn Holid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiiy sallollohu alayhi vasallam: Agar sotuvchi o’z molining aybini yashirmasa hamda oluvchi ham pul berishda g’irromlik qilmasa, (bunday) savdoda baraka bo’lur. Agar har ikkala tomon ham bir-biriga g’irromlik qilsa, bunday savdoda baraka bo’lmas!».
Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, har ikkala tomon bir-birini aldasa, g’irromlik qilsa, bu savdo halol savdo hisoblanmaydi. Savdo-sotiq ishi halollikni yoqtiradi, shuning uchun sotuvchi ham, haridor ham rost gapirishi shart. Uqba ibn Omir raziyallohu anhu: «Kishi o’z molining aybini yashirgan holda savdo qilishi halol ermas»,-deydilar.
Sharq durdonalari orasida yana bir noyob dur borki, uning nomi butun jahonga ma’lum va mashhurdir. O’zbek mumtoz adabiyotining XV asr oxiri, XXVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron halqlari tarihi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir. Bu asar mazmunining rang-barangligi, vatanparvarlikka oid ko’plab qimmatli fikrlarni o’z ichiga olganligi, til va uslubining go’zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarining diqqatini o’ziga tortgan va uning turli qulyozma nushalari izlana boshlagan va g’arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.
Ajdodlarimizning adabiyot va ilm-fan sohalarida yaratgan boy merosi uzoq asrlar davomida dunyo bo’ylab tarqalib kelgan. Hozirda bunday qo’lyozma merosning ko’pgina nodir va yagona nushalari Evropa va Osiyoning sharqshunoslik markazlarida avaylab saqlanmoqda. Bularni ilmga olib kirish masalasi ham kun tartibida turibdi.
Ma’lumki, musulmon sharqida paydo bo’lgan ijtimoiy-gumanitar bilimlarning aksariyat qismi Qur’oni karim zaminida yohud uning ta’sirida paydo bo’lgan. Odatda, qo’lyozma asarlar mavzu jihatdan tahlil qilinganda, ushbu ulug’ kitob uning asosini tashkil qiluvchi birinchi manba ekanligi har doim e’tirof etiladi.
Shuning uchun o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini tarkib toptirishda bu ulug’ kitobga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki imon-e’tiqodi mustahkam bo’lmagan inson haqiqiy do’st bo’lmaydi.
Asriy orzusi mustaqillikka erishgan xalqimiz uni mustahkamlash yo`lida yakdil va jo`shqin faoliyat olib bormoqda. Istiqlol mamlakatimiz iqtisodiy va ma’naviy takomilligining barcha sohalari rivojiga samarali ta’sir ko`rsatdi. Shu bilan birga adabiyot va adiblar oldiga ulkan ma’suliyatli vazifalarni qo`ydi. O`sib kelayotgan yosh avlod elim, yurtim deb yashashi, vatanimizninng gullab-yashnashi buyuk kelajakka ishonch ruhida tarbiyalanishi ko`p jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonining bog`liq. Albatta, bu vazifani amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida qabul qilingan Davlat ta’lim standartlari talablariga ko`ra ta’lim tizimi, mazmuni va boshqaruvini milliy an’analar, tarixiy, ma’naviy qadriyatlariga mos tarzda tanlash va tashkil etish zarurati qo`yildi.
Vatan (arabcha «vatan» — ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug`ilib o`sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati5.
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.

Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin