I bob. Oltingugurt va uning xossalari oltingugurt haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 90,82 Kb.
səhifə7/10
tarix12.12.2022
ölçüsü90,82 Kb.
#74109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oltingugurt va ularning xossalari

Oltingugurt (IV) oksidi



Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi. Oltingugurt dioksid kuchli qo'zg'atuvchi gaz bo'lib, hattoki katta miqdorda suyultirilganda ham hidi va ta’mini sezish mumkin, shu bilan birga qo’zg'atuvchi ta’siri yuqori konsentratsiyalarda alohida, o 'ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Oltingugurt dioksidining nafas olish organlariga ta’siri suv bug'lari (tuman) va tutun ishtirokida kuchayadi. Chunki gaz holatidagi oltingugurt (IV) oksidi og'iz va burun bo'shlig'ida erib, ichki nafas olish organlariga aerosol shaklida ta’sir etadi. U yerda sulfat kislotaga aylanadi. Ma’lumki atmosferani oltingugurt (IV) oksidi bilan ifloslanishi, ayniqsa davomli tuman bo'lib turganda, yuqori nafas yo'llarida kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'ladi, hattoki o'lim holatlarini sezilarli ortishiga olib kelishi mumkin. Birgina London misoli shuni ko'rsatadiki, uylarni isitish tizimini ishini yaxshilanishi hisobiga tutun chiqindilarining kamayishi, yuqori nafas yo'llari kasalliklarini sezilarli kamayishiga olib keldi. Oltingugurt (IV) oksidi inson organizmidan tashqari o'simliklarga ta’sir qiladi. Uning, oltingugurt (IV) oksidining uncha katta bo'lmagan konsentratsiyasi bir necha soat ichida o‘simlik barglariga ziyon keltirishi mumkin. Oltingugurt (IV) oksidi archasimon (ignali) daraxtlardan tashqari, dukkakli, donli mahsulotlar, shu jumladan, arpaga ham salbiy ta’sir qiladi. Atmosferada oltingugurt dioksidini mavjudligi temirning korroziyalanishini tezlashtiradi, undan ohak va beton kabi kislota ta’siriga sezgir qurilish materiallari tezishdan hiqadi. Shu bilan bir qatordat tutun gazlarida oltingugurtning mavjudligi madaniy o‘simliklarga katta foyda keltiradi, degan fukr ham mavjud.


Oltingugurt o‘simliklar uchun ularning tarkibig kiruvchi bebaho element
hisoblanadi. Bunga ba’zi bir, aminokislotalar, xantalli yog‘lar, tiamin va boshqa hayot uchun zarur moddalar misol bo‘ladi. Har galgi hosilni yig'ib olingandan keyin har bir gektar tuproq 60 - 100 kg S03 dan mahrum bo‘ladi, yanada katta yo'qotish tuproqni yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi. Darhaqiqat, qo‘llanilayotgan superfosfat, sulfat ham money va azot saqlovchi kaliyli tuzlar bunday yo’qotishlarni to ‘liq bo‘lmasa-da, to‘ldirishi mumkin. Tajriba natijalari shuni, isbot qiladiki, o‘simliklar tanasiga havodan yutib olingan oltingugurt (IV) oksidi singib va oltingugurt saqlovchi aminokislatalar yoki xantalli moylar singari ularning doimiy tarkibiy qismiga aylanib ketadi.
SO– rangsiz, o’ziga xos o’tkir hidga ega bo’lgan gaz modda. U –10оC da kondensatsiyalanadi, bunda rangsiz suyuqlik hosil bo’ladi.

SO– ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi:
qaytaruvchi 
oksidlovchi 
disproportsiyalanish 
Olinishi. Oltingugurtni kislorodda yonishida va sulfitlarga kuchli kislotalar ta’siridan hosil bo’ladi:

Texnikada havo ishtirokida oltingugurtli rudalarni yoqib olinadi:
FеS2, ZnS, PbS, Cu2S
FeS+ 11O= 2Fe2O+ 8SO2
SO– organik bo’yoqlarni rangsizlantirish uchun ishlatiladi. Medisinada dezinfektsiyalovchi modda sifatida, sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
Н2SOerkin holda mavjud emas, suyultirilgan eritmalarda mavjud.
Н2SOH2O + SO2
H2SO H+ + HSO3 - NaHSO3 -gidrosulfitlar
HSO3-  H+ + SO3 2- Na2SO3 sulfatlar
H2SOva uning tuzlari ham oksidlovchilik, ham qaytaruvchilik xossasiga ega.
H2SO3 + J2 + H2O = H2SO4 + 2HJ
3H2SO3 + H2Cr2O= 4H2O + Cr2(SO4)3
4FeCl2 + H2SO3 + 4HCl = FeCl3 + 3H2O + S
2Zn + H2SO3 + 4HCl = 2ZnCl2 + 3H2O + S
2H2S + H2SO3 + 4HCl = 3S + 3H2O
Ishqoriy metallar sulfitlaridan boshqa sulfitlar suvda erimaydi. Sulfitlar gidrolizga uchraydi:
Na2SO3 + HOH ↔ NaHSO3 + NaOH
Sulfitlarga kuchli kislotalar ta’sirida SO2 hosil bo’ladi:
Na2SO3 + H2SO4 ↔ Na2SO4 + H2O + SO2­
Kislotalar ta’siridan nordon tuzlar olinadi:
CaSO3 + H2SO3 ↔ Ca(HSO3)2
Sulfitlar juda oson kompleks birikmalar hosil qiladi: [Me(SO3)2]; Na6[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)2]; Na5[Me(SO3)4].
Sulfitlar ishqorlarga SO2 ta’sir ettirish orqali:
NaOH + SO2 = NaHSO3
NaHSO3 + NaOH = Na2SO3 + H2O
Ular karbonatlarga SO2 gazini ta’sir ettirish orqali ham olinishi mumkin:
Na2CO3 + SO= Na2SO+ CO2­
Almashinish reaksiyasi orqali:
Na2SO3 + CdCl2 = 2NaCl + CdSO3
Oltingugurt (IV) oksidi miqdorini aniqlash muhim va ochiq yerlarda havoni tahlil qilishning tez-tez amalga oshiriladigan bosqichlaridan hisoblanadi. Qo'yilgan maqsadga bog‘liq ravishda tanlanadigan bir qancha aniqlash usullari mavjud.
Oltingugurt (IV) oksidini yodometrik-kolorimetrik aniqlash. Avvaldan yodometrik usul sulfat kislota ishlab chiqarishda katta konsentratsiyadagi SO ni aniqlash uchun qo‘llanib kelinadi, shu bilan birga bu usulni atmosferadagi kam konsentratsiyali SO2 ni aniqlash uchun ham qo‘llash mumkin. O‘lchashni joyida olib borish ushbu usulning yutug‘Ii hisoblansa, katta miqdordagi NO2 ga sezgirligi asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Bu usul 0,0001 g yod eritmasini SO2 ishtirokida kraxmal indicator bilan rangsizlanish darajasini aniqlashga asoslangan bo'lib, solishtiruvchi eritma sifatida SO2 saqlanmagan havo o'tkazilgan eritma olinadi. Toza havoning yuborilishi ko‘k rangni yorqin siyoh rangga o’tishiga olib keladi.
Ishlash tartibi. Havo namunasi 0,5—2 daqiqa tezlik bilan aspirator yordamida g‘ovak plastinkali 25 ml 0,0001 g yod eritmasi va 25 ml kraxmal eritmasi to‘ldirilgan yuvuvchi shisha idish orqali (1/da 4g kraxmal eritilgan) o'tkaziladi. So‘ngra SO2 saqlamagan havo xuddi shunday aralashma bilan to'ldirilgan ikkinchi shisha idish orqali o‘tkaziladi. Havoni o‘tkazgandan so‘ng ikkala suyuqlik teng hajmda, 100 ml lik ikkita silindrga quyiladi va o'lchash ishlari olib boriladi. Solishtirish eritmasi solingan silindrdan shuncha suyuqlik o'tkazilinadi, qaysiki ikkala silindrda ham bo‘yalish jadalligi bir xil bo'lsin. Namunadagi SO2 ni miqdorini quyidagi formula bilan hisoblanadi:
X=V (1—V,/V2)-3,2.
Bunda V — 0,0001 g li yod eritmasining hajmi, ml;
V — solishtirish eritmasi, hajmi ml;
V2 —ishchi eritma hajmi, ml.
SO ni yod-kraxmalli eritmasining rangsizlanishi avtomatik kolorimetrik usulga asoslangan.
Oltingugurt (IV) oksidini polyarografik aniqlash usuli.
Ushbu usulning kolorimetrik usulga qaraganda sezgirligi kam bo'lib, katta diapazonda o'lchashni ta’minlaydi va katta miqdorda NO2 ishtirok etsa ham qo'llanilsa bo'ladi.
Kam konsentratsiyadagi SO 2 ni aniqlash uchun kamida 3 ml havo namunasi talab etiladi.
Havo namunasi 30 – daqiqa tezlik bilan 30 daqiqa davomida yuvuvchi shisha idish orqali yuboriladi. Shisha idishga 100 ml yuttiruvchi eritma quyiladi, sezgirlikni oshirish zarur bo'lganda eritmani hajmi 50 ml gacha kamaytiriladi. Namuna o'tkazilgandan keyin olingan 5—10 ml eritma polyarografni elektrolizyoriga joylashtiriladi, 10 daqiqa davomida toza azot eritma orqali o'tkaziladi va bir vaqtda xuddi shunday hajmda atsetat buffer eritmasi o'tkaziladi. Ushbu ikki eritma havosiz aralashtiriladi va aralashma orqali 1,5 daqiqa davomida azot yuboriladi. So'ngra azotni yuborish to'xtatiladi va 0,35 dan 1,00 V gacha kuchlanish to'g'ri kelganda polyarograflanadi. Xuddi shunday holatda 3-30 mkg/ml miqdorda SO2 li sulfat eritmasi bo'yicha kolibrlangan (darajalangan) egri chiziq chiziladi. Aniqlash uchun quyidagi reaktivlar qo'llaniladi: Yuttiruvchi eritma: 0,05 g NaOH dagi 2 % li glitserin eritmasi. Bufer atsetat: 0,5 g natriy atsetati eritmasidagi (pH 3,85-3,95) 2,5 g li sirka kislotasi. Standart sulfat eritmasi: 1 yuttiruvchi eritmada 1,484 g metabisulfit Na2S, 0,5 yoki 1,625 g NaHSO3 eritiladi va titriyodometrik usulda aniqlanadi (1 ml da 1 mg SO2 bor). 

Yüklə 90,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin