I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Masala yechish uchun namunalar
1).a) Agar iRNK tarkibida 309 ta nukleotid bo’lsa,
1) Undan qancha aminokislota tutgan oqsil sintezlanadi? 2) Oqsilning massasi qancha Da bo’ladi?
3) Undagi peptid bog’lar soni nechta?
Izoh. Ma’lumki, oqsilning sintezlanish jarayoni transkripsiyalangan iRNK ning sitoplazmasida joylashgan ribosoma orqali o’tishi natijasida amalga oshadi. Shunga muvofiq, har qanday aminokislota 3 ta nukleotiddan tashkil topadi hamda o’rtacha massasi 120 Da deb qabul qilingan. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarni o’zaro bog’lab turadigan peptid bog’lar soni aminokislotalar sonidan bittaga kam bo’ladi. Ushbu oqsilni gidrolizlanishi (undagi peptid bog’larni uzish) uchun ham sarf bo’ladigan suv molekulalari peptid bog’lar soniga mos keladi. Yechimi'>Yechimi:
1) 1 aminokislota----------------3 nukleotid
x aminokislota----------------309 nukleotid x=103 aminokislota.
2) 1 aminokislota-----------------120 Da
103 aminokislota----------------x Da x= 12360 Da oqsil. 3) 103 -1= 102 ta peptid
b) Agar oqsil tarkibida 80 ta aminokislota qoldig’i bo’lsa,
1) ularni biriktirib turadigan peptid bog’lar soni; 2) oqsilning massasi; 3) oqsilning gidrolizlanishi uchun sarf bo’ladigan suv molekulalari soni; 4) iRNK va DNK ning tarkibidagi nukleotidlar soni;
5) ushbu oqsilni sintezlanish jarayonida ishtirok etgan iRNK lar soni qancha bo’lgan (iRNK ning tarkibida barcha terminator kodonlar bittadan kelgan deb hisoblansin)? 6)oqsilni sintezlagan genning uzunligini (nm)
Yechimi:
1) 80 aminokislotani 79 ta peptid bog’ biriktirib turadi.
2) 1aminokislota------------------120 Da
80 amino-----------------x x=9600 Da
3) 80 ta aminoni o’zaro bog’lagan peptid bog’larni uzish uchun 79 ta suv molekulasi sarf bo’ladi.
4) 1 aminokislota----------------3 nukleotid
80 aminokislota---------------x nukleotid x=240 nukl iRNKda.
Demak, DNK dagi nukl soni 240 juft (480 ta).
5) Ma’lumki, tRNK larning antikodon qismi 3 ta nukleotid saqlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, iRNK dagi 240 ta nukl ga 80 ta tRNK to’g’ri keladi (240/3=80 ta tRNK).
6) 1 juft nukl orasidagi masofa-----------------0,34 nm
240 juft nukl orasidagi masofa-----------------x nm x=81,6 nm DNK molekulasi.
2.Agar DNK ning tarkibida 126 ta nukleotid bo’lsa, sintezlash uchun zarur bo’ladigan polipeptid zarjirning massasi 2880 Da bo’lsa, shu gen ushbu polipeptid zanjirni hosil qilishga yetadimi?
Yechish :
Bu masala ikki tomonlama yechish orqali topiladi, ya’ni gen tomondan yondashish orqali ushbu DNKdan qancha massaga ega polipeptid zanjirni sintezlash mumkinligi hamda ikkinchi tomondan sintezlash uchun zarur polipeptidning massasiga ko’ra uni sintezlashga zarur bo’lgan DNKning tarkibida qancha nukleotid borligini aniqlash.
a) Agar DNK tarkibida 126 ta nukleotid bo’lsa, iRNK da undan ikki marta kam, ya’ni 63 ta nukleotid bo’ladi.
Shunga asosan: 1 aminokislota----------------120 Da
21 aminokislota--------------- x=2520 Da ega polipeptid zanjirning sintezlanishi yetarli bo’ladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin