I asosiy qism



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
  1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-


TUPROQLARNING ISSIQLIK XOSSALARI VA ISSIQLIK REJIMI.

Mundarija




KIRISH.




I.ASOSIY QISM.




I.1. Tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari.




I.2. Tuproqning issiqlik xossalari.




I.3. Tuproqning issiqlik rejimi.




I.4. Tuproqning radiasiya va issiqlik balansi.




I.5.Tuproqning issiqlik xossasini tuproq unumdorligiga ta’siri.




I.6. Issiqlik rejimini go’za rivojlanishiga ta’siri.




I.7. Mulchalashning issiqlik rejimiga ta’siri.




I.8. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari.




XULOSA.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.




ILOVALAR





KIRISH.
Tuproqning issiqlik xossasi uning unumdorligini ko’rsatuvchi omillardan bo’lib, o’simlik xayoti va tuproqda ketadigan butun biologik, ximiyaviy nurash jarayonlariga ta’sir kursatadi. Tog’ jinslarining nurashi, qattiq, suyuq, gazsimon xolatdagi moddalarning uzaro ximiyaviy va fizikaviy munosabati, tuproq va undagi tirik organizmlar o'rtasida suv va moddalar almashinuvi va xokazolar bevosita tirik omillar ta’sirida o'zgarib turadi.
Tuproqning termik omilini boshqa fizikaviy omillar bilan almashtirib bo’lmaydi. oddiy bir misol: Siz ko’z oldingizga sovuq tuproqni keltiring. Bunda xavoning xarorati deylik 4-5 S atrofida bir necha kun saqlanib tursin. Siz shu vaqt ichida biror o’simlik urug’ini tuproqqa ekib, uni unib chiqishini kuzatib turing. Bu xolda siz o’simlik urugi juda uzoq vaqtda xam unib chiqmaganligini shoxidi bulasiz. Demak, tuproqdagi biologik xayotning shiddatli ketishi faqatgina optimal namlik, xavo va oziq moddalar mikdoriga bog’liq bo’libgina kolmasdan, balki uning issiqlik xolatiga xam bog’liqdir.
Tuproq termik rejimining asosiy manbai quyosh energiyasidir. Tuproqda ketadigan bioximik jarayonlar, oksidlanish-kaytarilish jarayonidagi xamda tuproqning qo’llanishidan ajralib chiqadigan issiqliklar termik rejimining manbalari xisoblanadi.
Issiqlikning asosiy manbai bo’lgan quyosh yer yuzasining xar bir sm kv yuzasiga bir minutda o’rta xisobda 1,946 kaloriya issiqlik beradi. Bu quyoshning uzgarmas issiqlik mikdori deyiladi. Yer yuzasiga tushadigan energiya mikdori joyning geografik kengligiga karab, kutbdan ekvatorga tomon juda turlicha buladi.
Tuproq quyosh energiyasining xammasini xam yutavermaydi. Bu energiyaning bir kismi yer yuzasiga yutilmasdan, atmosferaga kaytadi.
Temperaturaning yer yuzida va uning qatlamlarida uzgarib turishi joyning geografik kengligiga xamda yil fasllariga karab, uzgarib turadi. Temperaturaning doimiy uzgarib turishi tuproqda mavjud suv va ozik elementlarining xarakatlanishiga (ya’ni, qatlamlararo siljishiga) sabab buladi. Aniqrog’i, tuproq qatlamlaridagi temperatura gradienti tuproq suvininng shakllarini vujudga keltirishda va ularni xarakatlantirishda muxim omil xisoblanadi. Oddiy bir misol: iyul oyida saxro zonasining qum tuproqlari 80-85 S isiydi. Bunda albatta, mavjud suv shakllari atmosferaga parlanadi. Kechkurun quyosh ufkka utishi bilan siz ma’lum maydondagi qum tuproq yuzasining polietilen qog’ozi bilan berkiting va ertalabgacha qoldiring. Ertalab polietilen qog’ozda to’plangan bir qancha suv tomchilarini ko’rasiz. Xo’sh, bu suv tomchilari kanday paydo bo’ladi? buni tushuntirish uchun albatta biz shu tuproqlarning issiqlik rejimiga murojaat qilishimiz kerak, ya’ni tuproq yuzasi kunduzi isiydi, isssiqlikning ma’lum kismini u kuyi qatlamlarga utkazadi. Kechasi esa bu xodisani aksi kuzatiladi, ya’ni issiqlik pastki qatlamlardan yuqoridagi qatlamlarga qayta boshlaydi. Bunda tuproqda mavjud bulgan suv shakllari par xolatida yuqoriga tomon (diffuziya) siljiydi. Yuqoridagi qatlamda temperaturaning pastligi xamda to’plangan parlar konsentratsiyasining oshishi natijasida erkin suv tomchilari paydo bo’ladi. tuproqning termik xossalarini yaxshilashda quyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish lozim: tuproq yuzasi albedoni kamaytirish maqsadida tuproq yuzasiga ko’mir kukunlarini sepish,Yu issiqlikni uziga ko’p yutadigan boshqa turdagi maxsus materiallardan (torf, gung va boshkalar) foydalanish, yerning ustki qatlamida notekis yuza xosil qilish: yerlarni chuqur va sifatli shudgor kilish. Bu agrotezxnik tadbirlarni xar bir tuproq – iqlim sharoitining xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda amalga oshirish yaxshi natija beradi. Tuproq iqlimini optimal darajaga olib keladigan agrotexnik tadbirlardan biri mulchalashdir. Bu tuproqning ustki qismini xar xil materiallar bilan qoplashdan iborat.
Mulchalashda tuproqning ustki va pastki qatlamlari orasida mavjud bulgan issiqlik, suv va moddalar almashinuvi keskin uzgaradi. Mulcha sifatida o’simlik koldiklaridan, maydalangan torf, xar xil kompastlar, qumir kukuni, shagal va boshkalardan foydalanish mumkin. keyingi 10-15 yil ichida mulcha uchun ishlatiladigan materiallar katoriga polietilen va poliamid kabi polimer plenkalar xam kushildi. Ulardan qishloq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Tuproq temperaturasi issiqlik rejimining asosiy ko’rsatkichi xisoblanadi. Shuning uchun issiqlik rejimi kupincha tuproq temperaturasi xam deyiladi. Quyosh energiyasi tuproq yuzasini sutka mobaynida va yilining ayrim fasllarida bir xil kizdirmaydi. Binobarin, tuproq temperaturasi sutka davomida va mavsumga karab xar xil bo’ladi. tuproq temperaturasining maksimal miqdori kunduzi 13-14 soatlarga to’g’ri keladi, quyosh chiqishi paytida esa tuproq temperaturasi minemal darajada bo’ladi. Temperaturaning sutkalik o’zgarib turishi asosan tuproqning ustki 10-5 sm qatlamida sodir bo’ladi. 40-50 sm va undan chuqurroq gorizontallarda deyarli xech qanday uzgarish bo’lmaydi.


Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin