Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə3/18
tarix12.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#112584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi

Fermentlar - oqsil tabiatiga ega bo`lib, hujayradagi ximiyaviy protsesslarni tezlashtiradi. Fermentlar faqat ma’lum reaksiyalarni katalizatsiya qiladi. Quyidagi ferment gruppalarnni ajratnsh mumkin:
- gidrolazalar - molekulalararo bog`larni suvni biriktirish yo`li bilan parchalaydi. Gidrolazalarga peptidaza, fosfotaza, esteraza va boshqalar kiradi;
- transferazalar - atomlarni yoki atom to`plamlarini va radikallarni bir molekuladan ikkinchisiga o`tkazuvchi katalizatorlar;
- oksidoreduktazalar - oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalarini tezlashtiruvchi fermentlar. Bularga degidrogenazalar, flavin fermentlar, elektron o`tkazuvchi zanjirdagi fermentlar va boshqalar kiradi;
- izomerazalar - har xil izomer o`zgarishlarda ishtirok etuvchi fermentlar.
- sintetazalar - ATF va boshqa makroergik bog`larning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan energiya yordamida kechadigan sintetik reaktsiyalarni katalizatsiya qiladi.
- liazalar - nogidrolitik yo`l bilan substratdan u yoki bu gruppani ajratuvchi fermentlar.
Yog`lar - neytral yog`lar va yog`simon modda - lipoidlardan tashkil topgan. Neytral yog`lar hujayra sitoplazmasida tomchilar shaklida bo`lib, oziq modda rolini o`ynaydi. Lipoidlarga fosfatidlar gruppasiga kiruvchi - letsitin, kefalin va boshqalar misol bo`la oladi. Keng tarqalgan lipoidlar steroidlardir. Xolesterin, vitamin D va E, jinsiy gormonlar, buyrak usti bezi gormonlari va boshqalar biologik aktiv birikmalar sanaladi.
Karbonsuvlar (uglevodlar). Hujayrada bu birikmalar asosan energiya manbai sifatida ishlatiladi. Oddiy va murakkab karbonsuvlar farqlanadi. Oddiy karbonsuvlar monosaxaridlar - riboza, dezoksiriboza. Glyukoza asosiy energiya manbai bo`lib, uning oksidlanishi natijasida hosil bo`lgan energiya hujayradagi sintetik jarayonlarda ishlatiladi. Murakkab karbonsuvlar - polisaxaridlar bir necha monosaxaridlardan hosil bo`ladi. Keng tarqalgan murakkab karbonsuv glikogen deb ataladi. Glikogen sitoplazmada zapas energetik modda hisoblanadi.
Murakkab karbonsuvlar gruppasiga kiruvchi glikozaminoglikanlar biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini, organizmdagi bezlar sekretining asosiy qismini tashkil qiladi. Glikozaminoglikanlarga geparin, gialuron kislota va xondriotin sulfat kislota kiradi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin