Hozirgi kunda yuqori darajadagi dasturlash tillari C++, Delphi, Java, Pascal



Yüklə 448,85 Kb.
səhifə2/7
tarix29.12.2021
ölçüsü448,85 Kb.
#48660
1   2   3   4   5   6   7
dasturlash tillari C

C++ Builder dasturlash tili. Xozirgi vaqtga kelib komp'yuter olamida ko’plab dasturlash tillari mavjud. Paskal, C++, Delphi va boshqa dasturlash tillaridir. C++ dasturlash tili universal tildir. U UNIX sistemasi bilan bog'langan bo'lib, bu sistemada ishlatiladigan bir qancha dasturlar C++ tilida yozilgan. C++ Denis Ritchi tomonidan 1972 yili UNIX tipidagi operasion sistemalarini yaratish uchun loyihalashtirilgan. Borland C++ dasturlash tili Windows uchun mo’ljallangan bo’lib, uning birinchi versiyasi Windows operatsion sistema qobig’ida ishlagan. Borland C++ dasturlash tili - bu dasturlarni qayta ishlash muxiti bo’lib, Windows operatsion sistemasida ishlaydi. Unda ob'ektli dasturlash tillari bo’lgan Object mujassamlashgan. Borland C++ dassturlash tili turli xolat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashda vaqtdan yutish va boshqalarni o’z ichiga oladi.


Dastur yaratish muhiti

Dastur yaratish umumlashgan muhiti Redaktor form - Shakllar muharriri, Inspektor ob’ektov - Ob’ektlar inspektori, Palitra komponentov - Komponentlar palitrasi, Administrator proekta - Proekt administratori va to’la umumlashgan Redaktor koda - Kodlar muharriri hamda kodlar va resurslar ustidan to’liq nazoratni ta’minlaydigan , dastur ilovalarini tezkor yaratadigan Otladchik - instrumentov - Sozlash- instrumentlari kabilarni birlashtiradi.








Komponentlar

Komponentalarni shaklga o’rnatish uchun komponentlar palitrasidagi kerakli piktogramma tanlanadi, so’ngra shaklning komponenta joylanishi kerak bo’lgan joyi tanlanadi. Shundan so’ng komponentalar xossalarini ob’ektlar inspektori yordamida tahrirlash mumkin. Properties bandida komponentalar xossalarining ro’yxati (chapda) va bu xossalarning qiymatlar ro’yxati (o’nggda) joylashgan.

Komponentalar ko’rinadigan (vizual) va ko’rinmaydigan (vizual bo’lmagan) larga bo’linadi. Vizual komponentalar bajarilish paytida proektlash paytidagidek paydo bo’ladi. Bunga knopkalar va tahrirlanuvchi maydonlar misol bo’la oladi. Vizual bo’lmagan komponentalar proektlan vaqtida shakldagi piktogramma ko’rinishida paydo bo’ladi. Ular bajarilish paytida hech qachon ko’rinmaydi, ammo ma’lum funksionallikga ega bo’ladi (masalan, berilganlarga murojatni ta’minlaydi, Windowsning standart muloqatlarini chaqiradi).

Xossalar

Xossalar komponentalaming tashqi ko’rinishi va tabiatini aniqlovchi atributlar hisoblanadi. Xossalar ustunidagi ko’p xossalar komponentalari oldindan o’rnatilgan (po umolchaniyu) qiymatlarga ega bo’ladi (masalan, knopkplar balandligi). Komponentalar xossalari xossalar varag’i (Properties) da aks ettiriladi. Ob’ektlar inspektori komponentalaming nashr etilgan (published) xossalarini aks ettiriladi. published-xossalardan tashqari komponentalar umumiy (public), faqat ilovalarning bajarilish paytidagina murojat qilish mumkin bo’lgan nashr qilingan xossalarga ega bo’ladi. Xossalar ro’yxati ob’ektlar inspektori xossalar varag’ida joylahadi. Xossalarni proektlash paytida aniqlash mumkin yoki ilovalarning bajarilish paytida ko’rinishini o’zgartirish uchun kod yozish mumkin. Komponenta xossalarini proektlash paytida aniqlash uchun shakldagi komponenta tanlanadi, ob’ektlar inspektori xossalari varag’i ochiladi, aniqlanadigan xossa tanlanadi va zurur bo’lsa xossalar muharriri yordamida o’zgartiriladi (bu kiritish uchun oddiy maydon yoki son, osilib tushuvchi ro’yxat, ochiluvchi ro’yxat, muloqat paneli va boshqalar bo’lishi mumkin).Biror komponentaning xossalarini dasturning bajarilish paytida o’zgartirish uchun «Imya Komponenta» -> «Nazvanie svoystva» tavsifiga o’zaruvchidek murojat qilish kerak, ya’ni qiymatlarni o’zimiz hohlagandek o’qishimiz yoki almashtirishimiz mumkin.

Xodisalar

Ob’ektlar inspektorining xodisalar varag’i (Events) komponentalar tomonidan taniladigan xodisalar ro’yxatini ko’rsatadi. Har bir komnonenta o’zining shaxsiy xodisalarni qayta ishlovchi naborga ega bo’ladi. C++ Builder da xodisalarni qayta ishlovchi funksiyalarni yozish va xodisalarni bu funksiya bilan bog’lashga to’g’ri keladi. Biror bir xodisaga qayta ishlovchi yozib, siz dasturga bu xodisa ro’y berganda yozilgan funksiyaning bajarilishini topshirasiz.

Xodisani qayta ishlovchini qo’shish uchun shaklda xodisani qayta ishlovchi komponenta tanlanadi. So’ngra xodisalar varag’ida ob’ektlar inspektori ochilib (Event bandi) xodisaning qatoridagi qiymatlar ustunida sichqonning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Bu bilan C++ Builder ni xodisalarni qayta ishlash prototipini generatsiya qilishga va uni kodlar muharririda ko’rinishiga majbur qiladi. Bu holda bo’sh funksiya nomi generatsiya qilinadi va muharrir kod kiritilishi zarur bo’lgan joyda ochiladi. Kursor buyruqlar qavslari ichiga joylashadi { ... }. So’ngra xodisa sodir bo’lganda bajarilishi kerak bo’lgan kod kiritiladi. Xodisalarni qayta ishlovchi funksiya nomidan keyin ko’rsatiladigan parametrlarga ega bo’lishi mumkin.

Quyida xodisalarni qayta ishlovchi protseduraning shunday bo’sh karkasi ko’rsatilgan:


Yüklə 448,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin