11
O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi
asosida yurituvchi barcha
davlat, tijorat banklari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif
setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razryadlarini belgilashlari zarur.
Tijorat banklarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy
setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo’lgan nolinchi razryadning
minimal ish haqisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan
belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning minimal
ish haqisiga va qonunchilik
bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy
fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami
aniqlanadi. Chunonchi, nolinchi razryadning minimal ish haqisi 49735 so’m va
(40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o’rtacha oylik fondi 169,2 soat bo’lgan
taqdirda soatlik tarif stavkasining o’lchami 293,94 so’m bo’ladi (49735 :169,2).
1-razryad stavkalarini mehnatga haq to’lash shakllari (ishbay xodimlar va
vaqtbay xodimlar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar)
bo’yicha tabaqalashtirib bank mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasini ishlab
chiqishi mumkin. Har bir bank moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish
ko’rsatkichlariga qarab o’zining tarif koeffitsientlarini ishlab chiqadi.
Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementi bo’lib, bajarilgan
ish, ko’rsatilgan xizmat yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o’lchamini
belgilovchi, mehnatni
normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o’z ichiga oladi.
Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, oy) birligida ishlab chiqarsa
bo’ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori
ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum
tashkiliy-
12
texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo’ladigan vaqtni (min., soat)
nazarda tutadi.
4
Tijorat banklarida mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil
belgilash huquqi berilgan.
Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga
ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish
sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga
bog’liq.
Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan
holda, sarflangan (xaqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog’liq.
Ishbay ish xaqi shakli xodimlarni, ilg’or tajribalardan
foydalangan holda,
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jixatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq
to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga
bo’linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofat, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay
tizim.
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos
qilib xodimning sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi.
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy
vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofat tizimi. Oddiy
vaqtbay tizimida ish haqi
bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofat tizimida oddiy
vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning
sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va
agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga
qarab mukofat
hisoblanadi.
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi
mehnatga haq to’lashlar yakka va umumiy bo’lishi mumkin. Ish jarayonida
kasblarni birga qo’shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog’liqlik
4
Jo’raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv xisobi. Darslik. -T.: 2007 y
13
zaruriyati bo’lsa, mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin.
Tijorat banklarida u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash faoliyat
xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash tizimiga, shuningdek xizmat
sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Ish haqini to’g’ri
hisoblash uchun barcha
hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (uchastka, bo’lim);
hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel nomeri va xodimning
razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; xizmat
ko’rsatish bo’yicha norma-soat miqdori hisobi bo’yicha aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: