8
1-Bob. Tijorat banklarida modernizatsiya qilish davrda mehnatga haq
to’lashning tizimlari va hisobinini tashkil ilish
1.1. Tijorat banklarida modernizatsiya qilish davrda mehnatga haq
to’lashning shakllari va tizimlari mazmuni
Bizning bugungi asosiy vazifamiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi chuqur
tus olgan bir sharoitda o’tgan 2009 yil yakunlarini tanqidiy baholash va shu asosda
2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim
ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, avvalo 2009–2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga
qarshi choralar dasuri samaradorligini xolisona
baholash muhim prinsipial
ahamiyat kasb etadi.
Nega deganda, 2010 yilda va undan keyingi yillarda ushbu dasurni amalga
oshirish jarayonida, zarurat tug’ilishiga qarab, unga tegishli o’zgartirishlar
kiritishda ana shu tahlil xulosalariga tayanishimiz mumkin bo’ladi.
O’tgan yil yakunlari haqida gapirganda, 2009 yil biz uchun haqiqatan ham
g’oyat qiyin bo’lganini aytib o’tirishga hojat yo’q, deb o’ylayman.
Shuni bugun katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz kerakki,
hukumatimiz
tomonidan 2009–2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi
dasurning inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda roli va ahamiyati katta
bo’ldi.
Dasur o’ziga qamrab olgan, o’z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo
mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda
o’zluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning
real sektori tarmoqlari va
korxonalarga yordam ko’rsatish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan
chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini berdi,
desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz
2
.
2
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz –vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada oshirishdir. “Xalq so’zi”
gazetasi, 2010 yil 30 yanvar’, 21-soni.
9
Tijorat banklarda mehnatga haq to’lash hisob kitobini hisobga olish va
qo’shimcha haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, tijorat
bankda mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan
uchta
elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq
to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan
mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, mehnat haqi hisoblash
tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.
Xodimlar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Tarif
setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning
ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
-bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan
haq miqdorini belgilovchi
tarif stavkasi;
-haq to’lashda ish va xodimlarning (malakasi) turli razryadlari orasidagi
munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
-tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish
va xodimning razryadi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razryadli xodimning tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat
malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsientiga, qarab
qolgan razryadlarning tarif stavkalari bu razryaddan ortiq bo’ladi. Tarif razryadi
har bir ishlab
chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun
ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda
tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish
to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi
tomonidan qabul qilinadigan kollektiv shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning
tarif stavkalari va okladlari
bankda xodimlarning malakasiga, kasbiga, ular
tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida
foydalanilishi mumkin.
10
O’zR Vazirlar maxkamasining 2000 yil 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan
mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo’lib, unda
mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlar va 0-razryadga nisbatan tarif
koeffitsientlari belgilangan. Tarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo’lib
0-razryadga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.
3
Quyida 2000 yili Vazirlar Maxkamasining 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan
qabul qilingan yagona tarif setkasi mavjud ( 1-jadvalga qarang).
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: