40
2012-yil kapital investitsiyalar tarkibi
5-diagramma
Manba: www.stat.uz
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 2012-yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlar
hissasi 4,7 trillion so‗mdan oshdi, bu resurslar umumiy hajmining 21,6 foizi
demakdir. Shundan 45,4% investitsiya kiritmalari sanoatni, 27,7 foizi transportni,
10,2 foizi esa aloqani rivojlantirishga yo‗naltirildi.
Respublikamizda investitsiyalar hajmini o‘sishi va ularni moliyalashtirish
manbalari tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasiga e‘tibor qaratsak, so‘ngi yillarda
mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi barqarorlashayotganiga guhox bo‘lamiz.
Quyidagi diagrammada investitsiyalar bo‘yicha rasmiy ma‘lumotlar iqtisodiy
faollik o‘sishining ijobiy tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizni isloh etish
va rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyaning izchil va aniq maqsadli amalga
oshirilayotgani natijasida, jahon iqtisodiyotida jiddiy muammolar mavjudligiga
qaramay, 2007-2012-yillarda YaIMning o‘sish sur‘ati 8-9.5% oralig‘ida saqlab
qolindi. YaIMda jami investitsiyalarning ulushi 2009-yilda katta ulushni tashkil
etgan va jami investitsiyalarda markazlashgan investitsiyalarning ulushi kamayish
tendensiyasiga ega. Bunday holat ijobiy baholanadi.
41
O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalar dinamikasi.
6-diagramma
Manba: “Bozor, Pul va Kredit” jurnali, 2013-yil, 11-son
Chunki davlat investitsiyalari ulushining kamayishi nodavlat tuzilmalar
faolligining ortishi, ya‘ni mamlakat aholisi va korxona mablag‘‘lari hamda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajminig oshishi bilan izohlash mumkin.
2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so‘mni yoki
AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu
2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko‘p degani. 2012-yilda esa bu
ko‘rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so‘mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga
teng bo‘lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o‘sgan.
|