Hayvonlarning zamonaviy tasnifi va filogenizi



Yüklə 271,15 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü271,15 Kb.
#116557
1   2   3
Sistematika

Fiziologik – organizm funksiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: oziqlanish tipi (avtotrof/geterotrof), nafas olish tipi (aerob/anaerob);
Ekologik – boshqa organizmlar va atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlarning o’ziga xos jihatlari. Masalan: parazitlarning xo’jayinlarga moslashishi, yoki ma’lum yashash muhitlari (suv, tuproq va boshqa)ga moslashish;
Biologik – yashash tarzining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: ko’payish yoki rijojlanish sikli;
Biokimyoviy – organizm kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi. Masalan: hujayra membranasi, sitoplazmatik membranalar yoki fotosintetik pigmentlarning takibi;
Genetik – organizm nasl apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: xromosomalarning soni va tuzilishi, nukleotidlar ketma-ketligi.
Takson uchun 3 ta xususiyat xos
Diagnoz
Daraja (rang)
Hajm
bir taksonni boshqa taksondan farqlovchi belgi-xususiyatlar yig’indisi
ya’ni-taksonlarning ierarxik qatordagi o’rni
taksonga kiruvchi kichik taksonlar soni
Takson yoki taksonimik birlik klassifikatsiyalash jarayonida aniqlangan va klassifikatsiyada tan olingan individlar guruhi
Monotipik takson-ma’lum darjadagi taksonga boshqa pastroq darajadagi taksonlardan faqat bittasi mansub bo‘lsa. Masalan, Syrphidae oilasidagi Ischyroptera avlodiga bitta Ischyroptera bibilosa Pokorny, 1887 turi mansub bo’lib, bu avlod monotipik takson hisoblanadi.
Politipik takson agar taksonga o’zidan bir darjaga pastdagi taksonlardan bir nechtasi mansub bo’lsa

Tur sistematikaning asosiy birligi sifatida


J. Rey (1693) turga quyidagicha ta’rif beradi: “Hayvonlarda jinsiy farqlar, turlar orasidagi farqlarni aniqlash uchun yetarli emas. Har ikki jins vakillari aynan o’sha tur vakilining, ko’pincha esa hatto bir juft ota-ona organizmlarning urug’idan hosil bo’ladi. Tur darajasida farqlanadigan organizmlar o’z turi tabiatini saqlaydi, bir tur vakillari hech qachon boshqa tur vakillari urug’idan tug’ilmaydi.”
K. Linney turlarni obyektiv ravishda mavjud bo’lgan, bir-biridan osongina ajralib turadigan va o’zgarmaydigan (yaratuvchi tomonidan bir marta va mukammal yaratilgan) tirik organizmlarning guruhlari deb hisoblagan.
J.B.Lamark bo’yicha “turlar tabiatda haqiqatdan mavjud”, ammo u, turlarning o’zgaruvchanligini mutlaqlashtirib, ularning realligini inkor etadi. Uning fikriga ko'ra, tabiatda doimiy taksonlar, jumladan, avlod va turlar mavjud emas. U barcha taksonomik kategoriyalarni, tabiatni tasvirlash uchun inson aqli yaratgan mahsulot sifatida ko'radi.
Darvin ikki tomonlama pozitsiyani egalladi. “Turlarning kelib chiqishi…” kitobida u turni «mutlaqo ta’sodifiy, qulaylik uchun, bir-biriga yaqin bo'lgan organizmlar guruhlarini belgilash uchun taklif qilingan” atama deb qaraydi.
A. Jordan (1814-1897) Linneyning «katta» turidan (linneon) farqli o’laroq, «kichik» yoki elementar tur (jordanon) tushunchasini kiritdi. O’zidan changlanuvchi Ecophilia verva avlodlarini klonlash orqali u, morfologik jihatdan aniq farqlanadigan xususiyatlarga ega bo'lgan 300 dan ortiq o'simlik oilalarini (guruhlarini) ajratdi.

Yüklə 271,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin