tavsiflanadigan harakatlar bajaruvchining ongli va irodaviy faoliyatiga
ta’sir etadi. Bu harakatlar bajaruvchi jinoiy niyatining qat’iylashuvini
mustahkamlash va yordamchining muayyan ishontirishlari yordamida
qasdning yanada aniqlashuviga ko‘maklashadi.
Intellektual yordamchilik quyidagilardan iborat:
– jinoyat sodir etilishiga maslahatlar va ko‘rsatmalar berish bilan
ko‘maklashish;
– jinoyatchini, jinoyat
sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud
jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga oldindan va’da
berish;
– jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga
oldindan va’da berish.
Agar, jinoyat sodir etish xohish-istagi oldindan mavjud bo‘lib,
maslahat va ko‘rsatmalar
ushbu istakni mustahkamlashga yo‘naltirilgan
taqdirda, yuqorida ta’kidlanganidek, dalolatchilik emas, yordamchilik
vositasi sifatida tan olinadi.
Ruhiy (aqliy) yordamchilikka jinoyat sodir etgan shaxsni
yoki jinoyat
hodisasi bilan faktik yaxlitlikni tashkil etuvchi boshqa element va
belgilarni yashirishga va’da berish hollari kiradi. Ularga, xususan, jinoyat
qurol va vositalari, jinoyat izlari va narsalari kiradi.
Jinoyat izlari
– jinoyat hodisasi haqida guvohlik
beruvchi mavjud
voqelikda aks etgan faktik, ko‘pincha, salbiy xarakterdagi ma’lumotlardir.
Ularga, jumladan, poyafzal izlari, olishuv izlari, barmoq va qo‘l izlari va
shu kabilar, biologik chiqindi va qoldiqlar (qon, suyuqlik, soch va hokazo),
murda kabilar kiradi.
Bajaruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan jinoyat
elementlarini jinoyatchi
bilan bir qatorda
yashirish va’dasini berayotib
, yordamchi shu orqali
bajaruvchida qilmishga nisbatan qat’iyatni mustahkamlaydi, uning qasdi
shakllanishiga ko‘maklashadi. Yordamchining ishontirishlari bajaruvchida
uni yashirish, u haqda xabar bermasliklari, unga to‘sqinlik qilmasliklari
umidiga asoslangan jinoyat sodir etish niyatini kuchaytiradi. Bunda
yordamchining o‘z va’dasining ustidan chiqishi
yoki chiqmasligining
308
ahamiyati yo‘q, chunki u sodir etilayotgan jinoyatda o‘zining vazifasini
ado etdi – qilmishga nisbatan bajaruvchining qat’iyatini mustahkamladi.
Agar mazkur shaxsni va jinoyatga oid boshqa elementlarni yashirish
haqida bajaruvchiga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, ular jinoyatda
ishtirokchilik sifatida emas, balki jinoyatga daxldorlik kabi baholanishi
shart.
(Jinoyatga daxldorlik haqida mazkur bobning 5-§ da to‘liqroq so‘z
yuritiladi.)
Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga
kiritilgan narsalarni
Dostları ilə paylaş: