miqdori) barcha jinoyatlarda
ayb shakliga ham, jinoyatni kvalifikatsiya
qilishga ham umuman ta’sir qilmaydi. Bu tartibda ayb shakli, jinoyatni
kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmasligi qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan
chegaradan chetga chiqmagan holda bo‘lishi mumkin.
Demak, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
natijasida mehnat
qobiliyatini 33% yo‘qotishda ham, 70 va 80% da ham aynan kvalifikatsiya
qilinadi. Qonun bilan ish ko‘ruvchi tomonidan kelib chiqqan oqibatning
og‘irlik darajasiga qarab jinoyatni kvalifikatsiya qilish lozim bo‘lsa, bu
holatda aybdor qasdi yo‘naltirilganligi asosida kvalifikatsiya qilinadi. Agar
yuzaga kelgan oqibat subyekt o‘ylagan oqibatdan yuqori bo‘lib ketsa
(masalan, shaxs tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lib harakat qilishi natijasida
o‘limning yuzaga kelishi), bu holda mazkur oqibat uchun
qasddan
yetkazganlik xususiyati javobgarlikni inkor etadi. Og‘irroq zarar uchun
ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganlikda jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato
sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning
voqealar rivojlanishi tufayli noto‘g‘ri tasavvur qilinishi hisoblanadi. Bu
turdagi xatoning jinoiy javobgarlik masalasiga ta’sir qilishi oqibat aybdor
qasdi bilan qamrab olinib, kelib chiqqan oqibat uning sodir etmoqchi
bo‘lgan harakatlari
natijasida emas, balki boshqa bir harakat natijasida
yuzaga keladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, qasd hamma
detallarni
emas, balki umumiy rivojlanish qoidalari asosidagi detallarni anglay oladi.
Sababiy bog‘lanishning umumiy rivojlanishiga nisbatan xato nazarda
tutilgan jinoiy oqibat kelib chiqsa, ayb shakli
va jinoyatning
kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Ayrim hollarda sababiy bog‘liqlik
rivojlanishining qoidalariga nisbatan xato qasdni inkor qiladi, ammo
subyekt kelib chiqqan oqibatni oldindan ko‘ra bilishi shart yoki mumkin
bo‘lgan hollarda ehtiyotsizlik orqasida
jinoiy javobgarlikka sabab
bo‘lishiga asos bo‘ladi. Masalan, avtomobilni boshqarayotgan tajribasiz
haydovchi burilishda to‘satdan qattiq tormoz berib, yo‘l chetidagi
shag‘alga sirg‘angan mashina birdan burilishi natijasida avtomashina
ichidagi yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatlari olishdi. Mazkur holatda
haydovchining zarur malakaga ega
emasligi, sababiy bog‘lanish
227
rivojlanishi bilan to‘liq qamrab olinmaganligi uchun shaxs yuz berishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan, o‘z
navbatida, haydovchi mazkur holatni oldindan ko‘ra
bilishi mumkin yoki
lozim edi. Boshqa hollarda sababiy bog‘lanishning rivojlanishi jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda ta’sir etishi mumkin. Bu ijtimoiy xavfli oqibat qasd
bilan qamrab olinadi, lekin u sodir etmoqchi bo‘lgan
harakat bilan emas,
balki boshqa bir harakat natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: