Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 21-moddasi 2-qismida
moddiy tarkibli jinoyatlarda qasdning 
tarkibi nazarda tutiladi: «ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan 
payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri 
yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin». Bunday ajratish 
qonunchilik tomonidan qasddan sodir etilgan jinoyatlarning irodaviy holati 
asosida quriladi. Qasdning aynan shu elementida qasdni turlarga bo‘luvchi 
muhim belgilari ko‘rinadi. Aybdorning turli xil ruhiy munosabati, istagi 
yoki ongli ravishda jinoyat sodir etishda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 
chiqishiga yo‘l qo‘yib berishi qasdning to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishiga 
sabab bo‘ladi. Shuning uchun istak va ongli ravishda yo‘l qo‘yib berish 
to‘g‘risidagi masala, jinoyat tarkibining elementi hisoblanuvchi 
oqibatlargina aybning shaklini ajratish uchun ahamiyatga ega. Qasdning 
bunday to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishi faqat moddiy tarkibli jinoyatlarga 
tegishli, ularning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofliligini jinoyat qonuni 
zarar yetkazish, ijtimoiy munosabatlarning destruktiv o‘zgarishi bilan 
bog‘laydi.
Qasdning turini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etgani uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi bir necha marotaba 
sudlarga jazo tayinlashda qasdning turini, uning yo‘nalishini, jinoyat motiv 
va maqsadining zaruriyligini hisobga olishlikni ko‘rsatib o‘tdi.
JK 21-moddasi 3-qismi
moddiy tarkibli jinoyatlarda to‘g‘ri qasdning 
mohiyati va xarakterli chiziqlarini ifodalaydi: «agar shaxs o‘z qilmishining 
ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan 
bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi». 
To‘g‘ri qasdning ushbu tarkibida to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan 
moddiy tarkibli jinoyatlarning mohiyatini ochib beruvchi va uni 
ifodalovchi intellektual va irodaviy holatlar ajratib ko‘rsatiladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin