Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date: 5
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
137 |
P a g e
HARAKATLAR STRATEGIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Xudayberganov Ma'ruf Olimkulovich
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani Termiz davlat
universitetining Tarix fakulteti talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada 2017-2021 yillarda o'tkazilgan Harakatlar straregiyasining maqsad
va vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Harakatlar strategiyasi,beshta ustuvor yo'nalishi,xorij tajribasi,dolzarb
muammolar,O‘zbekiston Respublikasi,davlat va jamiyat.
Prezident 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.O'zbekiston Prezidenti 7-
fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning
beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.Strategiya
loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni
kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy
tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon
qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.Harakatlar
strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil
nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni
nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
deb e'lon qilindi.2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish harakatlar
strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi (quyida — yanada batafsil)
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron
hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga
yo'naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash,
Dostları ilə paylaş: |