Guruh: tt-301-302 Talabalar soni
Mashg’ulotning borishi 1.Mavzuga kirish bosqichi 1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi o`tkaziladi 2.Texnologiya fani va uni rejalashtirishning mazmuni haqida talabalarning tayanch bilimlarini bilish uchun “Rejalashtirish nima uchun kerak?” savoliga “Klaster” metodi orqali talabalarning javoblarini tinglanadi. Rejalashtirish nima uchun kerak? 2.Asosiy bosqich Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja:
Rejalashtirishning maqsadi-o`quv jarayonini aniq tashkil etish, o`quvchilarni mehnat tayyorgarligi dastur talablariga mos kelishini ta’minlash, ta’lim-tarbiyada yaxshi natijalarga erishish, o`quvchilarni ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, zamonaviy bilimlar berish, pedagogik texnologiyalarni qo`llash, AKTdan foydalanish, darsni ishlab-chiqarish, fan, hayot bilan bog’lab o`qitish uchun sharoit yaratish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi lozim: Rejalashtirishning vazifalari:
Texnologiya ta’limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib, u didaktika tamoyillariga va o`quvchilarning mehnat tayyorgarligi dasturi talabiga to`la-to`kis javob bera oladigan bo`lishi kerak. Texnologiya ta’limi boshqa umumta’lim fanlaridan farq qilib, ta’limni tashkil etishda o`ziga xos xususiyatga egadir. Shuning uchun rejalashtirishga yanada ham ko`proq e’tibor berishni talab qiladi, busiz ta’lim-tarbiya ishida yaxshi natijalarga erishib bo`lmaydi. Yüklə 34,03 Kb. Dostları ilə paylaş: |