Guruh: bha-90-2 Bajardi: Buvanazarov. B



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101132
1   2
favorite

3.Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y 
- Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat ko`rsatadi. 
Markaziy bank xukumat siyosatidan o`tib o`zining alohida siyosatini yurgizmaydi. 
- Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida 
amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar bo`yicha 
foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini belgilash 
bilan bog`liq boshqa ishlarda ko`rinadi. 
Markaziy bank o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta`minlash uchun 
tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank 
Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent shahrida 
Bosh boshqarma va xizmat bo`limlariga ega. 
Qonunning 15-moddasiga binoan Markaziy bankning Oliy Organi bo`lib bank 
Pravleniyasi hisoblanadi. Bank Pravleniyasi 11 kishidan iborat bo`lib uning 
tarkibiga Markaziy bank raisi, uning muovinlari va bank asosiy bo`limlari boshliqlari 
kiradi. Bank Pravleniyasining raisi bo`lib Markaziy bank Raisi hisoblanadi. 
Pravleniya a`zolari Markaziy bank raisi tavsiyasiga binoan Oliy Majlis kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Qonunning 5-moddasiga kura Markaziy bank o`z faoliyati natijalari bo`yicha 
Respublika Oliy Majlisiga bo`ysunadi. 
Oliy Majlis: 


- Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Markaziy bank raisini 
tayinlaydi va vazifasidan bo`shatadi. 
- Yillik xisobat va auditor xulosasini ko`rib chiqadi. 
Qonunning 44-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
1. Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va muhim 
funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko`ra muomilaga naqd pullarni chiqarish va 
undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash 
va moliyaviy intizomni ta`minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari 
to`g`risida»gi farmoni naqd pullarni bankka o`z vaqtida qaytishini ta`minlashda 
muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda muomilada naqd pul muomilasini 
chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va boshqa choralari 
ko`rilmoqda. 
2. Tijorat banklari kassa rezervlarini to`plash va saqlash. Qonunning 28-
moddasida bu holat o`z aksini topgan bo`lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari 
resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo`lgan qismidir. Majburiy rezerv 
miqdori tijorat bankining yig`ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal 
zahira jamg`arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o`rniga bog`liq bo`lgan 
holda turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 
2,5%, AQSH da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O`zbekistonda 2005 
yildan 15%. Markaziy bank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi. 
3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to`lov balansi defitsitini 
qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. 
Respublikamizda 2006 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo 
ijobiy qoldig`i 1,445 mlrd. AKSH dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz 
respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi. 


4. Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi 
kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2006 yilda banklar 
tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 4095,4 
mlrd. so`mni tashkil etdi, uning 77,8% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi. 
5. Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob 
operatsiyalarini bajarish. Bu markaziy bankda xukumat tashkilotlari va 
muassasalarining hisobvaraqlarini yuritilishida, shu hisobvaraqlar orqali qimmatli 
qog`ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligatsiyalarini sotib olish, chet el 
valyutasi bo`yicha va boshqa operatsiyalarni amalga oshirilishi bilan bog`liq. 
Markaziy bank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat 
organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya 
operatsiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari 
yuzasidan maslaxatlar beradi. 
6. Xisob-kitob va almashuv operatsiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43 
moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan 
kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va undan 
tashqarida valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi. 
7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta 
barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida 
inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini 
oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat. 
Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo`lib 
muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul 
muomilasi kursatkichlarini o`zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o`sishi va 
pasayishiga moslab pul ta`minotini yo`lga kuyadi. 
Jumladan, Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2007 yilga quyidagicha belgilangan: 
1. Iste`mol narxlar indeksining yillik darajasi 5,7% dan oshmasligi. 


2. YAIM ni real o`sishi 7,7%. 
3. Budjet taqchilligi YAIMning 1,0% dan oshmasligi. 
4. Sof tashqi savdo aylanmasini o`sishi va uni ijobiy qoldig`i 2 mlrd. AQSH dollari 
hajmida bo`lishi. 
5. Banklardagi aholi jamg`armalarining qoldig`i 678,3 mlrd.so`mga yetishi va 
boshqalar. 
8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari 
bag`ishlangan bo`lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Markaziy 
bank bilan o`zaro munosabatlari aks etgan. 
Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi: 
Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu 
jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko`rsatadi. 
Yuqori tashkilot nazorati, ya`ni Markaziy bank tomonidan. 
Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar. 
4. Tijorat banklari, ular faoliyatining tamoyil va funksiyalari. Tijorat 
banklarining operatsiyalari 
O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi 
qonunning birinchi moddasida ta`kidlanganidek «Bank – bu tijorat muassasasi bo`lib 
jismoniy va xuquqiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag`larini jalb qilish va ularni 
o`z nomidan to`lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida joylashtirish 
operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi». 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo`g`ini bo`lib kredit resurslarining 
asosiy qismi shu banklarda yig`iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga 
xizmatlarni ko`rsatadi. 


O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan 
keyingi pog`onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2007 yilni 1iyul 
holatiga 28 turdagi, shundan 3 ta davlat mulkiga asoslangan, 11 ta aksioner - tijorat, 9 
ta xususiy va 5 ta chet el sarmoyasini hissasi bilan tijorat banklari mavjud. 
Respublika xududida tijorat banklari o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan 
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston 
Respublikasining Markaziy bank to`g`risida»gi, «Banklar va bank faoliyati 
to`g`risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya qilish 
to`g`risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo`yicha tegishli me`yoriy 
xujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi. 
Tijorat banklarini tashkil qilish 1999 yilni 11 – fevralida qabul qilingan 
«Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida»gi 630 – sonli 
Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklari ochiq yoki yopiq 
aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Bankni davlat ro`yxatidan utkazish uchun Markaziy bank tomonidan 
belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar 
ro`yxatga olinayotganda esa ushbu mablag`ning yarmi miqdorida xaq to`lanishi, ustav 
kapitalining 30 foizidan ortig`i xorijiy shaxslarga tegishli bo`lgan banklar va shu`ba 
banklarini ro`yxatdan o`tkazishda 5000 AQSH dollariga teng so`mmada xaq 
to`langanligini tasdiqlovchi va boshqa xujjatlar taqdim etilishi lozim. 
O`zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunga 
asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa 
birlashmalari, jamoa fondi mablag`lari, shuningdek kreditga va garovga olingan 
mablag`lardan foydalanish man etiladi. 
«Banklarni ro`yxaga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida»gi 
Nizomga asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 


yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak. 
Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi. 
(shu`ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o`z ustavi asosida 
faoliyat kursatadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 – noyabrdagi «Bank 
tizimini yanada rivojlantirish va bo`sh pul mablag`larini bank aylanmasiga jalb etish 
chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga ko`ra tijorat banklari o`z kapitallarini bir 
maromda usib borishini ta`minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash, loyihalarini 
moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar qo`yilgan.
Jumladan, qarorda ko`zda tutilishicha 2008 yilni 1 yanvaridan yangi tashkil 
etiladigan tijorat banklarining ustav kapitali 5 mln Yevrodan, xususiy banklarni ustav 
kapitali 2,5 mln Yevrodan kam bo`lmagan miqdorga yetkazish ko`zda tutilgan. 
Banklar kapitalini ortib borishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli “Banklarning kapitallashuni yanada 
oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning 
ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroridan kelib chiqadi. 
4.Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y 
Bank faoliyatini tuxtatish va banklarni tugatish «Banklar va bank faoliyati 
to`g`risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – sonli «Banklarni tugatish tartibi 
to`g`isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
O`z faoliyatini tuxtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat 
ro`yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati tuxtatilganligi matbuotda e`lon 
qilinadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin