Guoboyeva Kamola



Yüklə 9,86 Kb.
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü9,86 Kb.
#184289
  1   2
Falsafa jahon halqlari madaniyatining Tarkibiy qismi2 (2)


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim fakulteti 102 guruh (XQS) yunalish 1 kurs Talabasi Gulboyeva Kamola nilg Tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu: Falsafa jahon halqlari madaniyatining Tarkibiy qismi
Reja: 
Falsafa-ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi.
Dunyoqarash va uning tarkibi.
Dunyoqarashning tarixiy tiplari.
Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o`rin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o`rganib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.
Odatda, falsafani o`rganishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bo`lmasin, falsafa to`g`risida o`ziga xos biron bir tasavvur mavjud bo`ladi. Bu tasavvurni u o`z hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, o`z atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bo`lgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani o`qishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni ko`rishi orqali hosil qilgan bo`ladi. Kishi bunda o`zining hayoti, yashashi, hayotdagi o`rni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, g`am-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan o`tishi haqida ma`lum ta-savvurga ega bo`lib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, o`zining ularga va ularning o`ziga munosabatlari haqida o`z ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning o`zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, o`zining kim-ligi, uning dunyoga va o`z atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo to`g`risidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud bo`ladi.
Xo`sh falsafa nima? «Falsafa» atamasi nimani ifo-dalaydi? «Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, «sofos»-donishmandlik, degan so`zlar) bo`lib, uning lug`aviy ma`nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi ta`limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va o`ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o`zlashtirishini ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o`rni va rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o`rganadi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o`zi nima? Inson dunyoda qanday o`rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma`naviy narsalar bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o`zgarish, rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo`ladi? Haqiqat va xato nima, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, mas`uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.
Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos bo`lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday muammolar har doim insonning o`zi yashab turgan dunyoni to`g`ri bilishini, uning dunyodagi o`z o`rnini to`g`ri belgi-lashini, o`z-o`zini to`g`ri anglashi vazifasini qo`yib kelgan. Bu vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy masalalar bilan shug`ullanishga ehtiyoj tug`dirgan. Kishilarning dunyoni va unga bo`lgan o`z munosabatlarini o`rganishi ularning o`z turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o`z miyalarida qayta ishlanib, chuqur o`ylagan, nazariy o`zlashtirilgan, ularning e`tiqodlariga aylangan o`ziga xos dunyoqarashning paydo bo`lishiga olib kelgan.
Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida o`ziga xos in`ikosi bo`lib, u insonning dunyoni va o`z-o`zini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bo`lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko`nikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni ma`lum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy o`zlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko`rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi o`z o`rni va rolini belgilashi hamdir.
Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida o`ziga xos in`ikosi bo`lib, u insonning dunyoni va o`z-o`zini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bo`lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko`nikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni ma`lum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy o`zlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko`rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi o`z o`rni va rolini belgilashi hamdir.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning o`ziga xos dunyoqarashi bo`ladi. Shunga ko`ra dunyoqarash o`ziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy o`z-o`zini anglash sifati-dagi o`ziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning o`z hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga ko`ra dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bo`lmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta o`zlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning o`ziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, ya`ni olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat.
Dunyoqarash bir butun uyushma bo`lib, o`zida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos bo`ladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qo`yidagilardan iborat:
Dunyoni his qilish;
Dunyoni tasavvur qilish;
Dunyoni tushunish.

Yüklə 9,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin