Gumanitar fanlar



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə10/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Gumanitar fanlar

2. Milliy davlatchilikda: 1)dan milliy xususiyatlarni e‘tiborga olish lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda birinchi tamoyilga ko‘ra o‘zbek xalqining o‘ziga xosligi, uning boy tarixiy anhanalari, davlat boshqaruvi, o‘ziga xos fikrlash tarsi qadimgi davrlardan rivojlanib kelganligi, yahni mentalitetini hisobga olish lozim. 2) Albatta islom dini qadriyatlarini nazarda tutish kerak, bu o‘tmish islom madaniyati bilan bog‘liqdir. 3)dan O‘zbekistondagi demografik vaziyatni, yahni aholi va bolalarning boshqa mintaqalarga nisbatan boshqacha ekanligi, bolaparvar inson ekanligi xususiyatlarini inobatga olish. 4)dan O‘zbekistonning qulay geosiyosiy makonda joylashganligi, SHarqu G‘arbni bog‘lovchi darvoza ekanligini hisobga olish. 5) dan O‘zbekistonda 120 dan oshiq milliy etnik xalqlarning istiqomat qilishini hisobga olish. 6)dan O‘zbekistonning o‘ziga xos iqlimi, tabiiy sharoitlarini hisobga olish. 7) O‘zbekiston yetarli salohiyatga ega bo‘lgan jamiyat va davlat ekanligini hisobga olish.
3. Islom davlatchiligida din davlat siyosati darajasiga ko‘tariladi. Bunga bir qancha arab va islom davlatlarini misol qilib keltirish mumkin. Albatta O‘zbekiston o‘z milliy davlatchiligini rivojlantirib, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan borishda yuqorida aytilgan asosiy elementlarga ehtibor beribgina qolmay, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy sohalarda belgilab olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «O‘zbek modeli»ni 1992-93 yillarda o‘zining «O‘zbekistonning o‘z ictiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston- ­bozor munosabatlariga o‘tishning o‘z yo‘li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Har bir mamlakat o‘ziga xos «o‘tish davri»dan borib, islohotlarni amalga oshirishi mumkinligini aytgan edi. Bu modellar klassik (anhanaviy) asosda kechishi mumkin. Bunda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bir necha yillar, hatto asrlarni o‘z ichiga olgan. Umuman «O‘zbek modeli» bugungi kunda o‘zini to‘la oqlamoqda va bu model asosida iqtisodiyotda, siyosatda, ma‘naviyatda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li bo‘lgan «O‘zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo‘lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g‘oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o‘tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish;
2. Jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish;
3. Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli
ijtimoiy himoya qilish;
5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta‘minlash;
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta‘minlash;
Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy,iqtisodiy, huquqiy va ma‘naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha printsiplarini e‘tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob‘ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma‘lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin