29
2. «Printsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo‘naltirilgan rag‘batlar tizimini
qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «printsipal-agent» nazariyasi shug‘ullanadi.
Ko‘pincha ushbu muammoni hal etishning quyidagi variantlari ko‘rsatiladi.
1.
«Agentlar»
raqobati
.
«Printsipal-agent» muammosini
hal etishning birinchi
varianti agentlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda odatiy shartnomadan
farqli o‘laroq «agent» tomonidan nafaqat «printsipal» belgilagan (masalan, ishlab chiqarish)
darajasiga erishilishi, balki qolgan «agentlar»ga
nisbatan
eng
yuqori darajaga erishilishi
(qo‘shimcha ravishda) rag‘batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g‘oyasi bir-birining harakatlari
ustidan o‘zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o‘zlaridan foydalanish imkonini beradi.
Chunki, agar eng katta mukofot «printsipal» tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal etishda eng
yaxshi nisbiy ko‘rsatkichlarga erishgan «agent»ga tegsa, «agentlar»
boshqalarning
muvaffaqiyatlariga hasad bilan qaray boshlaydilar – atrofdagilarning muvaffaqiyati o‘z
muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatlarining pasayishini anglatadi. Ikkinchi tomondan, boshqa
qaloq «agentlar»ga nisbatan oshirib berilgan «g‘oliblar» mukofoti
unumdorlikni oshirishga
nisbatan kuchli rag‘bat hisoblanadi. Chunki past ehtimolli yirik yutuq istiqboli yuqori ehtimolli
yirik yutuqqa qaraganda kam jozibali (yutuqdan matematik kutish taxminan bir xil). Quyi daraja
menejerlarining shunday foydali o‘rinni egallashga intilishini rag‘batlantirishni hisobga olgan
holda, yuqori daraja menejerlariga ular mehnatining yuqori mahsulotidan ortiq bo‘lgan
mukofotni to‘lash samarali bo‘lishi mumkin. Biroq raqobatilashish elementidan foydalanish o‘z
chegarasiga ega:
-
faqat «g‘olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni rag‘batlantiradi:
«agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng xatarli strategiyalarni qo‘llovchi
«agentlar» qoladi;
-
«agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog‘liq xatarga moyilligi darajasi
chegaralangan;
-
«agentlar» o‘rtasidagi raqobat ular o‘rtasidagi
munosabatlardagi ishonch
elementlarini butunlay yo‘qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa‘y-harakatlarini talab
qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo‘lib qoladi.
2.
«Agent»ning qo’shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi.
Muammoni hal etishning
ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat‘iy belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga
bog‘liq bo‘lgan mukofotni to‘lashni nazarda tutuvchi yollash
haqidagi shartnomaning
tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma xodimlarning firmaning foydasida ishtirok
etishining turli shakllari, shu jumladan aktsiyadorlik korxonasining
kapitalida ishtirok etish
kiradi. AQShda ko‘p yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko‘ra 10 foizdan ortiq
sanoat korxonalarining xodimlari o‘z korxonasi aktsiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga ega
bo‘lishadi. «Agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishining barcha xildagi
sxemalari ichida mukfotning natijalarga
Dostları ilə paylaş: