36
tahlilga transaktsiya xarajatlarining kiritilishi deyarli barcha hodisalarni transaktsiya xarajatlarini
kamaytirish yo‘li bilan erishilgan samaradorlik nuqtai nazaridan izohlash imkonini bergan bo‘lar edi.
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchash imkonini beruvchi usullarning ishlab chiqilishi ushbu sohada
erishilgan samarali qadam bo‘ldi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘lchash muammosini shartnomalar tuzishning turli usullaridagi transaktsiya
xarajatlarini taqqoslash yo‘li bilan hal etish mumkin. Boshqaruvning muqobil aniq (mavjud) tuzilmalarini
taqqoslashni ko‘pincha murakkab matematik apparatni qo‘llamasdan yoki chegara qiymatlarni hisoblab
chiqmasdan turib amalga oshirish mumkin. Ikkita qiymatning bir biriga mos kelmaganligini ko‘rsatib
berish uchun ushbu qiymatlarning chegara qiymatlari tengligiga erishiladigan sharoitlarni aniqlashdagi
kabi nozik va murakkab usullar talab etilmaydi.
Ayrim iqtisodchilar har bir muayyan holatda xarajatlarni aniq tafsirlashni taklif etadi, masalan, bir
holatda – bu xususiy tadbirkorlikni tashkil etish xarajatlari (tadbirkorlik shaklini ro‘yxatdan o‘tkazish,
litsenziya olish va h.k.), ikkinchi holatda mulkiy huquqlarning harakatini ta‘minlovchi xarajatlar, uchinchi
holatda shartnomalarni tuzish va himoyalash bilan bog‘liq xarajatlar, to‘rtinchi holatda korxona ichida
qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lishi mumkin va h.k.
Transaktsion yondashuvni qo‘llashdagi o‘ziga xos murakkabliklar shundan iboratki, ayrim
transaktsiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan transaktsiyalarning
mavjud emasligi tufayli tafsirlanishi va hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning ushbu
turlari ―virtual xarajatlar‖, deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: