[27]
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan
ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo‗lib, bu
ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‗liq bo‗ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma‘lum bir
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va
yakunlovchi fazalarini belgilab qo‗yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun qulay
sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni
(to‗siq qo‗yganda, koptokni o‗yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish
bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal
qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa
harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‗nalishda samarali
foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida
so‗nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o‗yin bo‗lganligi
sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‗yin vaziyatidan kelib chiqqan
holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o‗yinchining texnik
mahoratini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: