Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix15.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#69266
1   2   3   4   5   6
452-456 O‘ZBEKISTONDA SAYYOHLIK TURIZMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Tahlil va natijalar: Hozirgi kunda turistik xizmatlar bozori samarali rivojlanishining asosiy maqsadi – 
sohada iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish orqali ushbu bozor rivojlanishini ta‟minlovchi qulay 
raqobatchilik muhitni shakllantirish nazarda tutilib, quyidagi vaziflar yechimiga qaratilgandir: 
1. Turistik xizmatlar bozorida talab va taklif o„rtasida bozor muvozanatiga erishish;
2. Turistik xizmatlar bozorida uning subyektlari o„rtasida o„zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni 
tashkil qilish va tartibga solish dastaklarini takomillashtirish
3. Turistik xizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish asosida turizm sohasin 
rivojlantirishning strategik konsepsiyasini ishlab chiqish va realizatsiya qilish. 
Turizmni rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish turizmni davlat tomonidan tartibga solish 
mazmuniga ilmiy yondashuv asosida amaliy takliflar ishlab chiqishni talab etadi. Iqtisodiyotni ijtimoiy 
sohasi sifatida turizmni davlat tomonidan tartibga solish, bozor mexanizmlarining ishlashi uchun 
sharoitlarni ta‟minlash maqsadida davlat organlarining xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va bozor 
sharoitlariga ta‟siri sifatida tavsiflanishi mumkin. Davlat tomonidan tartibga solish jarayoni murakkab 
vazifa bo„lib, u iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, uning qoidalarini asoslash, ushbu siyosatni amalga 
oshirish vositalari va usullarini tanlashni o„z ichiga oladi. Ta‟sir obyekti bo„yicha turizmni davlat 
tomonidan tartibga solish deganda uchta o„zaro bog„liq qismlarni tartibga solish bo„yicha tadbirlar 
tushuniladi, ya‟ni: turistik resurslar, ushbu sohadagi turistik va moliyaviy oqimlarni ishlab chiqish. 
Turizmni davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni davlat organlari oldida turgan maqsadlar, 
shuningdek mintaqadagi davlat turizm idoralari iqtisodiy siyosat olib borishda ularning ixtiyorida 
bo„lgan vositalar bilan belgilanadi
Bugungi kunda respublikamizda turizm sohasini rivojlantirishga alohida e‟tibor berilmoqda. Xususan, 
2019-2025 yillarda O„zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq 
uning tashkiliyiqtisodiy va institutsional asoslarini takomillashtirish muhim yo„nalishlardan biri 
hisoblanadi. Tahliliy ma‟lumotlarga e‟tibor qaratsak, respublikada davlat tomonidan ko„rilayotgan 
chora-tadbirlar natijasida turistlar oqimi 2018 yil boshida 5,3 mln. kishini tashkil etgan holda, bu 
ko„rsatkich 2020 yil boshiga kelib, 6,7 mln. kishiga oshgan. Shuningdek, 2018 yil boshiga joylashtirish 
vositalari soni 914 tani, 2021 yil boshida esa 1620 tani tashkil etgan, ya‟ni bu ko„rsatkich 79 %dan 
ortiqga oshgan. 
Bundan tashqari 80ga yaqin mamlakat fuqarolari soddalashtirilgan tartibga ko„ra elektron viza 
rasmiylashtirish imkoniyati ega bo„ldi. Xorijiy davlat fuqarolarining alohida turlari uchun «Vatandosh», 
«Talaba», «Akademik», «Tibbiyot» va «Ziyorat» kabi yangi 5 xil viza turlari joriy qilindi. O„zbekiston 
Respublikasi Turizm va Sport vazirligi ma‟lumotlariga ko„ra viza rejimini soddalashtirish o„zining 


455 
ijobiy natijalarini ko„rsatdi. 2019 yilda chet ellik sayyohlar sonining o„sishi o„rtacha 26 foizni tashkil 
qilgan bo„lsa, vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar o„rtasida o„sish ko„rsatkichi 58 foizga yetgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin