Gospodarka I innowacje


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix15.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#69266
1   2   3   4   5   6
452-456 O‘ZBEKISTONDA SAYYOHLIK TURIZMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Turizm sohasini rirojlantirish va tartibga solish mexanizmlariga 
bag„ishlangan ko„plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo„lib, ularda turizmni rivojlantirish bo„yicha 
davlat siyosatini amalga oshirish bo„yicha turli xil qarashlar va yondashuvlar ishlab chiqilgan. Turizm 
xizmatlari bozorida talab va taklif o„rtasida muvofiqlikni ta‟minlash hamda turistik mahsulotlar va 
xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Shunga ko„ra, biz, ushbu yo„nalishda 


453 
ba‟zi mualliflarning fikr va mulohazalarini o„rganib, ularning ilmiy yondashuvlarini umumlashtirib, 
turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari, vositalari va usullari 
bo„yicha fikrlarimizni qisqacha bayon qilamiz. Iqtisodchi olima M.T.Alimova o„zining “Hududiy 
turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari” nomli doktorlik dissertatsiyasida turizm 
bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, marketing konsepsiyasi orqali turistik mahsulotlar 
raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini 
takomillashtirish hamda hududiy turistik klasterni shakllantirish bo„yicha ilmiy mulohazalarni keltiradi. 
Ta‟kidlash kerakki, hozirgi vaqtda turizmni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini yoritib 
berish va turizm industriyasini rivojlantirish, turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari, 
omillari, sohani samarali rivojlantirishning asosiy tamoyillari va qulay raqobatchilik muhitni 
shakllantirish yo„nalishlari, turizmni davlat tomonidan tartibga solish vositalari va bosqichlari 
doirasidagi tadqiqotlar ko„plab iqtisodchi olimlar o„rtasida to„liq bayon etilmagan. Shuning uchun, 
bizningcha, hozirgi vaqtda turizmni rivojlantirish va qo„llab-quvvatlash bo„yicha davlatning roli keng 
bo„lib, sohada realizatsiya qilinayotgan davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari bilan bog„liq 
muammolarga e‟tiborni qaratish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqot ishida 
keyingi yillarda respublikamiz iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi jarayonlari hamda jahonda va 
respublikamizda yuz berayotgan koronavirus pandemiyasi hisobga olish, turizm sohasini kompleks 
rivojlantirish, turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari hamda 
tartibga solish vositalari va usullarini tadqiq etishning muhim jihati sifatida o„rganish metodologiyasi 
qo„llanilib, mazkur yo„nalish bo„yicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda 
dialektik va tizimli yondashuv, qiyoslash, emperik tadqiqot hamda qiyosiy tahlil kabi usullari orqali 
turizm sohasi rivojlanishining o„stuvor yo„nalishlarini belgilash usuli taklif etilgan. Shuningdek, turizm 
sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari va vositalari, sohani samarali 
rivojlantirishning asosiy tamoyillari va turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini ta‟minlash 
yo„nalishlari, turizmni davlat tomonidan tartibga solishning bosqichlari hamda turizm industriyasi 
rivojlanishini qo„llab-quvvatlash darajalari bo„yicha omillariga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Tahlil va natijalar Turizmning rivojlanishi, ayniqsa zamonaviy beqaror iqtisodiy vaziyatda mintaqalarda 
turistik kompleksning bir xil emasligini ko„rsatadi, bu esa davlatni qo„llab-quvvatlash modelini ishlab 
chiqish va iqtisodiy mexanizmni tartibga solishga turlicha yondashishga olib keladi. Turizmning 
samaradorligi dam olish va madaniy obyektlar mavjud hududlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
barqarorlashtiradigan va mintaqalarda turizmni barqaror rivojlanishiga zamin yaratadigan muhim omil 
hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqaruv tizimining hamda davlat tomonidan qo„llab-quvvatlashning 
nomukammalligi turizmga salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Turizmni takomillashtirishning asosiy 
maqsadi – noyob turistik va rekreatsion resurslardan, ichki urf-odatlardan, turizm sohasi 
tadqiqotlarining ilmiy yutuqlaridan foydalangan holda hamda asosiy vazifalar yechimini ta‟minlash 
asosida zamonaviy va raqobatdosh turistik kompleksni yaratishdir.Mahalliy va xorijiy mamlakatlar 
fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish, yuqori sifatli turistik xizmatlar va aholining dam olishlari uchun 
shart-sharoit yaratish; − hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda turistik kompleksning hissasini oshirish; 
− tabiiy resurslar va kurortlarni, ilmiy, madaniy va tarixiy merosni saqlash va ulardan oqilona 
foydalanish. Bizning fikrimizcha, belgilangan maqsadlarga erishish uchun bir qator asosiy tamoyillarni 
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat: − xususiy turizm sohasidagi 
obyektlarning to„liq inventarizatsiyasini o„tkazish, ushbu obyektlarni ro„yxatdan o„tkazish tizimini 
ishlab chiqish va joriy etish va xususiy turistik obyektlarning reyestrini shakllantirish; − tashkiliy-
huquqiy shakllar va mulkchilik turining barcha turdagi turistik tashkilotlarining muvaffaqiyatli ishlashi 
maqsadida, turizmni rivojlantirish uchun meyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish; − hududlarda 
turistik tashkilotlarning rivojlanishini rag„batlantirish uchun oqilona soliq siyosati va iqtisodiy 
mexanizmlarni shakllantirish; − davlat kafolatlari va mahalliy qo„llab-quvvatlashning boshqa choralari 
bilan turizmga investitsiyalarni jalb qilish; − tabiiy resurslar va dam olish maskanlarini saqlash, ulardan 
oqilona foydalanish va muhofaza qilish; − turistik xizmatlarning yuqori texnologik va raqobatbardosh 
ichki bozorini shakllantirish maqsadida transport, qishloq xo„jaligi, sanoat, bank va investitsiya 


454 
tuzilmalari, sug„urta kompaniyalari va reklama agentliklari bilan turistik tashkilotlarning hamkorligi 
uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratish; − xizmatlarni sertifikatlashning xalqaro tizimi orqali sohani 
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash va tartibga solishni kuchaytirish; − turizm sohasida rahbarlar va 
mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, sertifikatlash tizimi orqali yagona 
kadrlar siyosatini amalga oshirish. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish shakllari turistik 
mahsulotlar va xizmatlarga talab va taklif o„rtasida dinamik mutanosiblikk erishish maqsadida sohani 
barqaror rivojlantirishga ta‟sir etishning asosiy yo„nalishlarini nazarda tutadi. Iqtisodiyotning 
transformatsiyalashishi sharoitida turizm sohasini tartibga solishning barcha usullari va vositalari uzviy 
o„zaro bog„liq bo„lishi kerak. Ulardan kompleks foydalanish turizm industriyasida amalga oshadigan 
munosabatlar ishtirokchilari oldida yuzaga keladigan masalalarni samaralil yechish imkonini beradi. 
Turizmni tartibga solish ham bevosita, ham bilvosita tartibga solishning davlat va bozor 
mexanizmlarining sintezidan iborat. Turizmni tartibga solish tizimi muayyan konsepsiyaga asoslangan 
umumiy va maxsus, qisqa va uzoq muddatli choralar, usullar, tamoyillar va vositalar majmuini o„z 
ichiga oladi. Ushbu holatda, bizning fikrimizcha, turizm bozori rivojlanishiga ta‟sir etishning bozor va 
davlat mexanizmlari o„ratsida o„zaro mutanosiblikni shakllantirishi zarur. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin