Gidroelektr stansiyalari geslar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari boʻlib, suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va jihozlar majmuidir


Gidro elektr stansiyasining ishlash prinsipi



Yüklə 21,55 Kb.
səhifə2/4
tarix18.08.2023
ölçüsü21,55 Kb.
#139809
1   2   3   4
Gidroelektr stansiyalari

1.Gidro elektr stansiyasining ishlash prinsipi.
2.Gidro elektr stansiyalarda to’g’on qurish va tayziq hosil qilish jarayoni.
3.Turbinalarning gidro elektr stansiyasidagi o’rni.
4.O’zbekistonda mavjud gidro elektr stansiyalar. Suv yig’ish elektr stansiyalari (SyES, GAES).
5.Suv to’lqini elektr stansiyalari (STES). MiniGESlar va ularning ishlash jarayonlari. MGD-generator va uning ishlash prinsipi.
GES suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Uning ish asoslarini o’rganuvchi fan gidravlika deb nomlanadi, u o’z ichiga gidrostatika (suyuqliklarni muvozanat holatlari) va gidrodinamikani (suyuqliklarni harakatlarini) oladi, kesilish suv oqimining quvvati - ma’lum tabaqa orqali oqayotgan, suv sarifi Q qurilgan to’g’on suv havzasining yuqori oqim balandligi va past oqim balandliklari orqali ifodalanadi. YUqori va past havzalar darajalarning farqi tayziq deb ataladi. Oqimning tabaqadagi quvvvatini (kVt) sarf (m3/s) va tayziq (m) orqali hisoblashimiz mumkin.
= 9.81/QH
GES dvigatellar, gidrotexnik qurilmalar, turbinalar va generatorlarda sodir bo’layotgan quvvat yo’qotishlari tufayli, suv oqimi FIK ɳ ni hisobga olgan holda quvvatini faqat bir qismidagina foydalanish mumkin. GES ning taxminiy quvvati
= 9.81/QHɳ
Tayziq N tekislidagi daryolarda to’g’on orqali amalga oshiriladigan, tog’li joylarda anlanma o’zanlardan foydalaniladi, ular og’dirgich deb nomlanadi.
Gidravlik turbinalarda suv energiyasi turbina valini aylantirib mexanik energiya hosil qiladi va o’z navbatida elektr energiyasi hosil qilinadi. Agarda turbinada suvni dinamik bosimidan foydalanilsa u aktiv turbina deb ataladi, statik bosimdan foydalanilsa reaktiv turbina deyiladi.
A ktiv turbina cho’michida torayuvchi kiydirmada - soploda, gidrostatik bosimning potensial energiyasi suv harakatining kinetik energiyasiga to’liq o’tadi. Turbinaning ishchi g’ildiragi disk, atroflariga cho’michsimon kurakchalar joylashtirilgan ko’rinishida yasaladi.
Suv, kuraklar yuzasidan o’tib, harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Bu erda kuraklar yuzasiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuchlar hosil bo’lib suvning harkat energiyasi turbina g’ildiragini aylantiruvchi energiyaga aylanadi.

Rasm 19. Tayziq hosil qilish sxemasi:
a) to’g’on yordamida; b) aylanma o’zan yordamida;
1-kanal; 2-tayziq havzasi; 3-turbina suv og’dirgichi; 4-GES binosi; 5-daryo o’zani; 6-to’g’on.
Reaktiv gidravlik turbina ishchi kuraklarida suvning ham kinetik, ham potensial energiyalari turbinani mexanik energiyasiga aylantiriladi.
Turbina ishchi kuraklariga kelayotgan suv ortiqcha bosimga ega bo’lib, ishchi g’ildirak yo’lidan o’ta borib kamayadi. Bu erda suv turbina kuraklariga reaktiv bosim bilan ta’sir etadi va suvning potensial energiyasi turbina ishchi g’ildiragining mexanik energiyasiga aylanadi. Reaktiv turbinaning ishchi g’ildiragi, aktivdan farqli o’laroq, to’liq suvda joylashgan bo’ladi.
Elektr stansiyalarda turbina va generator umumiy val bilan biriktirilgan. Ularning aylanish chastotalarini ixtiyoriy tanlash mumkin emas. Ular generator rotorining qutublar juftligi soniga va o’zgaruvchan tokning standart chastotalariga mos kelishi kerak.
P ast chastotalarda aylanuvchi turbinalar tannarxi qimmat bo’lib, ular katta joyni egallashni ham hisobga olish kerak. Maqbul qiymatlarga yaqin agregat tezliklarni olish uchun, katta bosimlarda tez aylanish koeffitsenti kichik bo’lgan turbinadan va katta bosimlarda esa bu koefitsentini katta qiymatlardan foydalaniladi.
Turli xil tabiiy sharoitlarda bunyod etiladigan GES larning turbinalari konstruktiv ishlash jihatidan turlicha bo’ladi. Turbina quvvati bir necha kilovattdan 500 MVt gacha, aylanish chastotasi 16 2/3 dan 1500 min-1 gacha bo’ladi.
Oxirgi vaqtlarda gorizontal agregatlar (kapsulalar) qo’llana boshladi, ularda generator suv o’tmaydigan germitik kapsulaga joylashtirilgan.
Bu agregatlar gidravlik xususiyatlarining yaxshiligi hisobiga ularning FIK yuqori (95-96%).

Yüklə 21,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin