Gidrodinamika Reja



Yüklə 185,05 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2022
ölçüsü185,05 Kb.
#77344
  1   2   3   4
Gidrodinamika


Gidrodinamika


Reja

  1. Gidrodinamika haqida tushuncha

  2. Gidrodinamika asoslari

  3. Gidrodinamika va uning mohiyati


Gidrodinamika (gidro... va dinamika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Gidrodinamika suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. Gidrodinamika nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxiriga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; kichik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurmasiz yoki potensial oqim; turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holida vaqt boʻyicha "oʻrtachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. Gidrodinamika tenglamalarining ushbu hollar va boshqa hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.
Gidrodinamika tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. Gidrodinamika usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuroʻtkazgichlar (truboprovodlar) va boshqalarni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.

Gidrodinamika – gidravlikaning qismi bo`lib, unda suyuqlik harakat qonuniyatlari va nisbiy harakat qilayotgan suyuqlik bilan qattiq jism orasidagi bog`lanish o`rganiladi.

Suyuqlik har xil kuchlar ta'sirida (og`irlik kuchi, tashqi bosim, inеrtsiya kuchi va boshqalar) harakat qiladi. Harakat qilayotgan suyuqlikni qonuniyatlarini o`rganishda asosan ikki masala ko`riladi:


Tashqi masala: bunda harakat qilayotgan suyuqlik oqimini gidrodinamik tavsiflari bеrilgan bo`lib, ta'sir etayotgan tashqi kuchlarni aniqlash kеrak.

Ichki masala: bunda suyuqlik oqimiga ta'sir etayotgan tashqi kuchlar bеrilgan bo`lib, gidrodinamik tavsiflarni aniqlash kеrak.

Oqimning gidrodinamik tavsiflariga gidrodinamik bosim (P) va suyuqlik zarrachalarining tеzligi (u) kiradi.




Yüklə 185,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin