«gidravlika va gidravlik mashinalar» fanidan



Yüklə 115,27 Kb.
səhifə2/22
tarix27.11.2022
ölçüsü115,27 Kb.
#70811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
«gidravlika va gidravlik mashinalar» fanidan

Laboratoriya ishi № 1 

Mavzu



SUYuQLIKLARNING GIDROSTATIK BOSIMINI O’RGANISh VA 

GIDROSTATIK PARADOKSNI TAJRIBADA KUZATISh
Ishdan maqsad: suyuqliklarning gidrostatik bosimini aniqlashni o’rganish va
ko’ndalang kesimining shakli turlicha bo’lgan idishlar devoriga tushadigan bosimlarni 
qiymatlarini aniqlashni va gidrostatik paradoksni o’rganish.


Ish jihozlari: gidrostatik bosimni o’lchash uchun asboblar, tarozi, dizel yoqilg’isi, 
suyuqlik soladigan idish (ko’ndalang kesimi shakli turlicha bo’lgan), ko’rgazmali qurollar,
kalitlar jamlanmasi. 
IShNI BAJARISh TARTIBI 

1. Gidrostatik bosimni aniqlash formulasini o’rganing. 


2. Idish balandligi bo’yicha idishdagi suv sathiga nisbatan 0,05 m, 0,08 m, 0,1 m,

0,12 m, 0,15 m, 0,2 m chuqurlikdagi suyuqlik ustunining bosimini (gidrostatik bosimni)


aniqlang. 
A) Tajribani amalga oshirishda dastlab idishni og’irligini o’lchab oling; 
B) 
Suyuqlikning sathiga nisbatan ma’lum chuqurlikdagi suyuqlik ustuning bosimini 
aniqlash uchun ko’rsatilgan balandlikda idishga suyuqlik soling;
V) Ttarozi yordamda uning og’irligini o’lchang; 

G) Suyuqlikning idish bilan birgalikdagi aniqlangan og’irlikdan idish og’irligini ayirib 


suyuqlikning sof og’irligini toping;
D) So’ng idishni tubiga suyuqlik ta’sir etadigan bosim yuzasini toping; 

e) Suyuqlikning sof og’irligini yerning tortish kuchi qiymati 9,81 soniga ko’paytirib 


idish tubiga suyuqlik ta’sir etadigan bosim yuzasiga bo’lib o’rtacha gidrostatik bosimni
aniqlang; 
3. Idish balandligi bo’yicha idishdagi dizel yoqilg’isi sathiga nisbatan 0,05 m, 0,08 m, 

0,1 m, 0,12 m, 0,15 m, 0,20 m chuqurlikdagi suyuqlik ustunining bosimini (gidrostatik


bosimni) aniqlang. 
4. Tajribada aniqlangan suyuqlik (suv va dizel yoqilg’isi) ustunining bosim 

qiymatlariga asosan absalyut (to’la) gidrostatik bosimni aniqlang.


5. Suyuqlikning tekis to’g’ri to’rt burchak shaklidagi devorga ta’sir etuvchi 
gidrostatik bosim epyuralarini qurishni o’rganing.
6. Amalda suyuqlikning idish devoriga beradigan bosimini aniqlab uning epyurasini 

quring.
7. Gidrostatak paradoks tushunchasini o’rganing. 

8. Ko’ndalang kesimining shakli har-xil, hajmi esa bir xil bo’lgan idishlardagi 
gidrostatik bosimni o’lchab gidravlik paradoks to’g’risida tushuncha hosil qiling.
Bajarilgan ish haqida hisobot yozing. Hisobotda tajribada aniqlangan gidrostatik 

bosim qiymatlarini keltirib, tahlil qiling va idish devoriga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim


epyuralarini keltiring. Tajriba natijalariga asosan gidravlik paradoksni izohlang 

Yüklə 115,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin