Trubalardagi oqayotgan suyuqlik energiyasining ishqalanishni Еngishga sarflanishini ko’rib chiqamiz. Avval truba kesimi bo’yicha ishqalanish kuchining taqsimlanishini ko’ramiz. Buning uchun Nyuton qonuni formulasiga tezlik formulasi (8.3) ni qo’yamiz.
U holda,
(.8)
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, ishqalanish kuchi truba o’qida nolga teng bo’lib, uning o’qidan devorlariga qarab chiziqli ortib boradi va devor sirtida eng katta qiymatga erishadi (8.1-rasm).
(9)
(8.9) tenglamada silindrik trubadagi uzunlik bo’yicha gidravlik yo’qotishni ishqalanish kuchi orqali berilgan. Endi bu formulaga (8.8) munosabatni qo’ysak.
Kesimlardagi bosim farqi (p1–p2) ni (8.6) formuladan o’rtacha tezlik orqali ifodalasak:
va gidravlik yo’qotish formulasiga qo’ysak, quyidagi munosabatni olamiz:
(10)
U holda gidravlik qiyalik uchun formula chiqarish qiyin emas. Buning uchun (8.10) ning ikki tomonini l ga bo’lamiz:
(11)
va oxirgi tenglikni quyidagicha yozamiz:
Demak, laminar harakat vaqtida gidravlik qiyalik va bosimning pasayishi Reynolds soniga bog’liq ekan. ko’rinishdagi miqdorni gidravlikada λ bilan belgilanadi:
(12)
va ishqalanish koeffisienti deb ataladi. U holda energiyaning yo’qolishi va gidravlik qiyalik uchun quyidagicha Darsi-Veysbax formulasini olamiz:
(13)
SHunday qilib, laminar harakat vaqtida truba uzunligi bo’yicha bosimning pasayishi va gidravlik qiyalik solishtirma kinetik energiyaga chiziqli bog’liq ekan.
ADABIYOTLAR
Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997.