Geterohalqali birikmalarning zamonaviy nomenklaturasi


Bir necha geteroatomli geterotsikllar va alkaloidlar



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#189688
1   2   3
GETEROHALQALI BIRIKMALARNING ZAMONAVIY NOMENKLATURASI

5. Bir necha geteroatomli geterotsikllar va alkaloidlar


Purin bir necha geteroatom tutgan geterotsikl bo’lib, uning molekulasi pirimidin va imidazol xalqalarining kondensirlanishidan tashkil topgan. Purin tabiatda topilgan emas, lekin molekulasida purin yadrosi tutgan moddalar o’simlik va hayvonоt dunyosida ko’p uchraydi. Nuklein kislota tarkibiga kiruvchi uratsil, timin va sitozin pirimidin hosilalari, adenin va guanin esa purin hosilalari hisoblanadi:

uratsil timin sitozin

adenin guanin
Alkaloidlar- tarkibida azot atomi tutgan, asos xossalariga ega bo’lgan, ayrim o’simliklar tarkibida uchraydigan, odam va hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta'sir qiladigan murakkab tuzilishli organik birikmalardir.
Hamma o’simlikar alkaloid saqlamaydi. Ko’knoridoshlar, dukkaklilar, ayiqtovonguldoshlar, zirkdoshlar kabi oilalarga kiruvchi o’simliklar alkaloidlarga boydir.

kofein teobromin
Alkaloidlarni toza xolatda o’simliklardan ajratib olish ancha murakkab va ko’p mehnat talab qiladi. Hozirgi vaqtda alkaloidlarni toza individual xolda ajratib olishda xromatografiyaning barcha usullari, tuzilishini aniqlashda esa zamonaviy spektrial tahlil usullari (UB-, IQ-, PMR- va mass- spektroskopiya) va boshqalar keng qo’llaniladi.
Alkaloidlarning asosiy qismi geterotsiklik birikmalar bo’lib, ularning tarkibiga kirgan geterotsikllarning tabiatiga qarab sinflarga bo’linadi.
Masalan, piridin guruhi alkaloidlari:

nikotin anabazin
Alkaloidlar kuchli biologik faol birikmalar bo’lib, ko’pgina alkaloidlar tibbiyotda va qishloq xo’jaligida (anabazin, nikotin) keng qo’llaniladi. Alkaloidlar kimyosini rivojlantirishda o’zbek kimyogar olimlarining xizmatlari juda katta.
Kokain. Peru va Boliviyada o’sadigan koka butasini bargidan olinadi.
Uning vodorod xlorid tuzi tibbiyotda maxalliy og’riqni qoldirishda qo’llaniladi. Bemor organizmi tez o’rganib qolishi sababli u ko’p iste’mol qilinmaydi.

kokain
Xinin – bezgakni davolashda qo’llaniladigan dori vositasi hisoblanadi. U xin daraxtini po’stlog’idan ajratib olingan.

xinin
Morfin, kodein va papaverin – ko’knor o’simligining pishmagan urug’idan 20 dan ortiq ikki guruh alkaloidlar ajratib olingan. Ulardan ikkitasi kuchli og’riqni qoldiruvchi vosita sifatida tibbiyotda keng qo’llaniladi. Bemor organizmi tez o’rganib qolgani uchun ular kuchli narkotik hisoblanadi.

Papaverin Narkotin

Morfin

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda nuklein kislotalar (NK) yuqori molekulyar birikmalar bo’lib, tirik organizmdagi irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishi, oqsillarning biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarda katta vazifani bajaradi.
Nuklein kislotalarning tuzilishini o’rganishda ularning o’ziga xos fermentlar, kislotalar va ishqorlar ishtirokida gidrolizlanish reaksiyasi muhim vazifani bajaradi. NKlar quyidagi bosqichli chizma bo’yicha gidrolizlanadi:
purin asoslari (adenin, guanin) + pirimidin asoslari (sitozin, uratsil, timin) + pentozаlar(riboza, dezoksiriboza).
Сhizmadan ko’rinib turibdiki, NK gidrolizining so’nggi bosqichida purin va pirimidin asoslari, uglevod komponentlari riboza va dezoksiriboza va fosfat kislota hosil bo’ladi.
Geterotsiklik birikmalar tabiatda keng tarqalgan va ular biologik jarayonlarda muxim vazifani bajaradi. Tabiiy moddalarning taxminan yarimidan ko’pi vitaminlar, almashtirish mumkin bo’lmagan aminokislotalar xam ushbu birikmalar sinfiga kiradi (xlorofill moddasi, penisillin, B1, B6, B12).

5- adenil kislota
Yuqori molekulyar biologik polimerlardan sellyulozani kimyoviy qayta ishlab ularni oddiy va murakkab efirlari xalq xo’jaligida keng qo’llaniladi shu jumladan ulardan viskoza va atsetat tolalar olinadi. Undan tashqari kraxmaldan turli hil kleysterlar, yog’och maxsulotlari esa qurilishda turli hil sohada qo’llaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI


  1. Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik)

  2. Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik)

  3. A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik)

  4. A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik)



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin