Geomorfologiya va geologiya faniga kirish. Geomorfologiya va geologiya fani tarmoqlari va bog‘liqligi


Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 31,97 Kb.
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü31,97 Kb.
#114873
1   2   3   4
Geomorfologiya va geologiya faniga kirish

1.2 Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar
Geomorfologiya: Yerning ustki qismidagi rel‘ef shakllarini, ularning paydo bo‘lishini. joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalarini va ximiyaviy tarkibini, xamda Yer usti suvlari bilanaloqasini o‘rganadi.
Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining relyefi haqidagi fan. GEOMORFOLOGIYA quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik davrdagi relyefni GEOMORFOLOGIYA yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.
GEOMORFOLOGIYAning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa GEOMORFOLOGIYAning Yer haqida fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va taraqqiyotiga bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi.
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar esa relyef taraqqiyoti jarayonining tabiiy mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganish uchun kerak.
GEOMORFOLOGIYA bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy GEOMORFOLOGIYA—relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni oʻrganadi;xususiy GEOMORFOLOGIYA— relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional GEOMORFOLOGIYA — yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy GEOMORFOLOGIYA tomonidan oʻrganiladi. GEOMORFOLOGIYAning alohida tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologik davrlarning (koʻpincha koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzok, geologik davrlarda yer yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy GEOMORFOLOGIYA tomonidan ishlab chiqiladi.
Umumiy GEOMORFOLOGIYA bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqli k GEOMORFOLOGIYAsi va dengiz hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan dengiz GEOMORFOLOGIYAsi.
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. GEOMORFOLOGIYAning asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari, geomorfologik sʼyomka yordamida maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan iboratdir. Ekspeditsion tadqiqotlar bilan birga statsionar va eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi. Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b. instrumenta™ kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b. asboblardan foydalaniladi.
GEOMORFOLOGIYA maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish GEOMORFOLOGIYAsi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik GEOMORFOLOGIYAsi), maydondan xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qiladi.
GEOMORFOLOGIYA mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib GEOMORFOLOGIYAning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika GEOMORFOLOGIYA maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa GEOMORFOLOGIYA maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada GEOMORFOLOGIYA Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada GEOMORFOLOGIYAga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va GEOMORFOLOGIYAning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. GEOMORFOLOGIYAning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, GEOMORFOLOGIYA F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
Xalqaro miqyosda GEOMORFOLOGIYA ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy GEOMORFOLOGIYA, geomorfologik haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va GEOMORFOLOGIYA masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.

Geomorfologiya umumiy tabiiy geografiyaning o‘zviy qismi bo‘lib, geografik muhitning bir bo‘lagi hisoblangan yer yuzasi va Dunyo okeanining rel‘efi, uning taraqqiyoti va kelib chiqishini o‘rganuvchi fandir. Rel‘ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘likdir.


Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar (8848) va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday rel‘ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir. Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir. Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga rel‘ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel‘ef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ rel‘ef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarel‘ef, mezorel‘ef va mikrorel‘ef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat rel‘ef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni o‘rganish, rel‘ef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Gemorfologiya boshqa fanlar: biologiya, giotektonika, gidrologiya, gidrogeologiya, iqlimshunoslik, kimyo, fizika va boshqa bir qator fanlar bilan bog‘liqdir, chunki juda ko‘p geomorfologik voqea va hodisalarni tushunish uchun boshqa fan bilimlaridan foydalanish zarur. Geomorfologiyaning o‘zini ham mustaqil tekshirish usullariga ega bo‘lgan bo‘laklarga: umumiy, regional, planetalar, struktura, dinamik, iqlim, paleo va amaliy geomorfologiyaga bo‘linadi. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar qatoriga morfologik, morfometrik, morfofattsial, morfogeologiya, morfoneotektonik, morfodinamik, morfogeografik, paleogeo-morfologik, dala ekspiditsiyasi, stattsionar, labaratoriya va tajriba o‘tkazish usullari kiradi. Geomorfologiya fani yer yuzasidagi notekisliklarni o‘rganishni yerning planeta sifatidagi shaklidan boshlaydi. Yerning shakli geoid deb qabul qilingan, chunki u vertikal va gorizontal murakkab bo‘laklangan. Yer yuzasining maydoni 510,1 mln. km. kv. bo‘lib, shundan Dunyo okeani 361,16 mln. km. kv, yoki 70,8 foizni quruliklar esa 148,94 mln. km. kv, yoki 29,2 foizni tashkil qiladi. Qurukliklar ko‘proq shimolda, suv yuzasi janubda joylashgan. Bu holat yer yuzasini 2 bo‘lakka: materiklar va okeanlar yarim shariga bo‘lishga imkoniyat beradi. Lekin materiklar yarim sharida ham suv yuzasining maydoni qurukliklardan kattadir. Quruqliklar o‘z navbatida materik yoki qit‘alarga bo‘linadi. Evrosiyo- maydoni 50686 ming km. kv. Afrika -maydoni 29287 ming km. kv. Shimoliy Amerikamaydoni 20238 minGeomorfologiyakm.kv. Janubiy Amerika-maydoni 17506 minGeomorfologiya km. kv. Materiklardan orollar ajralib turadi va ular materik, okean, marjon, vulqon orollari bo‘lishi mumkin. Eng katta orollar: Grenlandiya oroli- 2175000 km. kv.Yangi Gvineya oroli- 786000 km. kv. Borneo oroli- 785000 km. kv. maydonga ega. Materiklardan ajralmasdan dengizlar ichiga uzoq masofaga kirib borgan quruqlik qismlari yarim orol, juda qisqa masofaga bo‘rtib chiqqan qismlar burunlar deb ataladi. Dunyo okeani katta suv xavzalariga Tinch, Atlantika, Xind va Shimoliy muz okeanlariga bo‘linadi. O‘zining geografik o‘rni va xususiyatlariga qarab okeanlarda ichki, chekka va orollararo dengizlar uchraydi. Dengizlar o‘z navbatida ko‘rfaz va bo‘g‘ozlarga bo‘linadi. Yer yuzasida vertikal harakat qilganda ham, unda murakkab bo‘laklanish borligi aniqlanadi. O‘zbyokiston nazariy asosi, tekshirish ob‘ekti va uslublariga ega bo‘lgan fan sohasi sifatida Geomorfologiya nisbatan ancha yoshdir. Uning yoshi yuz yildan oshmaydi. Lekin yerning shakli, uning ustki tuzilishi haqidagi ilmiy fikrlar bizning eradan oldingi 3-2 asrlarda Dikearx, Eratosfen singari faylasuflar tomonidan yoritilgan edi. Geomorfologiya faniga katta xissa qo‘shgan olimlar qatoriga Abu Rayxon Beruniy ham kiradi. U o‘zining «Geodeziya», «Hindiston» (1025-1040) asarlarida materiklarning gorizontal harakati, Yevrosiyo tog‘li «Umurtqa pog‘onasi» yer yuzasini ekzogen kuchlar ta‘sirida o‘zgarishi haqida bergan ajoyib fikrlarini Yevropa olimlari faqat 19- asrning ikkinchi yarmida tasdiqladilar. Yerning kelib chiqishi va taraqqiyoti juda susaytirilgan edi. Yerning kelib chiqishi va taraqqiyoti haqida dinga qarshi birinchilar qatorida fikr yuritgan olimlardan Italiyalik rassom Leonardo da Vinchini ko‘rsatish mumkin. Qazilayotgan kanallarda dengiz chig‘anoqlarini uchratgan Vinchi, bu yerlar bir vaqtlar dengiz suvlari bilan qoplangan, keyin quruqlikka aylangan, degan xulosaga keladi. 18- asrning birinchi yarmida frantsuz tadqiqodchisi Boffon yerning quyoshdan ajralganligi va yer qatlamlarini dengiz oqimlari hosil qilganligi haqidagi nazariyani yaratdi. Ilmiy geomorfologiyaning asoschisi buyuk rus olimi M. V. Lomonosovdir. Uo‘zining 1763 yilda yozgan «Yer qatlamlari haqida» kitobidi rel‘efning kelib chiqishi va taraqqiyoti sabablarini dialektik nuqtai nazardan tushuntiradi. XVII-XVIII asrlarda kartografiya va geodeziya yutuqlari, triangulyatsiya usulining va barometrning kashf etilishi rel‘efni kartalashga katta imkoniyat tug‘dirdi. XVIII-asrning ikkinchi yarmida geologiyaning nazariy asoslari yaratila boshlaydi. Shu vaqtda A. GEOMORFOLOGIYA Verner o‘zining neptunizm, J. Gyotton «Erning nazariyasi» asarida plutonizm nazariyalarini yaratib, yer yuzasidagi hamma o‘zgarishlarni biri suv, ikkinchisi esa olov faoliyati bilan bog‘laydi. Rel‘ef tabiatni boshqa tarkibiy bo‘laklariga qilgan ta‘siriga qarab, ular orasida eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Rel‘ef tuproq va o‘simliklarg‘a, makro va mikroiklimiy xususiyatlariga ta‘sir qiladi. Rel‘ef turli bo‘lganlig‘idan ayrim yerlarda ko‘llar, tuz to‘plamlari, da vertikal poyaslar paydo bo‘ladi. Rel‘ef xususiyatlarini yaxshi bilmasdan ulardan foydalanish odatda yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga yer yuzasida keng tarqalgan jarlar misol bo‘la oladi. Geomorfologiya hayotda keng qo‘llaniladi. Masalan, topografik s‘yomka vaqtida xo‘jalikka katta ta‘sir ko‘rsatadigan, lekin odatda kartaga tushirilmaydigan balandliklar, farqi kichik bo‘lgan rel‘ef shakllari borki, geodezistlar ularga diqqat qilmaydilar. Tuproq va geobotanik kartalanish jarayonida geomorfologik rel‘efga qarab tuproqni o‘rganishga mo‘njallangan chuqurni qaerga qazishni maslahat berishi kerak. Rel‘ef shakllari tashqi ko‘rinishidan bir xil ko‘rinib, kelib chiqishi turli bo‘lishi mumkin, yoki aksincha bir xil genezisli rel‘ef turli shakllarda uchraydi. Geomorfolog o‘z konsul‘tatsiyasi bilan ishni osonlashtiradi va tasodifiy xatolardan ozod qiladi. Geologik s‘yomka va qazilma boyliklarni qidirish hozirgi vaqtda geomorfologik s‘yomka bilan olib boriladi. Rel‘ef geologik tuzilish va strukturani yaqqol aks ettirib turadi. SHunday rel‘ef shakllari borki, uning ustida to‘g‘ridan to‘g‘ri boyliklarning qidirishni iloji bo‘lmaydi. Rel‘ef va geologiyaning o‘zaro aloqasini bilan geomorfolog taqqoslash usuli bilan qazilma boyliklar uchrash mumkinligini aytish imkoniyatiga ega. Gidrologik, Gidrogeologik tadqiqotlar va Gidrotexnik qurilishlar vatanimizning katta va kichik daryolarining energiyasidan va saxrolardagi yer osti suvlaridan foydalanishga qaratilgan. Daryolarda to‘g‘onlar, suv omborlari qurishdan oldin, oqibatda vodiy dinamikasi qanday davom etganligi, qancha maydon suv ostida qolishini, hosil bo‘lgan suv omborlarining yotqiziklar bilan to‘lishi harakterini bilish shart. Gidrogeologik tekshirishlar vaqtida surilmalar, suffizion cho‘xishlar, karst hodisalari, jarlanish shakllarini izchillik bilan ko‘zdan kechirib, oqibatini oldindan aytish zarur. Tadqiqot usullari bir qancha bosichlarda amalga oshiriladi: -tadqiqot muammosini shakllantirish bosqichi; -ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashitirib olish; -ma’lumotlar to’plash; -to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa[3]. Port inshootlarni qurish va qirg‘oqlarni mustahkamlash, ya‘ni plyajlar, kurortlar, mayaklar, kemalar bekati barpo etishda qirg‘oq morfologiyasi geologik tuzilishiga bog‘liqligini, dinamikasini, kelajakda kelajakda qaysi yo‘nalishda o‘zgarishini, pasayishini yoki ko‘tarilishini, o‘sishi yoki chyokinishini belgilash ham geomorfologiyaning vazifasidir. Temir va tosh yo‘llarini o‘tkazishda rel‘ef eng ahamiyatli faktordir, chunki u qilinadigan ishlar xajmi qilinajak harajatga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi. Geomorfolog rel‘efning qiyaligini, yo‘l radiusini, u qaerda qazish yoki tuproq uyushni, to‘plangan suvni qayoqqa yo‘naltirishni, suvlarning yuvib ketish xususiyatlarini, yer osti bo‘shliqlarini, yonbag‘irda hosil bo‘ladigan surilma va tosh ko‘chish xavfini, saxrolarda qumlarning harakatini, jarlarning o‘sishini, sel hodisasi bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Meliorativ tadbirlar, ya‘ni botqoqliklarni quritish, quruq adir oblastlarni sug‘orish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash, jarlarga, surilmalarga qarshi kurash usullarini aniklashda, avvalo rel‘ef harakterini geologik tuzilish, yer osti va yer usti suvlarining rejimi, iqlim, o‘simlik va odam faoliyati bilan aloqada o‘rganish kerak. Agar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uni suv yuvib ketadimi yoki akkumlyatsiya(to‘planish) natijasida yotqiziqlar to‘planadimi, qum bosish xavfi mavjudmi, kanal ostida suvni yutib yuboruvchi yoriklarga boy jinslar bormi?- degan savollarga faqat geomorfologlar javob bera oladi. Hozirgi vaqtda geomorfologlar sanoat korxonalari, aerodrom, yangi qishloq, shahar, qishloq xo‘jalik maydonlari, abadiy muzliklar o‘lkalarida barpo bo‘layotgan inshootlarni o‘rnini tanlashda, tuproq va suv eroziyasiga qarshi kurashda ham faol qatnashmoqda. Geomorfologiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati ko‘p qirralidir. SHuning uchun ham rel‘fning xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri olib borishga ko‘rsatadigan ta‘sirini maxsus fan- «Amaliy Geomorfologiya» o‘rganadi. XXI asr fan-texnika asri bo‘lib, yer va planetalarni tekshirish eng tarakkiy etgan davrdir. Kosmik kemalarning planetalararo parvozi, ulardan olingan fotosuratlar yerning geologik tuzilishini o‘rganishni juda ham tezlashtirib yubordi. Yerning geologik tuzilishi kosmik suratlardan aniqlanib olinmoqda. Hozirda sertamoqli sanoatni va kishloq xo‘jaligini geologlarning mashaqqatli mehnati tufayli topiladigan mineral xom ashyolarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bizga ma‘lum bo‘lgan barcha foydali qazilmalardan olingan metallar: mis, kurg‘oshin, rux, nikel‘, vol‘fram, molibden, temir va boshqalar og‘ir sanoatning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Zargarlikda oltin, qumush, olmosdan tortib to qahrabogacha; qurilishda esa intruziv jinslardan labrodorit, marmar, granit, yashma; Cho‘kindilardan gil, shag‘allar keng ko‘llaniladi. Samolyot, kema, raketa, mashina-sozlikda harbiy inshootlar qurilishda va boshqa ko‘p soxalarni turli geologiya mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yokilgi soxasida: neft‘, qumir, yonvchi slanets, gaz, torflar muhim xom ashyodir. Qishloq xo‘jaligini o‘g‘it bilan ta‘minlashda fosforit, apatitlar va kaliyli tuzlar muhim rol‘ o‘ynaydi. Meditsina soxasida xilmaxil dorilar minerallardan olinadi. Inson hayotini shifobaxsh suvlar, tuzlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi uchun yuqorida kayd qilingan metallarni, ma‘danlarni va qimmatbaxo mineral qurilish xom ashyo bazasini boyitish kerak. U yoki bu mineral xom ashyo yetishmasa, biror sanoat ishdan to‘xtaydi. Binobarin sanoat va kishloq xo‘jaligi mineral xom ashyolarning puxta aniqlangan zapaslari bilan oldindan ta‘minlanishi lozim. Bundan tashqari, har yili millionlab tonna torf, fosforit, apatit, neft‘ va gaz, bir necha milliard km3 qurilish materiallari olinadi. Demak, geologiya fani jamiyat taraqqiyotini rivojlantirishda eng zaruriy tabiiy fanlardan bo‘lib kelgan va kelajakda ham shunday bo‘lib kolaveradi.

Taniqli geomorfolog olim Richard Jon Xagget geomorfologiyani quyidagi tarmoqlarga ajratadi: Funksional geomorfologiya; Struktural geomorfologiya; Iqlimiy geomorfologiya; Amaliy geomorfologiya; Tarixiy geomorfologiya; Boshqa geomorfologiya (tektonik, suv osti, planetar va h.k.). Geomorfologiya ma’lumotlaridan foydali qazilma konlarini qidirish (qidirish geomorfologiyasi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yo‘l, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik geomorfologiyasi), maydondan xo‘jalikda va qishloq xo‘jaligida foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Geomorfologiya tabiiy geografiyaning iqlimshunoslik, gidrologiya, tuproqshunoslik, geobotanika, zoogeografiya fanlari bilan, geografiyaning boshqa fanlari kartografiya va geodeziya, shuningdek, geologiya, fizika, kimyo kabi tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog‘liq.



Geologiya atamasi yunon tilidagi ikkita: уsco (geo) - Yer, Xoyog (logos) - bahs, fikr, g‘oya, mulohaza degan ma’nolarni anglatuvchi so‘zlar yig‘indisidan tashkil topgan. Bu atamani birinchi marta norvegiyalik olim M.P.Esholt (1600-1699) o‘zining 1657-yilda chop etilgan “Geologica Norvegica” asarida ilmiy iste’molga kiritgan. Geologiya tabiiy fanlar, aynan Yer to‘g‘risidagi fanlar qatoriga kiradi. U Yer va Yer po‘stining tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmuidir. Geologiya geografiya bag‘rida tug‘ildi, uning fundamental va umumlashma ta’limotlari tabiiy geografik qonuniyatlar asosida shakllandi. Deyarli uch ming yil davomida boshqa tabiiy geografik fanlar qatori Yer haqida tinimsiz izlanish olib bordi. XVIII oxiri va XIX asr boshlarida geologiya tabiatshunoslikning mustaqil tarmog‘iga aylandi. Geomorfologiya atamasi ham yunoncha увш (geo) - Yer, |iop(pr| (form) shakl va Xoyoq (logos) - bahs, fikr, g ‘oya, mulohaza degan ma’nolami anglatuvchi so‘zlar yig'indisidan tashkil topgan. Geomorfologiya - Yer yuzasining relyefi haqidagi fan. U Yer yuzasi relyefining tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanish tarixi va dinamikasini o‘rganadi. Geomorfologiya atamasi muallifi IJ.M.Deyvisning zamondoshi va kasbdoshi, amerikalik taniqli geomorfolog olim Jon Uilyam Mak-Gi hisoblanadi. Relyef geosfera (litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera, noosferalar)ning o‘zaro murakkab ta’siri natijasida kelib chiqqan Yeming musbat va manfiy notekisliklari yig'indisi yoki tuzilishi, katta kichikligi, kelib chiqishi xilma-xil boigan va turlicha rivojlanish bosqichidagi Yer yuzasining tashqi qiyofasidir. Relyef shakllari Yer qiyofasini belgilab beruvchi jarayon bo‘lib, u hammajoyda sodir boiadi. Geomorfologiya atamasi ilk bor 1870-1880-yillarda Yer yuzasining morfologiyasi, ya’ni shaklini tafsiflovchi atama sifatida ishlatilgan. 1896-yilgacha oddiy so‘z sifatida qoilanilgan. U ayni damda relyef va tabiiy geografik (geomorfologik) jarayonlami o‘rganadi.
Geologiya fan sifatida odamlaming amaliy faoliyati negizida tarkib topdi va rivojlandi. Uzoq o‘tmishda odamlar turli minerallar, temir, mis, oltin kabi sof metallar, shuningdek, qalay, mis birikmalariga boy rudalami ham yaxshi bilgan. Geologiya bir nechta tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik geologiya, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, Htologiya va geokimyo, foydali qazilmalar geologiyasi. Geologiya tabiiy geografiya, geofizika (Qattiq Yer fizikasi), kristallograflya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bog'liq. Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va boshqalar geologiyaning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalari hisoblanadi. Shuningdek, geologiya boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyda tarkib topgan yangi yo‘nalishlar - petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqalar uning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. Geologiya va geomorfologiya fanlari o‘rganadigan masalalar keng koMamli va o‘zaro uzviy bog‘langanki, ularning ba’zi ta’limotlari birbirini taqozo etadi.
Har bir mustaqil fan singari geomorfologiya ham bir qancha tannoqlarga bo‘linadi. Umumiy geomorfologiya - relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni o‘rgansa, xususiy geomorfologiya - relyefni bir yoki bir nechta alohida geomorfologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tadqiq etadi. Regional geomorfologiya - Yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini o ‘rganadi. Yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy geomorfologiya tomonidan o‘rganiladi. Geomorfologiyaning alohida tarmog‘i - paleogeomorfologiya o‘tmish geologik davrlaming (ko‘pincha ko‘milib yotgan) relyefini o'rganadi va uzoq geologik davrlarda Yer yuzasining qanday bo‘lganini aniqlaydi. Iqtisodiyot tarmoqlariga tegishli masalalarni amaliy geomorfologiya o‘rganadi. Umumiy geomorfologiya bir qancha bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning Yer yuzasi relyefini o‘rganadigan quruqlik geomorfologiyasi hamda dengiz va okean tubi relyefini o‘rganadigan dengiz geomorfologiyasi.
Geologiya (geo... va...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. Geologiya terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. Geologiyaning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-asr va 19-asr boshlarida Geologiya tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hozirgi Geologiya bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali qazilmalar Geologiyasidan iborat. Geologiya tabiiy geografiya, geofizika ("qattiq" Yer fizikasi), kristallografiya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va boshqa Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqa G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. Geologiyada 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy Geologiya — minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik Geologiya— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy Geologiya va geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi.
Geologiya Yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) boʻladigan jarayonlarni oʻrganishda tabiiy geogr. fanlari (geomorfologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va boshqalar) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qoʻllaniladi ("qattiq" Yer fizikasi, seysmologiya bilan birga).
Geologiya fan sifatida odamlarning amaliy faoliyati negizida tarkib topdi va rivojlandi. Uzoq oʻtmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Yerning, togʻ jinslarining hosil boʻlishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish masalalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil boʻlgan va soʻngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda togʻ tepalarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chigʻanoqlari topilganda. Strabon (miloddan avvalgi 63 yil — milodiy 1-asrning 20-yillari) Yer doimiy oʻzgarishda, harakatda boʻlib goho koʻtarilgan, natijada orol va qitʼalar hosil boʻlgan, goh qaytadan choʻkkan, degan fikr yuritgan. 18-asrning 2-yarmida G. fan boʻlib shakllandi. Rus olimi M. V. Lomonosov "Yer qatlamlari haqida" (1763) asarida tabiatiing qonuniy evolyutsiyasi gʻoyasini olgʻa surdi. Shotland geologi J. Getton "Yer nazariyasi" (1788) kitobida Yer tarixini davriy ravishda bir kontinentning yoʻq boʻlishi va yangi kontinentning vujudga kelishining toʻxtovsiz takrorlanuvchi sikllaridan iborat deb tasvirlagan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshida U. Smit, J. Kyuvye, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomonosov va K. Goff (19-asrning 1-yarmi) aktualizm prinsipini ishlab chiqdilar. Geologiya nazariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829-yilda Eli de Bomon yaratgan kontraksiya nazariyasi (bu nazariyaga koʻra tektonik harakatlarning sababchisi Yer yadrosining qisqarishi boʻlgan) va amerika olimi J. Xoll (1811—98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar toʻgʻrisidagi taʼlimot asosida boʻldi. 1930-yillarda Geologiyadan neft va gaz geol.si mustaqil soha boʻlib ajralib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining organik yoʻl bilan paydo boʻlishi toʻgʻrisida yangi gipoteza yaratdi va natijada VolgaUral oraligʻida "Ikkinchi Boku" neft koni topiddi.
Oʻzbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va oʻrganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geologik izlanishlar oʻrta osiyolik olimlar — Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asarlarida oʻz aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham koʻp ahamiyat bergan. Uning "Shifo kitobi" asarida toshlar, avvalo, mayda gil choʻkindilarining bir-biriga yopishuvi, soʻngra qotishi tufayli paydo boʻlganligi taʼkidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham oʻz fikrini aytgan. Ibn Sino togʻ hosil boʻlish va zilzilalar sababini tushuntirib, quruqliklar bir necha bor dengiz bilan almashinib turganligini taʼkidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asarlari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U "Mineralogiya", "Kimmatbaho toshlarni oʻrganish uchun maʼlumotlar toʻplami" kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va maʼdan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va boshqa toʻgʻrisida maʼlumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalarini oʻrgangan. Yerning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. Oʻrta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I. V. Mushketov faoliyati bilan bogʻliq (19-asr). U Oʻrta Osiyoning toʻliq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-asr boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va boshqa tadqiqot ishlari olib borishgan. Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-yillardan keyin jadallashdi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Toshkent)ning fizikamatematika fakultetida geolog olimlar O. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezobrazovalar rahbarligida geolog mutaxassislar boʻlimi tashkil etildi.
1920-yillar oʻrtalaridan geologik tadqiqot ishlari markaziy geol. tashkilotlaridan tashqari joylardagi muassasalarda ham olib borildi. Oʻzbekistonda geol. xizmati tashkil etildi.
1928-yilda Toshkentda geologlarning sʼyezdi chaqirildi. Sʼyezd Oʻrta Osiyoda olib borilgan geologik tadqiqotlarga yakun yasadi. Sʼyezdda Oʻrta Osiyoning kumir, neft, oltingugurt, rangli metallar, nodir metallarga boy ekanligi eʼtirof etildi. 1930—40 yillarda regional Geologiyaga oid ishlar qilindi va ayrim kon va rayonlar mukammal tekshirildi. 1931-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti huzurida Oʻrta Osiyo geol. va qidiruv boshqarmasi tashkil kilinib, 1933-yilda Oʻrta Osiyo industriya institutining kon fakultetiga aylantirildi. 1932-yilda Fanlar qoʻmitasi tuzildi. Uning qoshida gidrogeologiya va muhandislik geol. yasi, geol. va mineralogiya sektorlari ishlay boshladi. 1937-yilda Oʻzbekistonda geologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi, natijada geol.ning deyarli hamma sohalari boʻyicha yuqori malakali olimlar yetishtirish imkoniyati yaratildi va ilmiy tadqiqot ishlari avj oldi. Oʻsha yili Oʻzbekistonning mayda masshtabli geologik haritasi va unga oid uch jildli "Oʻzbekiston geologiyasi" asari (1937-39), shuningdek Oʻzbekistonning mineral xom ashyo boyliklarini tadqiq qilinishiga bagʻishlangan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. A. V. Korolevning "Olmaliqning strukturasi va metallogeniyasi", V. N. Nasledovning "Gʻarbiy Tyanshan va Oʻzbekiston metallogeniyasining asosiy belgilari" va boshqa ilmiy asarlarida Oʻrta Osiyo rudali r-nlarining geologik tuzilishi va ruda konlari tasvirlab berildi.
H. M. Abdumasv "Oʻrta Osiyoning sheelitli skarn konlari" (1947) ilmiy asarida sheelitli skarnlar, ularning istiqbollari haqida yangi nazariyani olgʻa surdi. Uning rahbarligida otqindi jinslar bilan rudali konlarning genetik bogʻliqligi haqidagi muammo ustida ish olib borildi. Bu tadqiqotlarga H. M. Abdullayev "Rudalanishning granitoid intruzivlar bilan genetik bogʻlikligi" asarida yakun yasadi. Bu asar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1959). Olimning ilmiy fikrlarini Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining akad.lari H. N. Boymuhamedov, I. H. Hamroboyev, H. A. Akbarov, muxbir aʼzolari E. M. Isamuhamedov va professorlar Q. L. Boboyev, I.M. Mirxoʻjayev, R. A. Musin va boshqa yanada rivojlantirdilar. Ular Yerning chuqur qatlamlarida sodir boʻladigan jarayonlar bilan genetik bogliq boʻlgan endogen konlarni vertikal zonalar boʻylab joylashishi haqidagi nazariyani ishlab chikdilar. Bu nazariya asosida Oʻzbekistonning metallogenik haritasi tuzildi.
1960-yillardan Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar atroflicha olib borildi. Petrometallogenik tadqiqotlar (H. M. Abdullayev, I. H. Hamroboyev, E. M. Isamuhamedov, H. N. Boymuhamedov, Q. L. Boboyev, T. Sh. Shoyoqubov, T. N. Dolimov), mineral geokimyoviy tadqiqotlar (A. S. Uklonskiy, 3. M. Protodyakonov, S. T. Badalov), litologik, gidrogeologik (V. I. Popov, N. P. Petrov, O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, V. I. Troitskiy), gidrogeologik (X. T. Toʻlaganov, M. M. Krilov, N. A. Kenesarin, N. N. Tojiboyev, S. Sh. Mirzayev), muhandislik geol.si (F. O. Mavlonov), geofizika (Ye. M. Butovskaya, V. I. Ulomov, F. Zunnunov va boshqalar), geotektonika va regional geologiya va boshqa tadqiqotlar (M. A. Ahmadjonov, O. M. Borisov), seysmologiya tadqiqotlari, metamorfizm tadqiqotlari (I. M. Mirxoʻjayev) keng koʻlamda olib borildi, respublikada koʻp oltin, gaz va neft konlari topildi.
Keyingi paytlarda Oʻzbekistan geolog olimlari tomonidan Tyanshan togʻlarining Ural toglari bilan genetik bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fikr olgʻa surildi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi bilan Tyanshan togʻlarida Uralga xos metall konlarini qidirish maqsadga muvofiq boʻladi, togʻ tizmalari orasida joylashgan choʻllarning bagʻrida turli metall konlarini qidirib topish istiqbollarini kengaytiradi. Qizilqumda va Sulton Uvays togʻlarida Ural togʻlariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi yuqoridagi muammoni ijobiy hal qilishga olib kelmoqda.
Oʻzbekistan geol.sini oʻrganish, turli masshtabdagi maxsus geologik haritalar tuzilganliga, mineral xom ashyo konlarining ochilishi, ularni razvedka qilib va ishlab chiqarishga topshirilganligi Oʻzbekiston Geologiya va mineral resurslari davlat qoʻmitasi geolog mutaxassislari olib borgan ishlarining mahsulidir.
Keyingi yillarda geolog olimlar okeanlar tubining tuzilishi, tarkibini oʻrganishga kirishdilar. Okean tubidagi choʻkindi jinslar ichida temir, marganes, polimetallar borligi, shuningdek okean qirgʻoqlarida tuz choʻkindilari va ular bilan neft va gaz qatlamlari bogʻliq ekanligi maʼlum boʻldi. Okean tubida tarqalgan jinslarning tarkibiy tuzilishi va ularning hosil boʻlish payti va sharoitlari mukammal oʻrganildi. Olingan maʼlumotlar asosida okean tubining tobora kengayib borayotganligi haqida yangi gipoteza ishlab chiqildi.
Oʻzbek geol. maktabi respublikada ham, undan tashqarida ham geol.ga oid ilmiy ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilgan koʻplab mashhur geolog olimlarni yetishtirdi (H. M. Abdullayev, O. M. Akramxoʻjayev, H. N. Boymuhamedov, N. P. Vasilkovskiy, V. G. Garkoves, E. M. Isamuhamedov, N. A. Kenesarin, A. V. Korolev, Gʻ. O. Mavlonov va boshqalar).
Hozirgi paytda geol.ning paleontologiya va stratigrafiya, dinamik geol., petrologiya, paleogeografiya, tektonika, geofizika, mineralogiya va boshqa sohalari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari UzR Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlarida, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida hamda UzMU va ToshDUda bajarilmoqda.

Yüklə 31,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin