Geodeziya fani to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bering?


To‘g‘ri burchakli yassi koordinata



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə4/7
tarix14.04.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#98101
1   2   3   4   5   6   7
Injenerlik geodeziyasi javob (1)

To‘g‘ri burchakli yassi koordinata.
Kichik territoriyalarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda to‘g‘ri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi.
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rni o‘zaro perpendikulyar ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. O‘zaro perpendikulyar ikki chiziqcha koordinata o‘qlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi Dekart to‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi.
Bu sistemada vertikal chiziq - ordinata (u), gorizontal chiziq - absissa (x). Geodeziyada esa aksincha vertikal chiziq - absissa X, gorizontal chiziq - ordinata U deb qabul qilingan. O - koordinata boshi, x - o‘qi absissa shimolga yo‘nalgan; y - o‘qi ordinata sharqqa yo‘nalgan (chizmaga qarang).
Qutbiy va qo‘sh qutbli koordinatalar.
Qutbiy koordinata: Agar to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasidagi o‘zaro perpendikulyar x va y o‘qlar o‘rniga faqat x o‘qi va koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil bo‘ladi.
Biror S nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan o‘rnini aniqlash uchun bu nuqtani, qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OS va qutbiy o‘q OX bilan OS chiziq orasidagi burchak a o‘lchanadi
Oriyentirlash burchaklari to‘g‘risida tushunchalarni bering?
Joydagi biror chiziqning boshlang‘ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo‘nalishini aniqlash - shu chiziqni orientirlash deyiladi.
Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi.

Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX - boshlang‘ich yo‘nalish. OS chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi a orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi.


Joydagi biror chiziq yo‘nalishini aniqlashda boshlang‘ich yo‘nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi orientirlash burchagiga - haqiqiy azimut, magnit meridian qabul qilinsa - magnit azimut o‘q yoki unga parallel bo‘lgan chiziq qabul qilinsadireksionburchak deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang‘ich yo‘nalishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0° dan 360° gacha o‘lchanadi.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan d ga farq qiladi. - Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan g burchakka farq qiladi. Bu burchak - meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
Rumb - boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0° dan 90° gacha o‘zgaradi.
Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. SHSHk, SHG‘, JSHk, JG‘.


Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin