(A, B, C, D, E, F, G) bilan ifodalanadi. Hamma xromosomalar o'z tartib nomeriga ega
(1-jadval). Jinsiy
xoromosomalar yirik X va kichik Y xromosomalardan tashkil topgan.
Keyingi vaqtlarda xromosomalar tasnifining
yangi prinsiplari ishlab chiqildi.
Xromosomalarga maxsus usulda Gimza bo'yog'i bilan ishlov berilganda yaxshi bo'yalgan va
bo'yalmagan chiziqlar — disklar hosil bo'lishi aniqlandi.
2.12-j a d v a l
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1.
Sitogenetika usulining mohiyatini tushuntiring.
2.
Sitogenetik tekshirishlarda qanday obyektlardan foydalaniladi?
3.
Sitogenetika usulining bosqichlarini izohlab bering.
4.
Sitogenetik usulning ahamiyatini aytib bering.
5.
Jinsiy xromatin va uni aniqlashning ahamiyatini bilasizmi?
6.
Immunogenetika usulining mohiyatini tushuntiring.
7.
Immunogenetika usulining ahamiyatini tushuntiring.
8.
Biokimyoviy usul qanday maqsadlarda qo'llaniladi.
9.
Biokimyoviy usulning o'tkazilish bosqichlarini tushuntiring.
Masalalar 1.
Genetik vrach qabuliga kelgan qiz bolaning qon hujayralari sitogenetik usulda
o'rganilganda uning kariogrammasida 44ta autosoma va XY hromosomalari aniqlandi. Bundan
qanday xulosaga kelish mumkin?
2.
Genetik vrach qabuliga kelgan shaxs tanasining har xil joylarida oq dog'lar mavjud. Bu
kasallikni aniqlash uchun vrach qanday genetik usuldan foydalanishi mumkin deb o'ylaysiz?
Xromosomalarnnng o'lchami va sentromerasining joylashishiga qarab klassifikatsiyalanishi Xromosomalar guruhi Kariotipdagi nomeri xromosomalar xarakteristikasi A (I)
1, 2, 3
1,2, 3 — yirik
metatsentrik
B (II)
4, 5
Yirik submetatsentrik
C (III)
6—12 va X (23)
O'rtacha
submetatsentrik
D (IV)
13—15
O'rtacha akrotsentrik
E (V)
16—18
Mayda submetatsentrik
F (VI)
19—20
Eng mayda
metatsentrik
G (VII)
21—22 vaY (23) Eng mayda akrotsentrik
3. Yaqin qarindoshlar o'rtasida o'tkaziladigan to'qima yoki a'zolari transplantatsiyasi
ko'pincha yaxshi natija beradi, ba'zan hech qanday qarindosh bo'lmagan shaxslar orasida
o'tkazilgan transplanta- tsiya ham yaxshi natija berishi mumkin. Buni qanday tushuntirish
mumkin?